Hasanboy Qosimov (1958-yil, 6-dekabr; Andijon viloyati, Asaka tumani) — Oʻzbekiston qahramoni, „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni sohibi.

Hasanboy Qosimov
Tavalludi 6-dekabr 1958-yil (1958-12-06) (66 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent politexnika instituti
Dini Islom
Mukofotlari Oʻzbekiston qahramoni

Tarjimai holi

tahrir

Hasanboy Qosimov 1958-yil 6-dekabr kuni Andijon viloyatining Asaka tumanida tavallud topgan. 1982-yilda Toshkent politexnika institutini bitirgan. 1985—1993-yillar oraligʻida asaka priseplar zavodida muxandis-texnolog, texnik byuro boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan. 2008—2018-yillarda „GM Oʻzbekiston“ AJ ishlab chiqarish boʻlimida bosh texnolog vazifasini oʻtagan. 1995-yilda malaka oshirish uchun Koreyaga borgan. 2001-yilda UzAutoMotors tomonidan „Matiz“ loyihasining amalga oshirilishida Hasanboy Qosimov boshchiligidagi boʻlinma katta hissa qoʻshdi. H.Qosimov 2018-yilda nafaqaga chiqqan[1].

Mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor 2021, s. 162.
  2. „Ўзбекистон Қаҳрамонлари кимлар?“. 2023-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-sentabr 2023-yil.

Adabiyotlar

tahrir

Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216-bet. Qaraldi: 11-avgust 2023-yil.