Ixshid — 1) Soʻgʻd va Fargʻona podsholari unvoni (VIIVIII asrlar). Ilk oʻrta asrlarda Movarounnahr 15 dan ortiq mayda hokimliklarga boʻlinib ketgan edi. Ular turli nomda yuritilgan. Buxoro vohasida — buxorxudotlar va vardonxudotlar, Miyonkolda — dabusshohlar, Ustrushonada — afshinlar, Choch va Ilokda — budun va tudun va boshqalar. Ular mahalliy turkiy qabilalarning turli sulolalariga mansub boʻlgan. Bu davlatchalar orasida Sugʻd Ixshidlari eng qudratli sanalgan. Ularning poytaxti Samarqand shahri boʻlgan. Ixshid atrofiga shaxsiy qurolli lashkarlar — chokarlari boʻlgan badavlat dehqonlar toʻplangan edi. Sugʻd Ixshidi Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida joylashgan Samarqand, Ishtixon, Maymurgʻ, Kushoniya, Vardona, Buxoro, Kesh va Naxshab mulklarini bir ittifoqqa birlashtirgan. Samarqand Ixshidi saroyida ajdodlar ruhiga atab qurbonlik qilish uchun maxsus ibodatxona bino qilingan. Samarqand Ixshidlari yaqin-olis davlatlar bilan elchilik aloqalari olib borganlari maʼlum. Masalan, Afrosiyob devoriy rasmlaripz. Sush Ixshidi Varxumanning Chagʻoni-yon, Choch va Xitoydan kelgan elchilarni qabul qilish marosimi tasvirlangan. Arab istilochilariga qarshi kurashda Sugʻd Ixshidi Tarxun katta jonbozlik koʻrsatgan. 8-asr boshida (712-yil) Samarqandni arablar bosib olgach, Sugʻd Ixshidlari poytaxtni Ishtixonga koʻchirganlar. Movarounnahr Arab xalifaligi tarkibiga kiritilgach, Ixshid unvoni bekor qilingan; 2) Suriya va Misrda hukmronlik qilgan yarim mustaqil turkiy sulola (935—969) vakillari unvoni (yana qarang: Ixshidiylar).[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

AdabiyotlarTahrirlash

Ахунбабаев Х. Г. Новые находки согдийских монет из раскопок 1982—1984 гг. в центральной части городища Афрасиаб // История материальной культуры Узбекистана. Выпуск 22. Т.—1988