Hulkar Abdullayeva (1983-yil Urganch, Xorazm viloyati, OʻzSSR, SSSR) – taniqli oʻzbek ashulachisi. Xorazm qoʻshiqlarining kuychisi. „Nihol“ mukofoti sovrindori (2006).

Hulkar Abdullayeva
Tavalludi 1983-yil
Janrlar
Kasbi
  • ashulachi
  • raqqosa
Faoliyat yillari 2000–hozirgacha
Fuqaroligi Oʻzbekiston Oʻzbekiston

Hulkar Abdullayeva 1983-yil Xorazmning Urganchida tugʻilgan. 1990–1998-yillarda Urganchning Mirzo Ulugʻbek nomidagi 19-sonli maktabida oʻqigan. Onasi uni kelajakda raqqosa boʻlishini istab, 1993-yili 10 yoshida Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubova boshchiligidagi „Meros“ ansambliga bergan. U ansambl qizlari bilan qator konsertlarda Xorazm raqslarini ijro etagan. 1998–2001-yillarda bank kollejida oʻqishini davom ettirgan. Bu davrda u ansambldagi mashgʻulotlarini ham toʻxtatib qoʻymagan. 2000-yilda kollej oʻquvchilari oʻrtasida boʻlib oʻtgan koʻrik–tanlovda raqs yoʻnalishi boʻyicha ishtirok etib, laureat boʻlgan. Bundan tashqari u Oʻzbekistonda oʻtkazilgan koʻplab koʻrik-tanlovlarda oʻzining qoʻshiqlari va raqslari bilan ishtirok etgan[1].

Xonanda 2006-yilda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasiga oʻqishga kirgan[1] va shu yili „Nihol“ mukofoti sovrindoriga aylangan. Uning sanʼatdagi faoliyatida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Rahmatjon Qurbonov, Oʻzbekiston xalq artistlari Kommuna Ismoilova, Gavhar Matyoqubova va Zamira Suyunovalar ustozlik qilishgan.

Hulkar Abdullayevaning 2 qizi va 1 ta oʻgʻli bor[2].

Manbalar

tahrir