Hindiston — Malayziya munosabatlari
Hindiston — Malayziya munosabatlari (hindcha: भारत-मलेशियाई संबंध; malaycha: Hubungan India-Malaysia), Hindiston va Malayziya oʻrtasidagi ikki tomonlama tashqi munosabatlarga ishora qiladi. Hindiston Kuala-Lumpurda yuqori komissiyaga ega[1] va Malayziya Yangi Dehlida oʻz elchixonasiga ega[2]. Shuningdek, Chennay va Mumbayda bosh konsulligi mavjud[3][4]. Ikkala davlat ham Millatlar Hamdoʻstligi[5], Osiyo Ittifoqi va G15 ning toʻlaqonli aʼzolaridir. Hindiston va Malayziyani antik davrlarga borib taqaladigan turli madaniy va tarixiy aloqalar bogʻlab turadi[6]. Ikki davlat bir-biri bilan juda doʻstona munosabatda, chunki Malayziya hindistonlik muhojirlarning ikkinchi vatani hisoblanadi. Malayziyaning toʻrtinchi va eng uzoq vaqt xizmat qilgan bosh vaziri Mahathir Mohamadning kelib chiqishi hindistonlik[7]. Savdo sohasida ularning oʻzaro savdo hajmi 10,5 milliard dollarni tashkil etadi va 2020-yilga kelib 25 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.
Hindiston |
Malayziya |
Oʻsha paytdagi Bosh vazir Najib Razzoqning 2017-yildagi tashrifidan soʻng Hindiston ham, Malayziya ham infratuzilmani rivojlantirish va aqlli shaharlar qurish kabi sohalarda yangi yoʻnalishida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar. Hindiston hukumati va ularning jamoatchiligidagi koʻpchilik Malayziyaning 7-bosh vaziri Mahathir Pokistonni qoʻllab-quvvatlagani uchun oʻzaro aloqalar pasayayotganidan xavotir olmoqda[8].
Mamlakatni taqqoslash
tahrirHindiston | Malayziya | |
---|---|---|
Gerbi | ||
Bayrogʻi | ||
Aholisi | 1,375,586,000 | 31,360,000 |
Maydoni | 3,287,263 km2 (1,269,219 kv mi) | 330,803 km2 (127,724 kv mi) |
Aholi zichligi | 418/km2 (1,080/sq mi) | 86/km2 (220/sq mi) |
Vaqt zonasi | UTC+05:30 | 1 |
Poytaxti | Dehli | Kuala Lumpur & Putrajaya |
Katta shahri | Mumbay — 12,478,447 | Kuala Lumpur — 1,768,000 |
Davlat boshqaruvi | Federal Parlamentar Konstitutsiyaviy respublika | Federal Parlamentar tanlov asosidagi Konstitutsiyaviy monarxiya |
Tashkil etilishi | 1947-yil 15-avgust (dominion) 1950-yil 26-yanvar (respublika) |
1957-yil 31-avgust (Britaniyadan mustaqil) 1963-yil 16-sentyabr (Malayziyaning tashkil topishi) |
Birinchi rahbari | Lord Mountbatten (hukumat rahbari) Javoharlal Neru (Bosh vazir) |
Tuanku Abdul Rahman (Monarx) Tunku Abdul Rahman (Bosh vazir) |
Davlat boshligʻi | Monarx: Charles III | Monarx: Abdulloh |
Hukumat raisi | Bosh vazir: Narendra Modi | Bosh vazir: Ismoil Sabri Yoqub |
Qonun chiqaruvchi organ | Parlement | Malaysiya Parlementi |
Yuqori palata | Rajya Sabha Rais: Ajit Kumar Bhuyan |
Senat Rais: S. Vigneswaran |
Quyi palata | Lok Sabha Spiker: Narendra Modi |
Vakillar palatasi Spiker: Azhar Azizan Harun |
Rasmiy tili | Hind tili | Malay tili |
YaIM (nominal) | 3.469 trillion AQSh dollari $ (2,466 aholi jon boshiga) | 364.7 milliard AQSh dollari $ ($11,414 aholi jon boshiga) |
Iqtisodiy munosabatlar
tahrir2000-yildan 2013-yilgacha Malayziya 618,37 million AQSh dollarini tashkil etgan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi boʻyicha Hindistondagi 19-eng yirik investor hisoblanadi. Malayziyaning 6 milliard AQSH dollaridan ortiq sarmoyasi telekommunikatsiya, sogʻliqni saqlash, bank va qurilish loyihalariga ajratilgan[9]. Ikki davlat oʻrtasidagi savdo aylanmasi 1992-yildagi atigi 0,6 milliard AQSh dollaridan 2012-yilda 13,32 milliard AQSh dollariga koʻtarilgan. Bundan tashqari, Hindistonning sanoat, IT va sogʻliqni saqlash kompaniyalari, shuningdek, Malayziyaga sarmoya kiritgan 150 000 ga yaqin hindistonlik (jumladan, 10 000 hindistonlik muhojirlar) malakali va yarim malakali ishchilar mamlakatda IT, ishlab chiqarish va bank ishi sohalarida ish bilan taʼminlangan[9]. Malayziya kompaniyalari, shuningdek, Hindistonning turli shtatlarida koʻplab infratuzilma loyihalarida ishtirok etishadi[8].
2017-yilda Hindiston va Malayziya oʻrtasida 36 milliard AQSh dollari miqdoridagi yangi biznes bitimi imzolandi, bu ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlar tarixidagi eng yirik hisoblangan 31 ta biznes memorandumi (memorandum) almashdi[10]. Malayziya Hindiston ishbilarmonlar kengashi ham mavjud[11].
Taʼlim munosabatlari
tahrir1960-1970-yillar oraligʻida 30 000 ga yaqin malayziyalik talabalar Hindiston taʼlim muassasalarida, asosan tibbiyot sohasida tahsil olishgan, bugungi kunda Malayziyadagi shifokorlarning 30% dan ortigʻi Hindistonda taʼlim olgan[12]. Hindiston hukumati malayziyalik talabalarga ham stipendiya ajratadi. Malayziyalik tibbiyot talabalarining koʻpchiligi Hindistonda taʼlim olishlari zarurligi tufayli Manipal Global Education Group oʻz kampuslarini Malayziyada tashkil etishga rozi boʻlgan[12].
Xavfsizlik munosabatlari
tahrirMalayziya tashkil etilishidan oldin, mamlakat xavfsizlik kuchlarining koʻp xodimlari Hindistonda oʻqitilgan[13]. Xitoyning oʻsib borayotgan taʼsiriga qarshi Hindiston Malayziya bilan harbiy va xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytirishni bildirgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Home“. High Commission of India in Kuala Lumpur, Malaysia. Qaraldi: 2017-yil 3-mart.
- ↑ „Official Website of High Commission of Malaysia, New Delhi“. Ministry of Foreign Affairs, Malaysia. Qaraldi: 2017-yil 3-mart.
- ↑ „Official Website of Consulate General of Malaysia, Chennai“. Ministry of Foreign Affairs, Malaysia. Qaraldi: 2017-yil 3-mart.
- ↑ „Official Website of Consulate General of Malaysia, Mumbai“. Ministry of Foreign Affairs, Malaysia. Qaraldi: 2017-yil 3-mart.
- ↑ „Commonwealth Secretariat - Member States“. Commonwealth of Nations. Qaraldi: 2011-yil 3-sentyabr.
- ↑ „Culture“. High Commission of India in Kuala Lumpur, Malaysia. Qaraldi: 2011-yil 3-sentyabr.
- ↑ Patrick Pillai. Yearning to Belong: Malaysia's Indian Muslims, Chitties, Portuguese Eurasians, Peranakan Chinese and Baweanese. ISEAS-Yusof Ishak Institute, 14 October 2015 — 24–-bet. ISBN 978-981-4519-67-0.
- ↑ 8,0 8,1 Elizabeth Roche. „India, Malaysia vow to strengthen economic ties“. Live Mint (2017-yil 1-aprel). 2017-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-aprel.
- ↑ 9,0 9,1 „Bilateral Relations“. High Commission of India in Kuala Lumpur, Malaysia. Qaraldi: 2017-yil 3-mart.
- ↑ Paul Gabriel. „Historic day as Malaysia and India ink pacts worth RM158.68bil“. The Star (2017-yil 4-aprel). Qaraldi: 2017-yil 4-aprel.
- ↑ „Home“. Malaysia India Business Council. Qaraldi: 2017-yil 12-dekabr.
- ↑ 12,0 12,1 „Cooperation in the Field of Education“. High Commission of India in Kuala Lumpur, Malaysia. Qaraldi: 2017-yil 3-mart.
- ↑ „Defence co-operation“. High Commission of India in Kuala Lumpur, Malaysia. Qaraldi: 2017-yil 3-mart.
Adabiyotlar
tahrir- Cœdès, George. The Indianized States of Southeast Asia, trans.Susan Brown Cowing Walter F. Vella: , University of Hawaii Press, 1968. ISBN 978-0-8248-0368-1.
- Lokesh, Chandra, & International Academy of Indian Culture. (2000). Society and culture of Southeast Asia: Continuities and changes. New Delhi: International Academy of Indian Culture and Aditya Prakashan.
- R. C. Majumdar, Study of Sanskrit in South-East Asia
- R. C. Majumdar, India and South-East Asia, I. S. P. Q. S. History and Archaeology Series Vol. 6, 1979, ISBN 81-7018-046-5.
- R. C. Majumdar, Suvarnadvipa, Ancient Indian Colonies in the Far East, Vol. II, Calcutta,
- R. C. Majumdar, Hindu Colonies in the Far East, Calcutta, 1944, ISBN 99910-0-001-1 Ancient Indian colonisation in South-East Asia.
- R. C. Majumdar, History of the Hindu Colonization and Hindu Culture in South-East Asia
- Daigorō Chihara. Hindu-Buddhist Architecture in Southeast Asia. BRILL, 1996. ISBN 90-04-10512-3.