Hidrosele
Hidrosele — urugʻdon bilan moyak pardasi orasiga suyuqlik yigʻilishi. Hidrosele tugʻma boʻlishi yoki moyak va ortigʻining turli yalligʻlanish kasalliklarida, ularga shikast yetganida vujudga kelishi mumkin. Tugʻma va orttirilgan, bir yoki ikki tomonlama, oʻtkir yoki surunkali xillari bor. Suyuqlik urugʻdon atrofiga asta-sekin yigʻilib, kattalashaveradi. Taranglashgan xilida yorgʻoqning oʻng yoki chap tarafida qattiq oʻsmasimon tuzilma aniqlanadi, taranglashmaganida esa u ancha elastik boʻladi.
Hidrosele | |
---|---|
Mutaxassislik | Urologiya |
Davolash | Jarrohlik |
Tutashgan shaklida bemor yetganida tuzilma ancha kichrayadi, tutashmagan xilida esa oʻlchamlari bir xil turaveradi. Taranglashgan xilini tezroq operatsiya qilish lozim. Hidroseleni vaqtida jarrohlik yoʻli bilan bartaraf etilmasa, urugʻdon atrofiyaga uchrab, bepushtlikka olib kelishi mumkin[1].
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir