Hoji Abdulaziz Abdurasulov uy-muzeyi

Hoji Abdulaziz Abdurasulov uy-muzeyi – Oʻzbekiston xalq hofizi Hoji Abdulaziz Abdurasulovning yashagan uyida ochilgan uy-muzey[1][2]. Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasining filiali[3]. XII xalqaro „Sharq taronalari“ festivali arafasida foydalanishga topshirilgan[4].

Hoji Abdulaziz Abdurasulov uy-muzeyi
Umumiy maʼlumot
Turi uy-muzey
Shahar Samarqand
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan 2019-yil may
Qurilishi tugagan 2019-yil avgust
Taʼmirlash narxi 1,5 milliard soʻm
Texnik holati
Qavatlar soni 1

Tarixi

tahrir

Oʻzbek musiqa sanʼatiga salmoqli hissa qoʻshgan Hoji Abdulaziz Abdurasulov Registon maydoni yaqinidagi uylardan birida istiqomat qilgan. Bu joyda, shogirdlariga musiqa sohasida tahsil bergan. Jumladan, Oʻzbekiston xalq artisti Yunus Rajabiy ham bir muddat sanʼatkordan musiqa ilmi boʻyicha uyda bilimlar olgan[5].

2019-yilda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov hamda bir guruh jamoatchilik vakillari hofizning uyiga borib, hokim tomonidan mas’ullarga uy-muzeyni tashkil etish boʻyicha topshiriq berilgan.

Qurilishi

tahrir

2019-yil may oyidan boshlab, uy-muzeyni tashkil etish ishlari boshlangan. Birinchi navbatda, uyni shaxsiy mulki oʻlaroq foydalangan hofizning qarindoshidan uy sotib olingan. Soʻng, uy kapital taʼmirdan chiqarilib, eksponatlar joylashtirilgan. Umumiy hisobda bu ishlar uchun 1,5 milliard soʻm miqdorda mablagʻ sarflangan[6].

Manzili

tahrir

Uy-muzey Samarqand shahrining „Koʻkmachit“ mahallasidagi Xoji Abdullaziz Abdurasulov koʻchasi 49-uyda joylashgan. Muzey faoliyatini har kuni 9:00 dan 17:00 gacha olib boradi[7].

Manbalar

tahrir