Himmat Oqboʻtayev
Himmat Qoʻchqorovich Oqboʻtaev ( 1962-yil 1-fevralda tugʻilgan, Samarqand viloyati, Urgut tumani, OʻzSSR) — oʻzbek huquqshunosi va davlat arbobi. 2016-yil 23 -dekabrdan 2017-yil iyungacha u Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlagan.
Himmat Okbutaev | |
---|---|
Samarqand viloyati hokimi | |
Mansab davri 2016-yil 23-dekabr – 2017-yil 7-iyungacha | |
Oʻtmishdoshi | Zoir Mirzayev |
Vorisi | Turobjon Joʻrayev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1-fevral 1962-yil Samarqand |
Hayoti
tahrirHimmat Oqboʻtaev 1988-1991 yillarda Urgut tumani kolxozida advokat boʻlib ishlagan. Keyinchalik u Navoiy viloyati prokuraturasida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida turli lavozimlarda ishlagan[1].
2006-2016 yillarda u Urgut tumani hokimi boʻlgan[2].
2016-yil mart oyidan u Samarqand viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 2016-yil 23-dekabrdan 2017-yil iyungacha u Samarqand viloyati hokimi boʻlib ishlagan[3]. Himmat Oqboʻtaevning oʻrnini 2017-yil Turob Joʻrayev egalladi.
2020-yil 14-yanvardan boshlab Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani hokimi[4].