Xiva tumani
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Xiva tumani — Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Tuman shimol va shimoli-gʻarbdan Qoʻshkoʻpir tumani, shimoli-sharqdan Urganch va Xonqa tumanlari, sharqdan Yangiariq tumani, janub va janubi-gʻarbdan Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 0,47 ming km². Aholisi 174,5 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Xiva), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Gandimiyon, Dashyoq, Juryon, Irdimzon, Oqyop, Sayot, Chinobod, Shomoxulum, Eski Qiyot) bor. Markazi. — Xiva shahri
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Xorazm viloyati |
Maʼmuriy markazi | Xiva |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Maydoni | 0,47 ming km² km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Xaritada | |
41°23′0″N 60°22′0″E / 41.38333°N 60.36667°E |
Tabiati. Tuman hududi Amudaryo quyi oqimining chap sohilidagi tekislikda joylashgan, oʻrtacha bal. 97 m. Iqlimi keskin kontinental, yozi issiq va quruq. Yillik oʻrtacha tempratura 12, G. Oʻrtacha tempratura yanvarda —4,5°, iyulda 27,4°, eng past tempraturara —31°, eng yuqori tempratura 45°, 46°. Xiva tumani respublikaning yogʻin kam yogʻadigan tumanlaridan biri. Yillik yogʻin miqdori 100 mm. Vegetatsiya davri 200 kun. Tuproklari allyuvial, oʻtloqi, shoʻrxok, taqir va qumli choʻl tuproqlaridan tashkil topgan.
Yovvoyi oʻsimliklardan qizilmiya, shoʻra, olaboʻta, otquloq, qirqboʻgʻim, chirmovuq, isiriq, qamish, yulgʻun, semizoʻt, boʻritaroq, tol, jiyda, turangʻil, terak, yantoq, koʻkpechak, takasoqol, ajriq, zarpechak va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan quyon, tulki, chiyaboʻri; kushlardan sassiqpopishak, qoʻton, birqozon, moʻylovli chittak, zargʻaldoq, inuya, musicha, dehqonchumchuklar uchraydi. Sudraluvchilardan toshbaqa, kaltakesaklar (kulrang va taroq barmokli gekkon, yumaloq boshli kaltakesaklar) yashaydi; koʻllarda karp, olabugʻa, laqkabaliq, choʻrtanbaliq va boshqa bor. Yer osti suvlari yuza (0,8-1 m) joylashgan. Tuman hududida Shoʻrkoʻl, Qorakoʻl, Ravotkoʻl, Gʻovukkoʻl va boshqa koʻllar bor.
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda Polvonyop, Gʻozovot, Angariq, Sirchali, Pishkanik va boshqa kanal va ariqlar suvlaridan foydalaniladi. Qurilish materiallaridan kum, gil (loy) bor.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tatar, rus, qozoq, turkman va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 371 kishi. Shahar aholisi 51,2 ming kishi, qishloq aholisi 123,3 ming kishi (2004).
Xoʻjaligi. Tumandapaxtatozalash, sopol buyumlari, sut, gʻisht, avtomobil taʼmirlash zavodlari, gazkompressor styasi, 2 avtokorxona, „Xiva gilami“ aksiyadorlik jamiyati, non klasterlari, gilam toʻqish, tikuvchilik, parrandachilik fabrikalari, qurilish tashkilotlari va boshqa mavjud. Tumanda faoliyat koʻrsatayotgan 1563 korxonadan 95 tasi yirik, 18 tasi oʻrta, 106 tasi kichik korxona, 1344 tasi mikrofirmadir (2004). Uzbekistan—Latviya— Shveysariya „Kompleksimxiva“, Uzbekistan—Angliya „Xiva“, Oʻzbekiston—AQSH „Xiva malikasi“, Uzbekistan—Germaniya „Xiva—Karpet“ kabi qoʻshma korxonalar samarali ishlab kelmoqda. Tumanda va, ayniqsa, Xiva shahrida yogoch oʻymakorligi, mis oʻymakorligi, kulolchilik, zargarlik, gilamchilik, ganchkorlik, naqqoshlik, shuningdek, temirchilik, misgarlik, xarrotchilik, chugurmadoʻzlik, tunukachilik, tandirchilik, duradgorlik, etikdoʻzlik, tikuvchilik va boshqa hunarmandchilik sohalari qdsimdan rivojlangan. Xiva bozori viloyatdagi yirik bozorlardan hisoblanadi. Xiva tumanida 6 shirkat uyushmasi, 3 fermer xoʻjaligi uyushmasi, MTP va boshqa mavjud. Tuman qishloq xoʻjaligi, asosan, paxtachilikka ixtisoslashgan. Gʻallachilik, mevachilik, polizchilik, tokchilik, pillachilik ham rivojlangan. Jami yer maydoni 39 ming ga, shundan ekin maydonlari 17,1 ming ga. 7,7 ming ga maydonga paxta, 5,6 ming ga yerga don, 421 ga yerga kartoshka, 1,7 ming ga yerga sabzavot, 400 ga yerga poliz ekinlari ekiladi. Shuningdek, ozuqa ekinlari ham yetishtiriladi. Bogʻlar 755 ga, tokzorlar 26 ga, tutzorlar 275 ga, oʻrmonlar 7682 ga yerni egallaydi (2004).
Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 49,2 ming qoramol (shu jumladan, 21,2 mingga yaqin sigir), 22,1 mingdan ziyod qoʻy va echki, 240 mingdan ziyod parranda bokiladi (2004).
2003/04 oʻquv yilida tumandagi 57 umumiy taʼlim maktabida 42 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim oldi. Shu jumladan, 42 oʻrta, 10 toʻliqsiz oʻrta maktab, 2 gimnaziya, 2 litsey, prezident ijod va ixtisoslashgan maktab faoliyat koʻrsatadi. Xiva tumanida 2bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, bolalar musiqa maktablari bor. Xiva shahrida Xorazm Maʼmun akademiyasi, Qoraqum ilmiy tadqiqot stansiyasi, Xiva tarixiymeʼmorlik Ichan sala muzeyqoʻriqxonasi, madaniyat va istirohat bogʻi, viloyat qoʻgʻirchoq teatri, xalq teatri, shahar va tuman markaziy kutubxonalari va ularning filiallari, 31 klub, „Doston“ va boshqa folkloretnografik dastalar bor. Markaziy stadion, sport majmuasi, 68 futbol, 46 basketbol, 48 voleybol, 34 qoʻl toʻpi maydonlari, 43 sport zali, 4 tennis korti va boshqa sport inshootlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, 13 qishloq vrachlik punkti, 4 ta tibbiy dispanser, 3 feldsherlik sogʻlomlashtirish, 18 feldsherakusherlik punkti, 7 poliklinika, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalarda 469 vrach, 1150 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi.
Tuman hududi orqali Xiva—Toshkent, Xiva—Urganch, Xiva—Qoʻshkoʻpir, Xiva—Yangiariq, Xiva—Bogʻot, Xiva— Hazorasp va boshqa yoʻnalishlarda avtobus va marshrut taksilari qatnaydi. Xiva— Urganch yoʻnalishida trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.
Meʼmoriy yodgorliklardan Shohimardon, Shayx Mavlon bobo, Otajon toʻra meʼmoriy majmualari, Chodra hovli meʼmoriy obidasi, Ibrohim xoʻja madrasasi, Qubla Tozabogʻ saroyi va boshqa saqlanib qolgan.
1931-yil 7-noyabrdan „Xiva tongi“ tuman gazetasida nashr etiladi (adadi — 1500).
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |