Howard Florey
FLORI (Florey) Xouard Uolter (1898. 24.9, Adelaida, Avstraliya — 1968.21.2, Oksford) — ingliz patologi; London qirollik jamiyati aʼzosi (1941), prezidenti (1960—65). Adelaida universitetini tugatgan (1921); Sheffild universiteti (1931 —34) va Oksford instituti (1935 —62) professor Oksford Qirollik kolleji rektori (1962—68). Ilmiy faoliyati kapillyar qon aylanishi patologiyasi, yalliglanish jarayonlari, limfotsitlar funksiyasi, lizotsim va antibiotiklarga oid. F. ilk bor penitsillinni odam va hayvonlarni davolashda qoʻllagan (1940). Nobel mukofoti laureati (1945, A. Fleming va E. Cheyn bilan hamkorliqda)[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |