Hay’at Tahrir ash-Shom (HTSH; arabcha: هيئة تحرير الشام – „Shomni ozod etish tashkiloti“) – Suriyadagi fuqarolar urushida Suriya muxolifati tomonida ishtirok etgan sunniy islom tashkiloti. HTSH bir qator mamlakatlarda, jumladan, AQSH[1], Turkiya[2], Rossiya[3] terroristik tashkilot sifatida tan olingan.

Hay’at Tahrir ash-Shom
هيئة تحرير الشام
Etnik mansubligi suriyaliklar va boshqalar
Diniy mansubligi sunniylik; mazhablar:
soʻfiylik
salafiylik
Liderlari Abu Muhammad al-Joʻloniy
Al-Muhandis Hoshim ash-Shayx
Shtab-kvartirasi Idlib
Damashq (de fakto)
Faoliyat hududi Suriya
Livan
Tuzilgan vaqti 2017-yil 28-yanvar
Hamkorlari
Davlatlar:
Turkiya Turkiya
(ahyon-ahyonda
boʻladigan hamkorlik)
Guruhlar:
Suriya ozod armiyasi
Dushmanlari
Davlatlar:
Suriya Suriya
Eron Eron
Amerika Qoʻshma Shtatlari AQSh
Rossiya Rossiya
Guruhlar:
Hizbulloh
IShID
Al-Qoida

Tarixi

tahrir

Tashkilot 2017-yil 28-yanvarda, Suriyadagi davom etayotgan fuqarolar urushi sabab, Jabhat Fath ash-Shom (sobiq Jabhat an-Nusra), Jabhat Ansor ad-Din, Jaysh as-Sunna, Liva al-Haqq va Nur ad-Din az-Zenka kabi turli muxolifat kuchlarning qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan[4]. Tashkilot tuzilgach bir necha guruhlar va alohida shaxslar qoʻshilgan. 2017-yilga kelib, oliy qoʻmondonlikda boshqa guruhlarning vakillari ham boʻlsa-da, birlashgan guruhga Jabhat Fath ash-Shom va sobiq Ahror ash-Shom yetakchilari boshchilik qiladi[5]. Shundan soʻng Jabhat Ansor ad-Din[6] va Nur ad-Din az-Zenka[7] Tahrir ash-Shomdan ajralib chiqadi.

Hayʼat Tahrir ash-Shom Idlib muhofazasidagi Suriya muxolifatining muqobil hukumati boʻlmish „Suriyani qutqarish hukumati“ga sodiqligini bildirgan edi.

Tashkilot rasman salafiylik maktabiga qoʻshilgan boʻlsa-da, diniy jihatdan sodiq Suriya najot hukumatining Oliy fatvo kengashi ham ash’ariy va soʻfiylik anʼanalarining ulamolaridan iborat. HTSH oʻzining huquqiy tizimi va oʻquv dasturida shofeʼiylikni singdirib, islom huquqshunosligida toʻrt mumtoz sunniy mazhab (fiqh maktablari) ning ahamiyatini oʻrgatadi.

HTSH tashkil etilgandan soʻng, tashkilotda ichki kurashlar boʻlib oʻtgan. Natijada Al-Qoida tarafdorlari, asosan saudiyaliklar, iordaniyaliklar, tunisliklar va boshqa xorijliklar chetlatiladi yoki yoʻq qilinadi[8]. Shunday qilib, HTSH tashkilotni „suriyalashtirish“ yoʻlidan borgan. Idlibda HTSH huquq-tartibotni taʼminlashdan tashqari xizmatlar koʻrsatuvchi va gumanitar tashkilotlar bilan bogʻlanadigan barqaror fuqarolik maʼmuriyatini tuzish bilan shugʻullangan[8]. Tahrir ash-Shomning strategiyasi Suriyada oʻz hududiy nazoratini kengaytirish, boshqaruvni oʻrnatish va xalq yordamini safarbar etishga asoslangan edi. 2017-yilda HTSH Turkiya qoʻshinlariga Ostonadagi muzokaralarda vositachilik qilgan holda oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi bitim doirasida Shimoli-gʻarbiy Suriyani patrullashga ruxsat bergan. Tashkilotning siyosati uni Al-Qoidaning Suriya qanoti boʻlgan Xurosiddin bilan ziddiyatga olib kelgan. 2022-yilda HTSHning 6000-15 000 ga yaqin aʼzosi bor edi.

2024-yil 27-noyabrda HTSH boʻlinmalari Suriya muxoliflarining Bashar Asad hukumat qoʻshinlariga qarshi hujumida asosiy kuchlardan biriga aylandi[9]. Shiddatli hujum natijasida dastlab yirik shaharlar – Halab, Hamo HTSH nazoratiga oʻtgan. 2024-yil 8-dekabrga oʻtar kechasi HTSH boshchiligidagi muxolifat kuchlari Suriya poytaxti Damashqni egalladi[10], bu esa mamlakatda Asad rejimining qulashida asosiy oʻrin tutdi[11].

Maqomi

tahrir

Al-Qoida bilan dastlabki aloqalariga asoslanib, 2018-yil 31-mayda HTSH AQSH Davlat departamenti tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan[1].

2018-yil avgust oyida u Turkiya tomonidan terrorchi deb tan olingan[2]. Shunga qaramay, Turkiya armiyasi tashkilot bilan hamkorlikni davom ettirgan va ularni „Al-Qoida“, „Islom davlati“ va boshqa jihodchi harbiylashtirilgan guruhlarga qarshi kurashda ittifoqchilardan biri sifatida koʻrgan[12][13].

2020-yil 4-iyunda Rossiya Federatsiyasi Oliy sudining qarori bilan HTSH terroristik deb topilgan va Rossiyada taqiqlangan[3].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Amendments to the Terrorist Designations of al-Nusrah Front“ (en-US). United States Department of State. Qaraldi: 2024-yil 29-noyabr.
  2. 2,0 2,1 „Turkey designates Syria's Tahrir al-Sham as terrorist group“. Reuters (2018-yil 31-avgust).
  3. 3,0 3,1 „Единый федеральный список организаций, в том числе иностранных и международных организаций, признанных в соответствии с законодательством Российской Федерации...“. 2016-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
  4. „Al Qaeda and allies announce 'new entity' in Syria | FDD's Long War Journal“ (en-US). www.longwarjournal.org (2017-yil 28-yanvar). 2017-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-mart.
  5. Staff, Reuters. „Syria Islamist factions, including former al Qaeda branch, join forces: statement“. Reuters (2017-yil 28-yanvar). 2017-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-mart.
  6. „New component split from "Hay'at Tahrir al-Sham"“ (en-GB). Call Syria (2018-yil 9-fevral). 2018-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-mart.
  7. „Nour e-Din a-Zinki defects from HTS, citing unwillingness to end rebel infighting“ (en-US). Syria Direct. 2021-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-mart.
  8. 8,0 8,1 „Syria’s Largest Militant Alliance Steps Further Away From al-Qaida“ (en). Syria (2017-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
  9. „Наступление повстанцев в Сирии: правительственные войска отступают из Алеппо, город бомбит российская авиация“ (ru). BBC News Русская служба (2024-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 2-dekabr.
  10. Suleiman Al-Khalidi, Timour Azhari and Jaida Taha. „«Командование сирийской армии сообщает офицерам, что правление Асада закончилось, — говорит офицер»“ (en). reuters.com (2024-yil 8-dekabr).
  11. „В Сирии свергли президента страны Башара Асада“ (ru). Metro Москва (2024-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
  12. „Containing Transnational Jihadists in Syria’s North West | Crisis Group“ (en). www.crisisgroup.org (2023-yil 7-mart). Qaraldi: 2024-yil 29-noyabr.
  13. „Key characteristics of Turkish use of Syrian armed proxies | Strategies of Turkish proxy warfare in northern Syria“. www.clingendael.org. Qaraldi: 2024-yil 29-noyabr.

Havolalar

tahrir