Hududgaztaʼminot
„Hududgaztaʼminot“ AJ (ruscha: AO „Xududgaztaʼminot“, inglizcha: JSC „Hududgaztaʼminot“) – isteʼmolchilarga tabiiy va suyultirilgan gazni respublika boʻylab uzluksiz ravishda yetkazib beruvchi korxona.
Turi | Aksiyadorlik jamiyati |
---|---|
Maqomi | Amalda |
Ishga tushgan sanasi | 9-iyul, 2019-yil |
Joylashuvi | Toshkent shahri, Muqimiy koʻchasi, 98-uy |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Direktori | Maʼrufxon Xoʻjayev |
Vebsayti | hududgaz.uz |
Til(lar)i | oʻzbek, rus |
2021-yil 13-yanvar holatiga koʻra, „Hududgaztaʼminot“ aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi 2,646 trillion soʻmni tashkil etadi.
2019-yil 22-oktyabr holatiga koʻra, „Hududgaztaʼminot“ AJda 835 ta transport vositasi mavjud. Bu transportlar eng chekka hududlarni ham suyultirilgan tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash imkonini beradi.
AJning boshqaruv raisi – Ma’rufxon Xo‘jayev[1].
Tarixi
tahrir2019-yil 9-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4388-sonli „Iqtisodiyot va aholini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlashni taʼminlash, neft-gaz sohasini moliyaviy sogʻlomlashtirish va boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ gi qarori bilan „Hududgaztaʼminot“ aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan[2]. 2019-yil 23-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining buyrugʻiga binoan Bahodir Eshmuratov „Hududgaztaʼminot“ AJning boshqaruvi raisi etib tayinlangan[3]. 2020-yil 9-iyuldan AJ tomonidan „Tabiiy gaz nazorati va hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi“ loyihasi doirasida „aqlli“ hisoblagichlarni oʻrnatish ishlari boshlanadi. 2020-yil 23-sentyabrga kelib korxona tomonidan respublikada 400 minginchi smart-gaz hisoblagich oʻrnatildi. 2020-yil 9-iyuldan tabiiy gaz uchun toʻlovlarni „Click“ toʻlov tizimi orqali qabul qilish yoʻlga qoʻyilgan.
2021-yil 15-dekabr kuni „Hududgaztaʼminot“ AJ va „Bank Apelsin“ AJ oʻrtasida isteʼmolchilar tomonidan tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanganlik uchun toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilishini yanada yaxshilash sohasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolangan[4].
2023-yil 26-aprel kuni esa „Hududgaztaʼminot“ AJ va „UzPaynet“ MCHJ oʻrtasida isteʼmolchilar tomonidan tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanganlik uchun toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilishini yanada yaxshilash sohasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolangan.
Vazifalari
tahrir- Respublika iqtisodiyoti va aholisini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror taʼminlash;
- Gaz tarmoqlarini rivojlantirishning qisqa muddatli va uzoq muddatli istiqbollarini hamda maqsadli dasturlarini ishlab chiqish;
- Tabiiy va suyultirilgan gazni ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balanslarini shakllantirishda qatnashish;
- Gaz taqsimlash tarmoqlarini zamonaviy asbob-uskunalar va ilgʻor texnologiyalar asosida, shu jumladan xorijiy investitsiyalar hisobiga, rekonstruksiya qilish, zamonaviylashtirish, texnika bilan qayta jihozlash va yanada rivojlantirish;
- Tabiiy va suyultirilgan gazni uzatishda texnologik yoʻqotishlarni (isroflarini) kamaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini tashkil etish;
- Gaz taqsimlash tarmoqlari obyektlarida ishlash va xizmat koʻrsatish uchun kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish marketingtadqiqotlarini tashkil etish;
- Xorijiy korxona va jamiyatlar bilan iqtisodiy, texnikaviy, texnologik va investitsion hamkorlikni har tomonlama kengaytirish;
- Respublika va dunyo bozori konʼyukturasini oʻrganish negizida gaz taqsimlash tarmoqlari ob’ektlarini modernizatsiyasiga va kengaytirilishiga investitsiyalarni jalb etish;
- Jamiyat faoliyatida va tizimdagi korxonalarda yangi texnologiyalarni va menejmentning ilgʻor usullarini joriy etish;
- Boshqaruv tizimiga va gaz taʼminoti boʻyicha xoʻjalik aloqalariga bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish;
- Gaz taqsimlash tarmoqlari quvvatlarning oʻzaro bogʻlangan va muvozanatlashtirilgan tarzda jamiyatning rivojlanishi dasturlarini ishlab chiqish.
Filiallari
tahrir- „Hududgaz Qoraqalpogʻiston“,
- „Hududgaz Andijon“,
- „Hududgaz Buxoro“,
- „Hududgaz Jizzax“,
- „Hududgaz Qashqadaryo“,
- „Hududgaz Navoiy“,
- „Hududgaz Namangan“,
- „Hududgaz Samarqand“,
- „Hududgaz Surxondaryo“,
- „Hududgaz Sirdaryo“,
- „Hududgaz Toshkent“,
- „Hududgaz Fargʻona“,
- „Hududgaz Xorazm“,
- „Hududgaz Poytaxt“.
Rahbariyat
tahrir- Xodjayev Marufxon Maqsudovich – AJ boshqaruv raisi;
- Saidvaliyev Abdusamat Nabiyevich – AJ boshqaruv raisining gaz sotish va innovatsiyalarni joriy etish boʻyicha (Chief Innovation Officer) birinchi oʻrinbosari;
- Turdiyev Toxir Jakparaliyevich – AJ boshqaruv raisining oʻrinbosari, bosh muhandis;
- Turdibayev Alisher Abduvasikovich – AJ boshqaruv raisining moliya va iqtisodiyot boʻyicha oʻrinbosari.
Manbalar
tahrir- ↑ „“Hududgazta’minot”ga yangi boshqaruv raisi tayinlandi“. Daryo.uz. Daryouz. Qaraldi: 6-iyul 2024-yil.
- ↑ „AHOLI VA IQTISODIYOTNI ENERGIYA RESURSLARI BILAN BARQAROR TA’MINLASH, NEFT-GAZ TARMOG‘INI MOLIYAVIY SOG‘LOMLASHTIRISH VA UNING BOSHQARUV TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 6-iyul 2024-yil.
- ↑ „Ulug‘bek Sayidov “O‘ztransgaz” rahbari etib tayinlandi. U so‘nggi 2,5 yil ichida beshinchisi“. Daryo.uz. Daryouz. Qaraldi: 6-iyul 2024-yil.
- ↑ „Bank Apelsin va “Hududgazta'minot” o‘rtasida memorandum imzolandi“. Gazeta.uz. «Gazeta News» MChJ. Qaraldi: 6-iyul 2024-yil.