Haydar ibn Qavus
HAYDAR IBN QAVUS — Ustrushananing oxirgi afshini. Haydar ibn Qavus 197/813-218/833 yillarda xalifa Maʼmun xizmatiga oʻtgan. Keyinchalik 218/833-226/841-yillari xalifa Mu’tasim xizmatida boʻlgan. Haydar ibn Qavus arab qoʻshiniga 220/835 yil xalifaning eng yirik qoʻmondoni etib tayinlangan. U Kichik Osiyoda yunonlar ustidan gʻalaba qilgani va Bobak qoʻzgʻolonini bostirgani evaziga xalifaning yuksak eʼtiboriga sazovor boʻlgan. Haydar ibn Qavus xalifa saroyidagi baʼzi bir mansabdor shaxslarning unga nisbatan nohaq fitnasi tufayli 226/841-yilda islom dinidan qaytganlikda ayblanib, oʻlim jazosiga hukm etilgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Aydarbek Tulepov. Islom va aqidaparast oqimlar. -T.: Movarounnahr. 2014.