Husayn ibn Abu Shahob Xarqoniy
Husayn ibn Abu Shahob Xarqoniy (1054-1130) – faqih.
Husayn ibn Abu Shahob Xarqoniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih |
Husayn ibn Abu Shahob ibn Ahmad ibn Hamza ibn Husayn ibn Qosim ibn Hamza ibn Hasan ibn Ali ibn Ubaydulloh ibn Hasan ibn Ubaydulloh ibn Abbos ibn Ali ibn Abu Tolib Alaviy Xarqoniy hijriy 446/milodiy1054-yili Ustrushananing Xarqona qishlogʻida tavallud topgan. Asli xalifa Ali ibn Abi Tolib (k.v.) avlodlaridandir. Dastlabki ilmlarni oʻz qishlogʻi Xarqonada olib, keyinchalik ilm-maʼrifat talabi bilan Samarqandga boradi va shu yerda muqim yashab qoladi. Uning amakisi mashhur hanafiy faqihlaridan biri, zamonasida imomlar sayyidi nomiga musharraf boʻlgan Abu Shujo Muhammad ibn Ahmad ibn Hamza ibn Husayn edi. Husayn ibn Abu Shahob Xarqoniy hadislarni Abulqosim Mahmud ibn Ahmad Zahriydan rivoyat qilgan. Undan hadislarni Najmuddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy rivoyat qilgan. Husayn ibn Abu Shahob Xarqoniy 76 yoshida 524/1130-yili Samarqand shahrida vafot etgan.
Adabiyotlar
tahrirManbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |