Hazrati Imom darvozasi (Buxoro)

Hazrati Imom darvozasi — Buxoro darvozasi.

Hazrati Imom darvozasi
Darvozayi Nav (Yangi darvoza), Darvozayi Ma‘bad
Joylashuvi
Hudud Buxoro viloyati
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Umumiy maʼlumotlar
Buzilgan yili 2009-yil qayta tiklangan
Qayta tiklagan meʼmor Muzaffar Mirzayev, Ma’mur Mirzayev va Ma’ruf Mirzayevlar
Arxitekturasi
Meʼmoriy uslubi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Qurilish materiali pishgan gʻisht
Balandligi 11,6 metr
Kengligi 13 metr
Map
Hazrati Imom darvozasi xaritada
Hazrati Imom darvozasi (Buxoro)

Tarixi

tahrir

Hazrati Imom darvozasi VIII asrga qadar Darvozayi Nav (Yangi darvoza) deb nomlangan. Keyinchalik buxorolik mashhur avliyo va ulamo Abu Hafs Kabir Buxoriy (767—832) sharafiga Darvozayi Imom deb ham atashgan. Taruxchi Narshaxiyning maʼlumotiga koʼra, Abu Hafs Kabirning qabri shu darvoza yonidagi tepaliklarda joylashgan[1]. Hazrati Imom darvozasi Haqroh deb ham atalgan. Sababi oʻtmishda koʻpgina kishilar shaharning aynan shu darvozasidan chiqib, mushkullariga najot soʻragani Abu Hafs Kabir huzuriga borganlar. U kishi bergan fatvolar toʻgʻri boʻlgani sababli insonlarlar avliyoni Imomi Hojatbaror, ziyoratgohga borgan qayroq yoʻlni Haqrah yaʼni Haqiqat yoʻli deb ataganlar. Hazrati Imom darvozasi qutlugʻ ziyoratgohning boshlanish joyi sifatida belgilandi. Abu Hafs Kabir qabristonida Afrosiyob qabri joylashgan. Ushbu darvoza X asrlarda Darvozayi Ma‘bad deb ham nomlangan[2].

Meʼmorchiligi

tahrir

Hazrati Imom darvozasi XVI asrda Shayboniylar davrida qayta tiklangan. Darvozaning balandligi 11,6 metr, kengligi 13 metr, asosi 1,5 metrdan iborat bo‘lgan. Darvoza usti esa 31 ta gultojdan tashkil topgan. Darvoza guldastalari uch qavatli bo‘lib, u yerda qo‘riqchilar turadigan xona bo‘lgan. Darvozadan shaharga kirishda yo‘lning o‘ng tomonida savdo do‘konlari bo‘lib, u yerda ot-aravalar uchun kerakli anjomlar sotilgan. Yo‘lning chap tomonida shisha ishlab chiqaradigan korxona hamda ombor va yo‘lovchilarni suv bilan taʼminlaydigan quduq mavjud edi. Hazrati Imom yo‘li Samarqand, Toshkentga boradigan yo‘l ustida boʻlgan. Bu qadimiy yo‘l Arkdan Sitorai Mohi-Xossagacha qayroq tosh bilan terilgan. Darvoza 2009-yil sentyabr oyidan qayta tiklana boshlandi. Darvozaning har biri diametri 8,5 metrni tashkil etgan ikki guldastasi poydevorini mustahkamlashda oʻtmish ustalarining qadimiy usullaridan foydalanildi. Chunonchi, xarsangtoshlar ustiga avval qurigan qamish, keyin ohaktosh va yana qamish qatlamlari yotqizilgandan soʻnggina ustalar loyihaga asosan gʻisht terishga kirishgani yangi obidani zax suvlar va shoʻr taʼsiridan saqlash imkonini berdi. Balandligi 10 metr, devorlari qalinligi 1,56 metr boʻlgan, 23 ta gultoj, 365 ming dona oddiy salloti va 52 ming dona obi gʻisht, 65 ming kubometr betondan iborat. Qurilish ishlarini usta-meʼmorlar Muzaffar Mirzayev, Ma’mur Mirzayev va Ma’ruf Mirzayevlar olib borishgan[3].



Manbalar

tahrir
  1. Сухарева О.А. К истории городов Бухарского ханства (историко-этнографические очерки). Ташкент: Изд-во академии наук Узбекской ССР, 1958 — 145-bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. 
  3. To'rayev H.H. Buxoro tarixi. Buxoro: Durdona, 2020 — 320-bet. ISBN 978-9943-6571-0-6.