Henrique Hilário Meireles Alves Sampaio – (21-oktabr 1975-yil) portugaliyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi boʻlib, darvozabon sifatida faoliyat olib borgan. U hozirda Premyer liganing Chelsea klubida darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda.

Hilário
Hilário 2019-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Henrique Hilário Meireles Alves Sampaio[1]
Tavallud sanasi 21-oktyabr 1975-yil (1975-10-21) (48 yosh)[2]
Tavallud joyi São Pedro da Cova, Portugal
Boʻyi 1.89 m[2]
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Chelsea (darvozabonlar murabbiyi)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1987–1994 Portu
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1994–1995 Nava 27 (0)
1995–1996 Académica 33 (0)
1996–2004 Portu 40 (0)
1998–1999 → Estrela Amadora (ijara) 27 (0)
1999–2002 Portu B 2 (0)
2001–2002 → Varzim (ijara) 24 (0)
2003 → Académica (ijara) 10 (0)
2003–2004 → Nacional (ijara) 19 (0)
2004–2006 Nacional 40 (0)
2006–2014 Chelsea 20 (0)
Milliy terma jamoa
1996 Portugal U20 1 (0)
1996–1997 Portugal U21 7 (0)
2000 Portugal B 1 (0)
2010 Portugaliya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

U oʻz professional karyerasining koʻp qismini Portu va Chelsea tarkibida zahira darvozaboni sifatida oʻtkazgan. U toʻqqiz mavsum davomida Premyer ligada 160 ta oʻyinda ishtirok etgan.

Klublardagi faoliyati

tahrir

Porto va ijaradagi jamoalari

tahrir

Hilário Portoning São Pedro da Cova shahrida tugʻilgan[3]. Portu yoshlar tizimida oʻynagach u yerni tark etib, Associação Naval de Maio va Académica de Coimbra bilan professional faoliyatini boshlagan va mos ravishda tegishincha Portugaliya Segundasida(Portugaliyadagi 2-divizion) va Segunda Divisão de Honrada faoliyat olib borgan[4][5].

Hilário 1996-19997-yilgi mavsum Vítor Baíaning Barselonaga transferi sabab Portuga qaytadi va Primeira Divisãoda 18 oʻyinda ishtirok etib, klubning ketma-ket uchinchi mavsum davomida ligani yutishiga katta hissa qoʻshadi. Baía 1999-yil yanvar oyida sobiq klubiga qaytdi va buning oqibatida Hilário yana zaxira darvozaboniga aylanib qoladi. Keyingi mavsumlarni esa u Portu B va yana toʻrt klubda ijara asosida oʻtkazadi[6][7][8][9].

Nacional

tahrir

2004-yil yozida Portoni tark etgan darvozabon Nacional bilan shartnoma imzoladi[10]. U birinchi mavsumida jamoa tarkibida 29 ta oʻyin oʻtkazdi, ammo shveysariyalik posbon Diego Benaglio kelgach asosiy tarkibdagi oʻrnini yoʻqotdi[11].

Chelsea

tahrir
 
Hilário 2010-yil Chelsea mashgʻulotlarida

Hilário sobiq Porto bosh murabbiyi Jose Mourinho tomonidan 2006-yilning 1-iyun kuni Chelseaga olib kelindi. U klubga Petr Čech va Carlo Cudicinidan keyingi uchinchi darvozabon sifatida transfer qilingan, ammo 2006-yil 14-oktabr kuni Readingga qarshi oʻyinda ikkala darvozabon ham jarohat olganligi tufayli u asosiy tarkibdan joy oladi[12][13]. U 18-oktabr kuni Stamford Bridge Barselonaga qarshi debyut qildi va quruq oʻyin oʻtkazgan holda jamoasi 1-0 hisobda gʻalaba qozonadi[14]. Uning Premyer ligadagi debyuti uch kundan keyin Portsmouth bilan oʻyinga toʻgʻri keladi[15].

Hilário oʻsha mavsum jamoa tarkibida jami 18 ta oʻyin oʻtkazdi, ulardan sakkiztasida gol oʻtkazib yubormaydi, hattoki Sheffield United qarshi oʻyinda penaltini ham qaytaradi[16]. 2007-yil fevral oyida Čechning safga qaytishi bilan u yana asosiy tarkibdagi oʻrnini yoʻqotadi va Arsenal qarshi Liga Kubogining finalida ham zaxirada qoldiriladi[17].

2009-yil yanvar oyida Cudicini Tottenham tarkibiga oʻtgach, Hilárioni ikkinchi darvozabon sifatida qoladi, oʻsha yili yoshlar jamoasi darvozaboni Rys Taylor birinchi jamoaga oʻtkazilgan edi[18].

Hilário 2012-2013-yil oxirida shartnomasi tugaganligi sababli klubni erkin agen sifatida tark etishi lozim edi[19]. Biroq 1-avgust kuni sobiq murabbiy José Mourinho klubga qaytganidan soʻng, u klub bilan yangi bir yillik shartnoma imzolaydi[20]. U oxir-oqibat mavsum yakunida jamoani tark etadi[21] va avgust oyida 38 yoshida isteʼfoga chiqqanligini eʼlon qiladi.[22]

Terma jamoadagi faoliyati

tahrir

Hilário Portugaliya terma jamoasi uchun birinchi chaqiriqni 2009-yilning noyabr oyida, yaʼni 34 yoshida, 2010-yilgi FIFA Jahon chempionatining saralashidagi Bosniya va Gersegovinaga qarshi saralash oʻyinida Eduardo uchun zaxira variant sifatida tarkibga kiritialdi[23][24]. Ushbu oʻyinda Hilário zaxirada qoldirilgan va keyingi oʻyin 2010-yil 3-mart kuni Xitoyga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ikkinchi boʻlimda Eduardo oʻrniga maydonga tushuriladi[25].

Murabbiylik faoliyati

tahrir

Hilário 2016-yil 22-iyulda Chelsega qaytdi va yangi tayinlangan menejer Antonio Conte tomonidan darvozabonlar murabbiyining yordamchisi etib tayinlandi[26]. U 2018 yil avgust oyida Maurizio Sarri davrida asosiy darvozabonlar murabbiyiga aylandi[27].

Sovrinlari

tahrir

Portu

  • Portugaliya Premyer ligasi: 1996-97, 1997-98 [28]
  • Taça de Portugaliya: 1999-2000[29]
  • Supertaça Cândido de Oliveira: 1999 [30]

Chelsea

Manbalar

tahrir
  1. „Squad List: FIFA Club World Cup UAE 2021: Chelsea FC“. FIFA (2022-yil 9-fevral). Qaraldi: 2022-yil 16-aprel.
  2. 2,0 2,1 „Henrique Hilário: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2022-yil 16-aprel.
  3. Leite, Augusto. „Hilário: "Realização fará sentido com títulos do FC Porto"“ (pt). Record (2000-yil 22-aprel). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  4. Hilarious. Desempregado do mês, Hilário regressa ao Chelsea“ (pt). i (2013-yil 1-avgust). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  5. „Guarda-redes Hilário "pendura as luvas"“ (pt). Jornal de Notícias (2014-yil 5-avgust). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  6. Santos Costa, António José. „Hilário: "Nunca senti o "fantasma" Vítor Baía"“ (pt). Record (2000-yil 5-fevral). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  7. „Dragões com dúvidas na baliza“ (pt). Record (2001-yil 1-iyun). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  8. „Hilário abandona o Chelsea 8 anos depois“ (pt). Rádio e Televisão de Portugal (2014-yil 1-iyul). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  9. Hilarious. Desempregado do mês, Hilário regressa ao Chelsea“ (pt). i (2013-yil 1-avgust). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  10. „Hilário abandona o Chelsea 8 anos depois“ (pt). Rádio e Televisão de Portugal (2014-yil 1-iyul). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  11. „Diego Benaglio, guarda-redes por acidente“ (pt). Mais Futebol (2005-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 23-aprel.
  12. „Chelsea close in on Hilario deal“. BBC Sport (2006-yil 1-iyun). Qaraldi: 2007-yil 6-aprel.
  13. „Mourinho angry as keepers injured“. BBC Sport (2006-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2007-yil 6-aprel.
  14. McNulty. „Chelsea 1–0 Barcelona“. BBC Sport (2006-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2013-yil 10-oktyabr.
  15. Hughes. „Chelsea 2–1 Portsmouth“. BBC Sport (2006-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2013-yil 10-oktyabr.
  16. Sinnott. „Sheff Utd 0–2 Chelsea“. BBC Sport (2006-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2013-yil 10-oktyabr.
  17. „Chelsea 2–1 Arsenal“. BBC Sport (2007-yil 25-fevral). 2007-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  18. Wilson. „Petr Cech injury concern for Chelsea“. Goal (2009-yil 6-fevral). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  19. „Chelsea release Florent Malouda, Paulo Ferreira and Yossi Benayoun“. Sky Sports (2013-yil 7-iyun). Qaraldi: 2013-yil 30-iyun.
  20. „Premier League: Henrique Hilario signs one-year contract at Chelsea“. Sky Sports (2013-yil 1-avgust). Qaraldi: 2013-yil 10-oktyabr.
  21. „Clubs submit retained and released lists“. Premier League (2014-yil 23-may). 2015-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-may.
  22. Abbas. „Henrique Hilario announces retirement after 8 years with Chelsea FC“. Vavel (2014-yil 6-avgust). Qaraldi: 2018-yil 23-aprel.
  23. „Portugal include Ronaldo“. FIFA (2009-yil 8-noyabr). 2009-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-mart.
  24. „Chelsea management delighted for Hilario after first Portugal call“. Tribal Football (2009-yil 13-noyabr). 2009-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-mart.
  25. „Vídeo: Varela e Hilário felizes pela estreia“ (pt). Expresso (2010-yil 4-mart). Qaraldi: 2021-yil 21-oktyabr.
  26. „Backroom team unveiled“. Chelsea F.C. (2016-yil 22-iyul). Qaraldi: 2020-yil 20-yanvar.
  27. „Sarri's staff confirmed“. Chelsea F.C. (2018-yil 3-avgust). Qaraldi: 2022-yil 16-aprel.
  28. „Hilário: Summary“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 2022-yil 16-aprel.
  29. „A Taça como consolação para o F.C. Porto“ (pt). Mais Futebol (2000-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  30. „Beira-Mar 1–2 FC Porto“ (pt). Zerozero. Qaraldi: 2022-yil 16-aprel.
  31. Bevan, Chris. „Chelsea 2–1 Everton“. BBC Sport (2009-yil 30-may). Qaraldi: 2022-yil 16-aprel.
  32. McNulty. „Chelsea 1–0 Portsmouth“. BBC Sport (2010-yil 15-may). Qaraldi: 2022-yil 16-aprel.
  33. „Chelsea 2–1 Arsenal“. BBC Sport (2007-yil 25-fevral). 2007-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  34. McNulty. „Chelsea 2–2 Man Utd“. BBC Sport (2009-yil 9-avgust). Qaraldi: 2022-yil 16-aprel.