Hisor sarpoyasi (lotincha: Cephalopodum hissaricum) — ziradoshlar oilasiga mansub koʻp yillik, gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga endemik tur sifatida kiritilgan. Surxondaryo viloyati, To‘polondaryo hududida uchraydi[1].

Hisor sarpoyasi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Gulli oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Oila: Ziradoshlar
Binar nomi
Cephalopodum hissaricum

Tavsifi

tahrir

Balandligi 30—50 sm gacha yetadigan, koʻp yillik, monokarp oʻsimlik. Oʻq ildiz tizimiga ega, ildizining koʻp qismi pulpa tashqi lub va ichki yadro ksilemadan iborat. Poyasing pastki 2—3 sm uzunlikdagi qismi barg bandining qoldiqlari bilan qoplangan, yuqori qismi shoxlangan. Barglari navbatma-navbat joylashgan, koʻkimtir, patsimon, boʻlaklarga boʻlingan, yaproq uchidagi boʻlaklari qalami—nashtarsimon shaklda, uzunligi 0,5-1,5 sm eni 0,1-0,2 sm. Odatda, barglari maydalanganda oʻtkir hid chiqaradi. Gullari kichik, asosan oq, kamdan-kam hollarda sariq yoki koʻk rangda odatda koʻzga tashlanmaydi, bir jinsli, gulkosachabarg deyarli sezilmaydi, gultojibargi beshta gulbargli, soyabon toʻpgulda joylashgan. Changchilari va urugʻchisi alohida gullarda yetiladi. Hashorotlar orqali changlanadi. Urugʻchibargning yuqori yuzasida tarkibida nektar boʻlgan disk mavjud. Soyabon 12—20 gulli, diametri 5—7 sm, oʻrama bargchalari yoʻq. Soyabonchalari yumaloq shaklda. Mevasi iyul oyida pishib yetiladi, urugʻlari yogʻli endospermga ega. Shamol va hayvonlarni moʻynasiga yopishish orqali tarqaladi. Urugʻidan koʻpayadi.

Tarqalishi va oʻsish joyi

tahrir

Tabiatda kam uchrovchi endemik tur. Surxondaryo viloyati Hisor tizmasining janubiy qismida, To‘polondaryo havzasida tarqalgan. Koʻproq togʻlarning oʻrta qismida, daraxt va butazorlar orasida, qoya yoriqlaridagi tuproqlarda oʻsadi. Madaniylashtirilmagan[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Cephalopodum hissaricum“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.