Husaynxon qori Yahyoxon oʻgʻli (Husayn Buxoriy) 1981-yilda Andijon shahrida tavallud topgan.

Husayn Buxoriy
UstozHusaynBuxoriy
Instagram: https://www.instagram.com/husayn_buxoriy/
Telegram: https://t.me/husayn_buxoriy
YouTube: https://www.youtube.com/@husayn_buxoriy
Facebook: https://www.facebook.com/husaynbuxoriy
TikTok: https://www.tiktok.com/@husaynbuxoriy
UmmaLife: https://ummalife.com/Husayn_Buxoriy

Tahsil tahrir

Ilk diniy taʼlimni otasi Yahyoxon qoridan oʻrganib, 13 yoshida Qurʼoni Karimni toʻliq yod olgan. 2008-2012 yillarda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutida tahsil olgan. 2008-2015 yillar davomida fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlaridan taʼlim olib, bir necha ijozalar olgan. 2016-yili Toshkent davlat sharqshunoslik institutining tarix fakultetini bitirgan. Hozirda Misr Arab Respublikasida tahsil olmoqda.

Yutuqlari tahrir

2003-yili Eron Islom Respublikasida boʻlib oʻtgan xalqaro Qurʼon musobaqasida qatnashib, yurtimiz shaʼnini himoya qilgan. Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan oʻtkazilgan 20-Qurʼon musobaqasining Respublika bosqichida faxrli birinchi oʻrinni olgan.

Faoliyat tahrir

  • Shayx Muhammad Sodiq Muhammad yusuf boshchiligidagi «Oltin silsila»[1] hadislar toʻplami tahririyatining aʼzosi.
  • Islom.uz portalining ilmiy kengash aʼzosi.
  • Quran.uz saytining ilmiy rahbarlaridan biri.
  • Husaynxon qori akasi Hasanxon qori bilan hammualliflikda «Navoiydan chu topqaylar navoe»[1] kitobini nashrga tayyorlagan.
  • Husaynxon qori koʻp yillar yurtimiz masjidlarida taroveh namozlarida Qurʼoni Karimni xatm qilgan.
  1. „«Oltin silsila – Sahihul Buxoriy» toʻliq toʻplami (8 juz)“.