Huxi masjidi (simplified Chinese: 沪西清真寺; traditional Chinese: 滬西清真寺; pinyin: Hùxī Qīngzhēnsì) – Xitoyning Shanxay shahri Putuo tumanidagi masjid.

Masjid
Huxi masjidi
沪西清真寺
Joylashuvi 31°14′33.7″N 121°26′04.7″E / 31.242694°N 121.434639°E / 31.242694; 121.434639
Manzil No. 3, Lane 1328, Changde yoʻli, Putuo, Shanxay, Xitoy
Binokorlik 1914—1922 (ilk qurilishi)
1994 (hozirgi qurilishi)
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Minoralar balandligi 25 meters

Tarixi

tahrir

Masjid dastlab 1914–1921-yillarda Xikang yoʻlida qurilgan va 1922-yilda Yaoshuinong masjidi nomi bilan qurib bitkazilgan[manba kerak]. 1935-yilda masjid taʼmirlandi va 200 namozxonni sigʻdira oladigan qilib kengaytirildi. Masjid faoliyatini 1979-yilda tiklagan. 1994-yil aprel oyida masjid Changde yoʻliga koʻchirildi[1][2].

Arxitekturasi

tahrir
 
Huxi masjidi namozxonasi

Masjid 1667 m2 maydonni egallaydi. Masjid ikki qavatli namoz zalidan iborat[3]. Qoʻsh arkli va yelpigʻichsimon tom bilan qurilgan. Unda oʻquv xonasi, imom xonasi, mehmonxona va hammom ham mavjud. Bundan tashqari, qassob doʻkoni va savdo joyi mavjud. Masjid balandligi 25 metrli bitta minora va 6 gumbazdan iborat[4][5].

Transporti

tahrir

Masjidga Shanxay metrosining Changshou yoʻl stantsiyasidan shimoli-gʻarb tomon piyoda borish mumkin.

Manbalar

tahrir
  1. „Huxi Mosque“. SmartShanghai. Qaraldi: 2021-yil 4-iyul.
  2. „Huxi Mosque in Shanghai - China“. Beautiful Mosque. 2019-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-avgust.
  3. „Top Muslim Mosques in Shanghai“. Top China Travel. Qaraldi: 2021-yil 3-noyabr.
  4. „Shanghai Huxi Mosque“. Muslim2China. 2019-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-yanvar.
  5. „Traveling ke Shanghai? Yuk Mampir Sholat ke 5 Masjid Megah Ini“ (id). Dream Muslim Lifestyle. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.