Afshin — Ustrushona hokimlarining arablar fathidan avval-gi laqabi. Oxirgi A. Haydar ibn Kovus (manbalarda al-Afshin) xalifa Mu’tasimning lashkarboshisi edi. U Kichik Osiyoda yunonlar ustidan gʻalaba qilgani va Bobak qoʻzgʻolonini bostirgani eva-ziga xalifaning eʼtiboriga sazovor boʻlgan. Biroq, 841 yil iyunda islomdan qaytganlikda ayblanib, oʻlim jazosiga hukm etilgan. A. laqabi Oʻrta Osiyoda, umuman, uchrab turadi. Ya’qubiyda (Taʼrix, 2-jild, 344-bet) Sugʻdiyona hokimi Gʻurak Qutayba ibn Muslim bilan tuzgan shartnomasida oʻzini Sugʻd ixshidi, Samarqand afshini deb atagan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil