Hayit muborak
Iyd Muborak (arab. عيد مبارك — muborak bayram) — arabcha Qurbon hayiti va Ramazon hayiti uchun bayram tabrigi. Arablar uchun „Iyd Muborak“ tabrigi har qanday bayramning umumiy tabrigi boʻlib, oʻzbek tilidagi „Bayramingiz bilan!“ tabrigining oʻxshashidir.
Barcha bayramlar uchun tabriklar
tahrirArab tilida soʻzlashuvchi musulmonlar anʼanaviy „Iyd Muborak“ tabrigi bilan bir qatorda quyidagi soʻzlar bilan ham bir-birlarini qutlashadi:
- Idukum Muborak (arabcha: عيدكم مبارك) — Bayramingiz muborak boʻlsin!
- Taqobbala-llohu minna va minkum (arabcha: تقبل الله منا ومنكم — Alloh bizdan va sizdan qabul qilsin!
- Taqobbala-llohu minna va-minkum saliha-l-aʼmal (arabcha: تقبل الله منا ومنكم صالح الاعمال) — Alloh bizdan ham, sizdan ham solih amallarni qabul qilsin!
- Iyd muborak va kull am va ummata-l-islom bihayr (arabcha: عيد مبارك و كل عام و أمة الإسلام بخير) Bayram muborak boʻlsin va har yili islom ummati sogʻ (yaxshi holatda) boʻlsin!
- Jaʼala-llohu ʼidakum muborak (arabcha: جعل الله عيدكم مبارك — Alloh bayramingizni barakotli qilsin!
Kirib kelgan Ramazon oyi va Ramazon hayiti bilan tabriklash
tahrirRamazon oyi kirib kelishi va Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan arab tilida soʻzlashuvchi musulmonlar quyidagi soʻzlar bilan tabriklaydilar:
- Ramazon karim (arabcha: رمضان كريم — (sizlarga) Ramazon oyi muborak boʻlsin!
- Ramazon Muborak (arabcha: رمضان مبارك — Ramazon oyi muborak!
- Shahr Muborak (arabcha: شهر مبارك — Oy (Ramazon) muborak boʻlsin!
- Aharra-llohu ʻuyunakum fi Ramazon bi-lyaẕẕati-l-ʻashar va-suḥbati-l-ʻahyar va-rahmati-l-Gʻaffor va-jannati-l-ʻabror (arabcha: أقر الله عيونكم فى رمضان بلذة الأسحار وصحبة الاخيار ورحمة الغفار وجنة الأبرار) — Alloh taolo Ramazon oyida koʻzlaringizni shirin oqshomlar va tanlanganlar doʻstligi, magʻfiratlilarning rahmati va taqvodorlarning jannati bilan xursand qilsin!
- Xavatim Muborak (arabcha: خواتم مباركة — Oxirgi kunlar (Ramazonning) muborak boʻlsin!
Haj (Umra) va Qurbon hayiti bilan tabriklash
tahrirQurbon hayiti kelishi bilan, shuningdek, Haj (Umra) ziyorati bilan arab tilida soʻzlashuvchi musulmonlar bir-birlarini quyidagi soʻzlar bilan tabriklashadi: