Hive (albancha: Zgjoi) – 2021-yilda Blerta Basholli rejissyorlik debyuti asnosida suratga olingan Kosovaning dramatik filmi. Filmda bosh rollarni Yllka Gashi, Çun Lajçi va Aurita Agushi ijro etgan[2]. Uning premyerasi 2021-yil 31-yanvar kuni Sundans kinofestivalida boʻlib oʻtgan. Butunjahon dramatik kino tanlovida uchta asosiy mukofot – hakamlar hay’atining bosh mukofoti, tomoshabinlar mukofoti va rejissyorlik mukofotini qoʻlga kiritgan birinchi film sifatida eʼtirof etilgan[3]. Film 94-Oskar mukofotining eng yaxshi xalqaro toʻliq metrajli filmi nominatsiyasida Kosova nomidan qatnashuvchi film sifatida tanlangan[4].

Hive
Fayl:Hive Sundance poster.jpeg
Sundance release poster
Rejissyor(lar) Blerta Basholli
Prodyuser(lar)
  • Yll Uka
  • Valon Bajgora
  • Agon Uka
Ssenariynavis(lar) Blerta Basholli
Rollarda
Bastakor(lar) Julien Painot
Kinematografiya Alex Bloom
Muharrir(lar)
  • Félix Sandri
  • Enis Saraçi
Studiya(lar)
  • Ikone Studio
  • Industria Film
  • AlbaSky Film
  • Alva Film
  • Black Cat Production
Distribyutor Zeitgeist Films
Kino Lorber (United States)
Chiqarilgan sanasi
  • 31-yanvar, 2021-yil(2021-01-31) (Sundance)[1]
  • 9-noyabr, 2021-yil(2021-11-09) (United States)
Davomiyligi 84 minutes
Mamlakatlar Kosovo
Switzerland
Albania
North Macedonia
Til Albanian

Tavsifi

tahrir

Film 1998–1999-yillardagi Kosovo urushi paytida turmush oʻrtogʻi bedarak yoʻqolganidan soʻng tadbirkor boʻlish haqidagi orzulari bilan misoginist jamiyatning qarashlariga qarshi chiqqan Fahriye ismli ayolning real voqeliklarga asoslangan hikoyasini tasvirlagan. U oʻzi tayyorlagan ayvar va asalni sotishni boshlaydi, bu jarayonga boshqa ayollarni ham jalb qiladi[5].

Fahriyening turmush oʻrtogʻi Kosovodagi urushda bedarak yoʻqolgan. Shu bilan birgalikda, uning oilasi moddiy jihatdan ham qiynalayotgan edi. Ularni moddiy jihatdan taʼminlash maqsadida, Fahriye kichik qishloq xoʻjaligi biznesini yoʻlga qoʻyadi, lekin u yashaydigan anʼanaviy patriarxal qishloqda uning ambitsiyalari, hamda oʻzini va boshqa ayollarning ahvolini yaxshilashga qaratilgan saʼy-harakatlari ijobiy natija bermaydi. U nafaqat oilasini saqlab qolish uchun, balki uni muvaffaqiyatsizlikka uchratishga urinayotgan raqiblariga ham qarshi kurashadi[6].

Aktyorlar

tahrir
  • Yllka Gashi Fahrije rolida
  • Çun Lajçi Haxi rolida
  • Aurita Agushi Zamira rolida
  • Kumrije Hoxha Nazmiye rolida
  • Adriana Matoshi Lume rolida
  • Molikë Maxhuni Emine rolida
  • Blerta Ismoiliy Edona rolida

Suratga olish

tahrir

Film Ikone Studio, Industria Film tomonidan ishlab chiqarilgan va AlbaSky Film, Alva Film va Black Cat Production bilan hamkorlikda keng ommaga taqdim etilgan.

Premyerasi

tahrir

Filmning jahon premyerasi 2021-yilgi Sundance kinofestivalida 2021-yil 31-yanvar sanasida Butunjahon dramatik kino tanlovi davomida boʻlib oʻtgan[7]. 2021-yil 8-sentyabrda Zeitgeist Films va Kino Lorber filmni AQShda tarqatish huquqini qoʻlga kiritgan va uni 2021-yil 5-noyabrda Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi kinoteatrlarda namoyish etishni boshlagan[8].

Qabul qilinishi

tahrir

Rotten Tomatoes koʻrib chiqish agregatori veb-saytida 75 nafar tanqidchilarning 100% sharhlari ijobiy, oʻrtacha reytingi 7,8/10 ni tashkil etgan. Veb-saytning konsensusida shunday deyilgan: „Yllka Gashining ajoyib faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan Hive filmida, tomoshabinlarni patriarxal jamiyatda oʻz taqdirini oʻzi belgilash uchun harakat qilgan bir ayolning faktlarga asoslangan izlanishi namoyish etiladi“.

Mukofotlanishi

tahrir
Mukofot Marosim sanasi Turkum Qabul qiluvchi(lar) Natija Ref.
Sundance film festivali 2021-yil 3-fevral Tomoshabinlar mukofoti: Jahon kinosi dramatik Blerta Basholli Gʻolib [9]
Jahon kinosi hakamlar hay’atining bosh mukofoti: Dramatik Gʻolib
Rejissyorlik mukofoti: Jahon kinosi dramatik Gʻolib

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „'Hive' Trailer: Sundance World Premiere Finds a Woman Defying the Patriarchy in Kosovo“ (en). IndieWire (2021-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  2. „Film and TV Projects Going Into Production - Hive“. Variety Insight. 2021-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-mart.
  3. Aftab. „Sundance announces its award winners“ (en). Cineuropa (2021-yil 2-mart). Qaraldi: 2021-yil 3-fevral.
  4. „"Hive" to be Kosovo's official submission for the Oscars 2022“. EuroNews Albania (2021-yil 8-sentyabr). 2022-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-sentyabr.
  5. „Review: Widowed and oppressed, the women of 'Hive' assert a gritty independence“ (en-US). Los Angeles Times (2021-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 31-yanvar.
  6. „Hive“ (en). Cineuropa. Qaraldi: 2022-yil 7-iyul.
  7. Debruge. „Sundance Film Festival Lineup Features 38 First-Time Directors, Including Rebecca Hall and Robin Wright“ (en). Variety (2020-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 3-yanvar.
  8. „Sundance Triple Winner 'Hive' Selected as Kosovo's International Oscar Entry“. Deadline (2021-yil 9-sentyabr).
  9. Sinha. „Here Are Your 2021 Sundance Film Festival Award Winners“. Vulture (2021-yil 3-fevral). Qaraldi: 2021-yil 4-fevral.

Havolalar

tahrir