Hindistondagi koʻprik qulashi — 2022-yil 30-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan 18:40 da Hindistonning Gujarot shtatidagi Morvi shahrida sodir boʻlgan fojia[3]. Ushbu baxtsiz hodisa natijasida 141 nafar[1][2][4] odam xalok boʻldi, 100 nafar odam bedarak yoʻqoldi. Baxtsiz hodisa sodir boʻlgan vaqtda koʻprikda 500 kishi boʻlgan[5].

Hindistondagi koʻprik qulashi
Asosiy
Mamlakat Hindiston
Joy Morbi, Gudjorot
Sana 30-oktabr 2022-yil
Vaqt 18:40 (UTC +5:30)
Talofatlar
Halok boʻlganlar 141 nafar[1][2]
Bedarak yoʻqolganlar 100
Xarita
Morbi, Gudjorot xaritada
Morbi, Gudjorot
Morbi, Gudjorot
Hindistondagi koʻprik qulashi Vikiomborda
Koʻprikning 2008-yildagi surati.
Koʻprikning oʻrta qismidan olingan surat. 2008-yil.

Tarixi tahrir

2022-yil 30-oktabr kuni Gujarat shtatining Morvi shahridagi Machchhu daryosi ustidan oʻtgan simli koʻprik qulashi oqibatida 141 kishi[1][2][4] halok boʻldi va bir necha kishi jarohatlandi[6]. Qulash vaqtida koʻprikda 500 ga yaqin odam boʻlgan, ularning salkam 350 nafari[7] yaqini suvga qulagan. Shu kuni Gujaratga kelgan Bosh vazir Narendra Modi favqulodda qutqaruv operatsiyalarini oʻtkazishni buyurdi. Yaradorlarni qutqarish uchun koʻplab mahalliy aholi vakillari ham bu ishga qoʻshildi. Bosh vazir Gujarat bosh vaziri Bhupendra Patel bilan ham gaplashdi va unga vaziyatni baholashni aytdi. Gujarat ichki ishlar vaziri Xarsh Sangavi halokat haqida xabar kelgan zahoti Gujaratga joʻnab ketdi[8].

Uzunligi 230 m boʻlgan Morvi sim koʻprigi 143-yil avval qurilgan tarixiy inshootdir. Qayta taʼmirlashdan soʻng[7], 26-oktabr kuni Gujarat Yangi yili munosabati bilan qayta ochilgan edi[8].

Jabrlanganlar tahrir

Falokat natijasida 141 nafar[1][2][4] kishi halok boʻlgan. Bosh vazirning Milliy yordam jamgʻarmasidan (PMNRF) baxtsiz hodisada halok boʻlgan har bir kishining oilasi uchun 2 million rupiy va har bir yarador uchun 50 ming rupiydan tovon puli toʻlanishi e’lon qilindi. Shtat hukumati halok boʻlganlarning har birining oilasiga 4 lak rupiydan va jarohatlanganlarning har biriga 50 ming rupiydan tovon toʻlaydi[8].

Sabablari tahrir

Deputat Moxan Kundariyaning bayonatiga koʻra, ushbu fojea sababi koʻprikning haddan tashqari katta ogʻirlikni koʻtara olmaganidir[9]. Oreva Group operatorining vakiliga asoslanib Indian Express gazetasining xabar berishicha, juda koʻplab odamlar ushbu koʻprikni tebrantirish maqsadida uning oʻrta qismida yi’gʻilishi fojiaga sabab boʻlgan[10].

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3   Halok bo'lganlar (RIAN)(rus.) Telegram mesenjerida
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Halok boʻlganlar (RIAN) Telegramdagi sahifasi
  3.   RIAN(rus.) Telegram mesenjerida
  4. 4,0 4,1 4,2 Vafot etganlar (RIAN) Telegramdagi sahifasi
  5. „Полтысячи человек рухнули в реку с мостом в Индии“ (ru). ren.tv. Qaraldi: 2022-yil 30-oktyabr.
  6.   India Today YouTubeda
  7. 7,0 7,1   RIAN(rus.) Telegram mesenjerida
  8. 8,0 8,1 8,2 „30 Dead In Gujarat Bridge Collapse, It Was Repaired Last Week“ (en). NDTV.com. Qaraldi: 2022-yil 30-oktyabr.
  9. „Recently renovated cable bridge collapses in Gujarat, several injured: Top developments | India News — Times of India“ (en). The Times of India (2022-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 30-oktyabr.
  10. „Gujarat: Suspension bridge collapses in Morbi, more than 60 dead“ (en). The Indian Express (2022-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 30-oktyabr.