Bosh menuni ochish
Hu Jintao

Xu szintao (1942.25.12, Anxoy provinsiyasining Szisi uyezdi) — Xitoy davlat arbobi. Xitoy KP aʼzosi (1964). Pekin universitetini tugatgan (1965). Gansu provinsiyasidagi GES qurilishida mehnat faoliyatini boshlagan. 1974 yildan Gansu provinsiyasida qurilish boʻyicha partiya qoʻmitasi kotibi, 1980 yildan partiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, 1982 yildan Gansu provinsiyasi kommunistik yoshlar ittifoqi qoʻmitasi kotibi, 1984 yildan 1-kotibi, 1985-yildan Guychjou provinsiyasi, 1988-yildan Tibet muxtor rayoni partiya qoʻmitasi kotibi. 1992 yil Xitoy KP MK Siyosiy byurosi doimiy qoʻmitasi va kotibiyat aʼzosi etib saylangan. Xitoy KP MK huzuridagi Partiya maktabi direktori (19932002), XXR Raisi oʻrinbosari (1998-2002), Xitoy KP MK Harbiy kengashi raisi oʻrinbosari, XXR Markaziy Harbiy kengashi raisi oʻrinbosari (19992002), raisi (2004-yildan). 2002-yil noyabrdan Xitoy KP MK Bosh kotibi. 2003-2013 yillarda Xitoy Xalq Respublikasi raisi]], ayni vaqtda 2004 yil sentabrdan Xitoy Qurolli kuchlari Bosh qoʻmondoni. Rasmiy tashrif bilan 2004 yil Oʻzbekistonda boʻlgan[1].

ManbalarTahrirlash