Carlo Cudicini (6 sentabr 1973) – asosiy faoliyatini Chelsea klubida darvozabon sifatida oʻtkazgan Italiyalik futbolchi. U sobiq AC Milan darvozaboni Fabio Cudicining oʻgʻli va Ponziana himoyachisi Guglielmo Cudicinining nevarasi. Cudicini hozirda Chelseada klubida ijaradagi futbolchilar uchun texnik murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.

Carlo Cudicini
Cudicini 2014-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Carlo Cudicini[1]
Tavallud sanasi 6-sentyabr 1973-yil (1973-09-06) (50 yosh)[1]
Tavallud joyi Milan, Italy
Boʻyi 1.85 m[1]
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Chelsea (ijaradagi futbolchilar texnik murabbiyi)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1992–1995 AC Milan 0 (0)
1993–1994 → Como (ijara) 6 (0)
1995–1996 Prato 30 (0)
1996–1997 Lazio 1 (0)
1997–2000 Castel di Sangro 46 (0)
1999–2000Chelsea (ijara) 1 (0)
2000–2009 Chelsea 141 (0)
2009–2012 Tottenham Hotspur 19 (0)
2013 LA Galaxy 21 (0)
Milliy terma jamoa
1990–1992 Italiya U18 20 (0)
1992–1993 Italiya U21 1 (0)
Boshqargan klublari
2016–2019 Chelsea (yordamch)
2019– Chelsea (ijaradagi futbolchilar texnik murabbiyi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Cudicini 1992 yilda Serie A jamoasi AC Milanda professional futbolchilik faoliyatini boshladi, ammo asosiy jamoaga kirishga qiynalib, dastlab 1996-yilda Como jamoasiga ijaraga beriladi, soʻngra faoliyatini Prato va Lazio klublarida olib boradi. Lazio tarkibida liganing faqatgina bitta oʻyinida maydonga tushgach u bir yil oʻtib Castel di Sangro, keyin esa 1999-yilda Premyer Liga jamoasi Chelseaga klubiga oʻtdi.

U Claudio Ranieri davrida asosiy darvozabon boʻladi, ammo 2004-yilda yangi murabbiyi José Mourinho Petr Čech bilan shartnoma imzolagach Carlo asosiy tarkibdagi oʻrnini yoʻqotdi. Cudicini 2009-yil yanvar oyida Chelseani tark etadi, u klub safida jami 141ta liga oʻyinida ishtirok etadi. Oʻsha yili u Londonning boshqa bir klubi Tottenham Hotspur tarkibiga qoʻshiladi. Tottenhemda ham u ikkinchi yoki uchinchi darvozabon sifatida qoldi va klub uchun faqatgina 19ta liga oʻyinida maydonga tushadi. 2013-yilda Cudicini Major League Soccerning Los-Anjeles Galaxy klubiga borib qoʻshiladi.

Cudicini 1990 va 1992-yillar oraligʻida Italiya U-18 jamoasi safida 20 marotaba maydonga tushdi va 21 yoshdan kichiklar jamoasida ham bir marta oʻynadi, ammo hech qachon asosiy terma jamoasidan chaqiruv olmaydi.

Klubdagi karyerasi

tahrir

Chelsea

tahrir

Debyutini Skonto Riga qarshi UEFA Chempionlar ligasi saralshida oʻtkazgan darvozabon mavsumni bor yoʻgʻi uchta oʻyin oʻtkazgan holda yakunlaydi[2]. U 2000-yilgi Angliya kubogi finalida ham zaxirada qoldirilgan. Keyingi mavsumdan boshlab u biroz koʻproq oʻyin amaliyotiga ega boʻla boshladi. Cudicini 23 ta turda maydonga tushgan boʻlsa, De Goey 15 turni asosiy tarkibda oʻtkazadi.

2001-2002-yilgi mavsum muxlislar tomonidan Chelseaning yil oʻyinchisi deb tanlandi. 2001-yil dekabr oyida Sunderland va Liverpoolga qarshi yetti kunlik vaqt oraligʻida oʻtgan oʻyinlarda ikki penaltini ham bartaraf etadi[3][4].

Cudicini 2002-03 yilgi mavsumda ITV Premiership Goalkeeper of the Season sovriniga loyiq koʻrildi.

Tottenham Hotspurs

tahrir

2009-yil 26-yanvar kuni Cudicini Tottenham Hotspur tarkibiga erkin agent sifatida qoʻshilganligi maʼlum qilindi[5]. U klub uchun oʻz debyutini 2009-yil 27-yanvar kuni Premyer Liga doirasida Stoke Cityga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va u oʻyinda London klubi 3-1 hisobida zafar quchdi[6].

LA Galaxy

tahrir

Cudicini 2012-yil 31-dekabr kuni MLS klubi LA Galaxyga yana erkin agent sifatida qoʻshiladi. Darvozabon u yerda 2014-yil 26-yanvar qadar toʻp suradi[7].

Murabbiylik faoliyati

tahrir

2015-yil mart oyida Cudicini Irlandiya Respublikasi 21 yoshgacha futbol jamoasi murabbiylar shtabiga darvozabonlar murabbiyi sifatida qoʻshildi[8][9].

2016-yil iyul oyida Cudicini Chelseaga qaytadi va yangi birinchi jamoa bosh murabbiyi Antonio Kontega yordamchi sifatida faoliyat boshlaydi[8][10]. U 2018-19-yillarda Maurizio Sarri davrida ham ishini davom ettirdi[11].

2019-yil avgust oyida Cudicini ijaradagi futbolchilar uchun texnik murabbiy etib tayinlandi[12].

2022-yil dekabr oyida Cudicini FAI Coach Education Department kursida oʻqiganidan soʻng Dublinda UEFA professional murabbiylik litsenziyasini oldi[13].

Statistikasi

tahrir
Klub, mavsum va musobaqa boʻyicha koʻrinish va gollar[14]
Klub Yillar Liga oʻyinlaridagi statistikasi Mavsumdagi umumiy statistikasi
Division Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
AC Milan 1991-92 Serie A 0 0 0 0
1992-93 Serie A 0 0 3 0
Umumiy 0 0 3 0
Como (ijara) 1993-94 Seria C 6 0 7 0
Prato 1995-96 Seria C 30 0 30 0
Lazio 1996-97 Serie A 1 0 1 0
Castel di Sangro 1997-98 Seria B 14 0 16 0
1998-99 Seria C 32 0 38 0
Umumiy 46 0 54 0
Chelsea (ijara) 1999-2000 Premyer Liga 1 0 3 0
Chelsea 2000-01 Premyer Liga 24 0 29 0
2001-02 Premyer Liga 28 0 41 0
2002-03 Premyer Liga 36 0 46 0
2003-04 Premyer Liga 26 0 40 0
2004-05 Premyer Liga 3 0 11 0
2005-06 Premyer Liga 4 0 12 0
2006-07 Premyer Liga 8 0 11 0
2007-08 Premyer Liga 10 0 19 0
2008-09 Premyer Liga 2 0 4 0
Umumiy 142 0 216 0
Tottenham Hotspur 2008-09 Premyer Liga 4 0 4 0
2009-10 Premyer Liga 7 0 8 0
2010-11 Premyer Liga 8 0 13 0
2011-12 Premyer Liga 0 0 11 0
2012-13 Premyer Liga 0 0 1 0
Umumiy 19 0 37 0
LA Galaxy 2013 MLS 21 0 25 0
Jami 265 0 373 0


Sovrinlari

tahrir

AC Milan

Chelsea

  • FA Cup: 1999-2000, 2006-07
  • Angliya Liga kubogi: 2004-05, 2006-07; finalchi: 2007-08
  • FA Charity Shield/FA Community Shield: 2000, 2005 [16]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 The PFA Footballers' Who's Who 2010–11. Mainstream Publishing, 2010 — 102 bet. ISBN 978-1-84596-601-0. 
  2. „Games played by Carlo Cudicini in 1999/2000“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2013-yil 1-dekabr.
  3. „Chelsea too hot for Reds“. BBC (2001-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 8-sentyabr.
  4. „Cudicini denies Sunderland“. BBC (2001-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 8-sentyabr.
  5. „Cudicini Signs“. Tottenhamhotspur.com. Qaraldi: 2013-yil 20-may.
  6. „Tottenham 3–1 Stoke“. BBC News (2009-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 28-aprel.
  7. „Carlo Heading to L.A.“. Tottenham Hotspur (2012-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 31-dekabr.
  8. 8,0 8,1 „Carlo Cudicini - Club ambassador/assistant to first team head coach“. Chelsea F.C.. Qaraldi: 2017-yil 15-fevral.
  9. „Former Chelsea goalkeeper Carlo Cudicini to coach Republic of Ireland Under-21s“. Goal.com. Qaraldi: 2021-yil 13-dekabr.
  10. „Carlo Cudicini given role on the Chelsea coaching staff“. Sky Sports (2016-yil 22-iyul). Qaraldi: 2016-yil 18-oktyabr.
  11. „Carlo Cudicini profile“. Chelsea F.C.. Qaraldi: 2019-yil 21-avgust.
  12. „Carlo Cudicini takes on role coaching Chelsea loan players“. Chelsea F.C. (2019-yil 2-avgust). Qaraldi: 2019-yil 21-avgust.
  13. „UEFA Pro Licence graduates breaks 100 mark“. Football Association of Ireland (2022-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 9-dekabr.
  14. „Carlo Cudicini" Club matches“. Worldfootball.net. 2016-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-aprel.
  15. „Transfermarkt“. Qaraldi: 2024-yil 11-iyun.
  16. „Transfermarkt“. Qaraldi: 2024-yil 11-iyun.