Mavlaviy Haybatulloh Oxundzoda (pushtucha: هیبت الله آخندزاده) — afgʻon diniy va siyosiy arbobi, ilohiyotchi, 2016-yildan „Tolibon“ islomchilik harakatining yetakchisi. 2021-yil 15-avgustdan de-fakto Afgʻoniston davlat rahbari.

Tarjimai holi tahrir

Haybatulloh Oxundzoda 1961-yil 7-iyunda Afgʻoniston qirolligi Qandahor viloyati Panjvayi tumanida tugʻilgan. Pushtunlarning Nurzay qabilasiga mansub. Kambagʻal dindor oila farzandi. Otasi — mulla Muhammad Oxund oʻz qishlogʻida tanilgan ilohiyotchi va mahalliy masjidda imom boʻlgan. U faqatgina diniy faoliyat bilan shugʻullangan, oʻz yeriga ega boʻlmagan va oilasini zakot va sadaqaga tushgan pul hamda mevalar evaziga boqqan. Haybatulloh Oxundzoda ilk diniy taʼlimni oʻz otasidan olgan. Afgʻonistondagi 1979-yilgi urush vaqtida 18 yoshli Haybatulloh oilasi bilan Pokistonning Afgʻoniston bilan chegaragasi yaqin boʻlgan Kvetta shahriga borib yashaydi. U yerda diniy taʼlimni davom ettirib, natijada madrasalardan biriga boshliq boʻladi[1][2].

1980-yillarda Afgʻoniston demokratik respublikasiga kelib, u yerdagi mujohidlar safida shoʻro harbiylariga qarshi jang qiladi. 1994-yil endigina tuzilgan „Tolibon“ harakatiga qoʻshiladi.

Manbalar tahrir

  1. „Afghan Taliban announce successor to Mullah Mansour“. BBC News (25-may 2016-yil). 18-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-may 2016-yil.
  2. «Hibatullah’s Roots Were Non-Political And Reclusive» (Wayback Machine saytida 12-aprel 2020-yil sanasida arxivlangan) (29-may 2016-yil), Tolo News. Retrieved 12-aprel 2020-yil.