Rahmatjon Qurbonov
Rahmatjon Qurbonov (1959-yil 20-sentyabr, Xiva tumani, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 2021-yil 17-yanvar, Xiva, Oʻzbekiston) — taniqli oʻzbek sanʼatkori, xorazmlik taniqli hofiz. Turli yillarda „Lazgi“ ansambliga (1987–1988), Urganch shahar 2-son bolalar musiqa va sanʼat maktabiga (2017–2019), Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati bo‘linmasiga (2019–2021) rahbarlik qilgan. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (1993), Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (2002) faxriy unvonlari hamda Mehnat shuhrati ordeni (2018) sohibi. Bir necha kitoblar, oʻquv qo‘llanmalari, risolalar muallifi[1][2][3].
Rahmatjon Qurbonov | |
---|---|
Tavalludi |
20-sentyabr 1959-yil |
Vafoti |
17-yanvar 2021-yil (61 yoshda) |
Janrlar | |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 1984–2021 |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Rahmatjon Qurbonov 1959-yil 20-sentyabrda Oʻzbekiston SSRning Xorazm viloyatida sanʼatkor oilasida tug‘ilgan. Uning tavallud joyi bir manbada Xiva tumani[4], boshqa manbalarda Xiva shahri[1][2][3] deb koʻrsatiladi. Mumtoz qoʻshiqlarni ijro etish uslublarini va oʻzbek cholgʻu asboblarini chalishni otasidan oʻrgangan. Xivadagi musiqa bilim yurti hamda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining vokal va maqom boʻlimida o‘qigan. Unga Nasim Hoshimov, Halima Nosirova, Saodat Qobulovalar ustozlik qilishgan[1][2][3]. Ijodiy faoliyati davomida qoraqalpoq, ozarboyjon, turkman, turk, tojik xalq qoʻshiqlarini ham kuylagan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Xorazmlik taniqli hofiz Rahmatjon Qurbonov 62 yoshida vafot etdi“. daryo.uz (2021-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 11-oktyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „O‘zbek san’ati og‘ir judolikka uchradi“. kun.uz (2021-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 11-oktyabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 „Taniqli hofiz Rahmatjon Qurbonov vafot etdi“. kun.uz (2021-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Rahmatjon Qurbonov yorqin xotirasi xorazmliklar qalbida abadiy yashaydi“. uza.uz (2021-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 11-oktyabr.