Li Ji Eun (koreyscha: 이지은 ; inglizcha: Lee Ji-Eun ;1993-yil 16-may tugilgan), IU taxallusi bilan yaxshi tanilgan (koreyscha: 아이유IU) — janubiy koreyalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, model va aktrisa. 2007-yilda LOEN Entertainment bilan shartnoma tuzgan va musiqiy karyerasini 15 yoshida „Lost and Found“ debyut albomi bilan boshlagan. IUning keyin chop etilgan „Growing Up“ va „IU…IM“ albomlari juda katta muvaffaqiyat qozondi. „Real“ albomining asosiy singli boʻlmish „Good Day“ („Yaxshi kun“) ashulasi unga yanada koʻproq shon-shuhrat keltirdi.

IU (아이유, Айю)
Umumiy maʼlumot
Tavalludi

Li Chji In

(이지은)
16-may 1993[1]
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi

qo'shiqchi, aktrisa, TV boshlovchi,model

qo'shiq muallifi
Janr K-pop, ballada
Faoliyat yillari 2008 yil — hozirgi kun
Veb-sayt Rasmiy sayt

2011-yilgi „Real“ va „Last Fantasy“ albomlarining muvaffaqiyati bilan IU oʻz vatanidagi musiqiy xit-paradlarda yuqori pogʻonalarni egalladi. Xonanda Koreyaning „kichik singlisi“ sifatida tanildi[2][3]. IUning uchinchi toʻliq metrajli „Modern Times“ albomi (2013) uslubi yanada yetuklashganini, xonanda oʻrnashib qolgan yosh qizaloq imidjidan uzoqlashganini koʻrsatdi. Bir nechta treklari Gaon Digital Chart[2] xit-paradining eng yuqori 10 pogʻonasini egalladi. Uning keyingi asarlari, jumladan, „A Flower Bookmark“, „Chat-Shire“ va „Palitra“ albomlari K-popning asosiy uslubidan chetlanishda davom etgan boʻlsa-da, IU musiqa chartlaridagi ustunligini saqlab qoldi. U ilk bora oʻzining „Chat-Shire“[4][5] albomi uchun soʻz muallifi va prodyuser sifatida mahoratlarini namoyish etdi.

IU toʻrtta studiyaviy albom va toʻqqizta mini albomlarini chiqardi, Gaon musiqiy chartlarida uchta albom va yigirmata singli bilan birinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritdi. Oʻgʻil bolalar guruhlari va qizlar guruhlarida hukmronlik qiluvchi K-pop yunalishida eng koʻp sotilgan yakkaxon ijrochilardan biri sifatida[6] u 2012-yilda „Forbes“ jurnalining yillik mashhurlar roʻyxatiga kiritilgan. Billboard IUni Koreya K-Pop Hot 100 chartining eng mashhur qoʻshiqlari va koʻp haftalar davomida birinchi oʻrinni egallagan sanʼatkori sifatida tan oldi. „Gallup Korea“ tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, u 2017-yilda mamlakatdagi eng mashhur, eng koʻp eshitiladigan sanʼatkor boʻlgan[7] .

IU musiqiy karyerasidan tashqari, radio va telekoʻrsatuvlarga boshlovchilik qilgan, shuningdek, doramalarda rol oʻynagan. „Dream High“ o‘smirlar doramasidagi ikkinchi darajali roli va bir nechta teleseriallardagi kichik rollardan so‘ng, IU „You’re the best Li Sun Si“ filmida, bundan tashqari, „Krasavchik“, „Prodyuser“, „Moon Lovers: Scarlet Heart Ryeo“, „May Ajussi“, „Persona“ va „Otel del Luna“ doramalarida bosh rollarnii o‘ynadi. „Moon Lovers: Scarlet Heart Ryeo]]“ doramasi unga aktyorlik sohasida katta muvaffaqiyat keltirdi. IU hozirda eng mashhur koreys aktrisalaridan biri boʻlib „Xallyu maʼbuda“ taxallusiga ega.

Biografiya tahrir

Yoshlik tahrir

Li Ji Yun 1993-yil 16-mayda Koreya Respublikasining Kyonnggido shahrida tug‘ilgan[8] . U yoshligidanoq koʻngilochar sanat sohalarida ijod qilishni orzu qilgan.Hatto aktyorlik darslariga qatnasha boshlagan[9]. Ammo boshlangʻich maktabni tugatgandan soʻng koʻp oʻtmay, qizning oilasida moliyaviy ahvoli keskin yomonlashdi va u Kyongi provintsiyasining Uyjeongbu shahriga koʻchib oʻtishga majbur boʻldi. Bir yil davomida Ji Eun va uning ukasi ota-onasidan alohida kichik xonada buvisi va amakivachchalari bilan yashashdi.

Ji Eun oʻrta maktabda oʻqib yurganida qoʻshiq aytish qobiliyati borligini sezadi. Maktab qoʻshiq tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etganidan soʻng, qiz professional faoliyatini boshlashni xohladi[10][11]. Uziga moz musiqa yunalaishiini izlash jarayonida u yigirmadan ortiq tinglovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi hamda isteʼdodlar soxta agentligiga duch keldi[12]. 2007-yilda LOEN Entertainmentga qoʻshilishdan oldin Ji Eun boshqa boʻlajak ayol qoʻshiqchilar Yui, Yubin, Xo Ga Yon va Jung Xye Sung[13] bilan birga Good Entertainmentda mashgʻulotlarda qatnashgan. LOEN bilan shartnoma imzolaganidan soʻng, u koʻp yillik mashgʻulotlarga va qizlar guruhining aʼzosi sifatida debyut qilishga ruhan tayyorlanadi, ammo oʻn oydan soʻng isteʼdodli qiz oʻzining yakkaxon debyutini amalga oshirishga muvaffaq boʻldi. Li Ji Eunga " Men va Sen " (Men va Sen) iborasidan kelib chiqqan " IU " sahna nomi berildi, bu " musiqa orqali odamlarni birlashtiruvchi kuch " ramzidir[11][14].

Musiqiy karyeraning boshlanishi qizning maktabga borishiga va baholariga taʼsir qildi[15]. 2011-yilda Dongduk Qizlar oʻrta maktabini tamomlagandan soʻng, IU oʻqishni davom ettirmaslikka, aksincha, qoʻshiqchilik faoliyatiga koʻproq eʼtibor qaratishga qaror qildi[16] .

2008-2009: Karyera boshlanishi tahrir

 
IU 2009 yil 29 oktyabrda „Boo“ qoʻshigʻini ijro etadi.

2008-yil 18-sentyabrda IU M!Countdown musiqiy shousida „Lost Child“ (uzb."Yoʻqolgan bola") singli bilan sahnada debyut qildi. Keyinchalik ushbu"Lost Child" qoʻshigi Lost and Found mini albomiga kiritilgan. Mini-albom 24-sentyabrda chiqdi va 2008-yil noyabr oyida Madaniyat, sport va turizm vazirligi tomonidan „Oyning eng yaxshi yangiligi“ mukofotiga sazovor bo‘ldi. Biroq, reliz tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli boʻlmadi. Keyinchalik IU intervyuda tan olganidek, " Birinchi albomim muvaffaqiyatsizlikka uchradi, lekin men buning uchun minnatdorman. Agar debyutimdan soʻng darhol muvaffaqiyatga erishganimda, hozir atrofimda shunday ajoyib insonlarni uchratmagan. bugungi mashhurlikning taʼmini sezmagan boʻlardim.

2009-yil 23-aprelda qoʻshiqchi „Boo“ nomli birinchi toʻliq metrajli " Growing Up „ albomini taqdim etdi. Taqdimot ertasi kuni KBS2 Music Bank musiqa shousida aynan shu qusiqni ijro etish bilan boshlandi. “Boo" qoʻshigʻi „kuchli“ va „qorongʻu“ "Lost Child" ballada kompozitsiyasining mutlaqo teskari tomonini aks etdi . Raqs xoreografiyasidan tortib, sahna liboslari va soch turmagigacha-hamma narsa xonandaning „strategik“ oʻzgarishlarni boshdan kechirgani, yoshligi va goʻzalligini koʻrsatdi. Tomoshabinlarning ijobiy javobiga qaramay, oʻn besh yoshli qiz keyinchalik yangi obrazda oʻzini juda noqulay his qilganini aytdi.

2009-yil oxirida IU oʻzining ikkinchi mini albomi IU…IMni chiqardi. Xonanda 13-noyabr kuni konstertini „Marshmallow“asosiy treki bilan boshladi. „Marshmallow“ 1960-yillarning rok-n-rolli va French Pop aralashmasi boʻlgan „shakar“ qoʻshigʻi deb ataladi. 2013-yilda qiz „Birgalikda bahtly / Happy Together“ koʻngilochar dasturining epizodlaridan birida paydo boʻldi, u erda oʻtgan yillardagi chiqishlarini tasvirlab, qizlarning sahna kiyimlari va zamonaviy soch turmagidan nafratlanishini tan oldi.

2009-yilda chiqarilgan albomlarga IU qoʻshimcha ravishda MBC kanali teleseriallari „Love Strike“ va „Queen Seondeok“ uchun ikkita saundtrek yozdi. Bundan tashqari, u Mighty Mouth va Three Views kabi xonandalarning albomlarini yozishda ishtirok etdi. Uning mashhurligi oshgani sayin, xonanda koʻproq estrada shoulariga taklif qilina boshladi, ular orasida „Oltin qoʻngʻiroq yulduzi“, „Kim Chen Inning shokoladi“ va „Yo Xi Yeolning eskizlari“ bor edi. Mashhur Girls' Generation — „Gee“, Super Junior — „Sorry, Sorry“ va Big Bang — „Lies“ qoʻshiqlarining akustik coverlarini ijro etgani muxlislar sonining yanada oʻsishiga yordam berdi. 2009-yil oxirida IU Gom TV-da haftalik musiqiy shousida oʻzini birinchi televizion boshqaruvchi sifatida namoyon qildi.

2010-2011: Mashhurlikning ortishi va aktyorlik debyuti tahrir

2010-yil 3-iyunda IU Im Seulong bilan birgalikda ijro etgan „Nagging“ kompozitsiyani muxlislari eʼtiboriga taqdim etdi. Gaon Digital Chart-da oʻn ikkinchi oʻrinda debyut qilgan qoshiq bir hafta oʻtib chartda birinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi. „Naggin“ pop balladasi qoʻshiq muallifi Kim Eana va bastakor Li Min Seo tomonidan yaratilgan boʻlib keyinchalik We Got Married realiti-shousining ikkinchi mavsumi uchun saundtrek sifatida taqdim etilgan. Ushbu kompozitsiya Inkigayo va Music Bank musiqiy shoularida gʻolib boʻlib, katta shuhrat qozondi.

Muvaffaqiyatli duetdan koʻp oʻtmay, IU „Trassa № 1“ tarixiy dramasi uchun „Because I’m a Woman“(„Chunki men ayolman“) saundtrekini chiqardi.Keyinchalik Song Si Kyungning-"The First" albomiga kiritilgan „Itʼs You“ qoʻshigʻini yozishda ishtirok etdi.

Uchinchi " Real " mini-albomi muxlislar eʼtiboriga 2010-yil 9-dekabrda havola qilindi. Jo Yeong Cheol va Choi Gap tomonidan ishlab chiqarilgan Von Real Gaon chartida toʻrtinchi oʻrindan debyut qildi. „Good Day“ nomli trek ham Kim Eana va Li Min Su tomonidan yozilgan boʻlib, ular keyinchalik IU albomlarini ishlab chiqarishda bir necha marta mualliflik qilishgan.

Uz muxlislariga yanada yaqinroq boʻlish uchun qoʻshiqchi "Heroes" (Ingl."Qahramonlar") estrada shousining doimiy ishtirokchilaridan biriga aylandi .Bu shou 2010-yil 18-iyulidan 2011-yil 1-maygacha efirga uzatilgan. Shu bilan birga, IU "Dream High" dramasida rol oʻynash uchun sinovdan ham oʻtgan. Bu serial 2010-yil dekabridan 2011-yil fevral oyigacha suratga olingan. Xonanda shuningdek, serialning saundtrekiga aylangan „Someday“ singlini ham yaratdi.

2011-yil 16-fevralda qiz Real-Real+ albomiga qoʻshimcha qilib uchta yangi qoʻshiqni oʻz ichiga olgan albom taqdim etdi.Undagi „Only I Didnʼt Know“ asosiy trek boʻlib Yoon Sang va Kim Eana tomonidan yozilgan. IUning oʻzi " qorongʻi ", " qaygʻuli " va " nostalgik „ deb taʼriflagan ballada xonandaning oldingi ishlariiga oʻxshab uning shaxsiy musiqiy didiga juda mos edi.“Only I Didnʼt Know" („ Faqat men bilmasdim“) qoʻshigʻi tijoriy muvaffaqiyatga erishdi va chop etilgan kunidanoq Gaon Chartda birinchi oʻrinni egalladi.

 
Disney Channeldagi IU va Disney Junior Janubiy Koreyada 2011 yil 29 iyunda ishga tushirildi .

2011-yil 10-martda qiz britaniyalik qoʻshiqchi Korin Beyli Reyning Seuldadi birinchi yakkaxon kontsertining ochilish marosimida ishtirok etdi. IU uchun oʻrnak boʻlgan Beyli :" Bunchalik yosh boʻlishiga qaramay, IUning ovozi juda joʻshqin eshitilishiga aql bovar qilmaydi " dedi. 2011-yil martidan 2013-yil iyuligacha xonanda " Inkigayo " musiqiy dasturining boshlovchisi boʻlgan. Li Jun va No Min Vu bilan birga xonanda K.Willning My Heart Beating mini albomi uchun ikkita klipida suratga tushgan. 2011-yil may oyida IU oʻzining birinchi mualliflik „Hold My Hand“ qoʻshigʻini yozdi, bu keyinchalik „Eng buyuk sevgi“ doramasi uchun saundtrekka aylandi. Bu kompozitsiya nafaqat oʻzi uchun, balki drama prodyuserlarining iltimosiga binoan yaratilgan birinchi urinishi boʻlganligi sababli, IUdan qoʻshiqni serial uslubiga moslashtirish uchun ancha harakat talab qildi.

2011-yilning may-iyul oylari orasida u Kiss and Cry shousida konkida uchadigan yulduzli ishtirokchisi sifatida namoyon boʻldi. Bunga parallel ravishda, IU „ Oʻlmas qoʻshiqlar: Afsonani kuylash“ koʻrsatuvida paydo boʻldi, lekin uning bandligi tufayli u bir epizodni yozib olgandan keyin shouni tark etdi. Intervyulardan birida qiz qoʻshiq aytish, aktyorlik qilish va koʻngilochar mashgʻulotlar bir xil darajada qiyin ekanligini, ammo shoularda qatnashish uni eng koʻp charchatishini tan oldi.

Ikkinchi toʻliq metrajli "Last Fantasy " albomi 2011-yil 29-noyabrda ikkita versiyada — muntazam va maxsus hikoyalar kitobi shaklida chiqarilgan. Korea JoongAng Daily Last Fantasy albomini har qanday musiqiy diddagi tinglovchilar uchun mos albom deb taʼrifladi. Billboard albomning ohangi ningb irinchi „Secret“ trekidayoq „ kino hissiyotlarini“ uygotisini taʼkidladi, Chop etish prodyuseri Jo Yeong Cheol boʻlib, u bilan IU avvalroq chiqarilgan Real albomida ham birga ishlagan. Last Fantasyga Yoon Sang, Li Juk va Ra.D bilan yozilgan treklar kiritilgan. „You and I“ („Sen va men“) boshlangʻich treki 2012-yilning eng koʻp sotilgan singli boʻldi. Last Fantasy chiqishidan avvalroq , IU o‘z ijodkorligini Yaponiyada targ‘ib qilish uchun EMI Music Japan (hozirda Universal Music Japan tarkibiga kiruvchi) bilan shartnoma imzoladi. 2011-yil 14-dekabrda xonanda oʻzining birinchi yaponcha mini-albomi I□Uni chiqardi.

2012: Yaponiya debyuti va birinchi yakkaxon konsert gastroli tahrir

 
IU 2012-yil 3-iyul kuni Expo Pop festivalida chiqish qiladi.

"Last Fantasy " ning Koreyadagi promo-moyishlari tugash arafasida, IU Yaponiyadagi debyutiga tayyorgarlikni boshladi. 2012-yilning 24-yanvarida Tokioning Shibuya shahridagi Bunkamura Orchard Hall sahnasida u 4000 nafar muxlislar oldida kontsert bergan. U jonli orkestr va oʻzining akustik gitara joʻrligida „Lost Child“ (Yoʻqolgan bola) debyut treki va „Good Day“ („Yaxshi kun“) ning yaponcha versiyasini oʻz ichiga olgan oltita qoʻshiqni ijro etdi. Kontsertdan soʻng ikkita „Good Day“ (Yaxshi kun) va „You and I“ (Sen va men) singllari birdaniga qayta nashr etildi, soʻzlarni yapon tiliga tarjima qilish uchun bir oz oʻzgartirishga tugri keldi. Qoshiqlarining yapon nashrlarini qoʻllab-quvvatlash uchun IU Yaponiyaning beshta shahrida: Tokio, Sapporo, Nagoya, Osaka va Fukuokada "IU Friendship Showcase — Spring 2012" deb nomlangan bir qator mini-kontsertlar oʻtkazdi.

2012-yil 2-iyunda xonandaning „Real Fantasy“ birinchi yakkaxon kontsert turi boshlandi. Qiz Janubiy Koreyaning olti shahrida kontsert berdi.Gastrolni Seuldagi ikkita shou bilan boshladi, soʻngra Ulsan, Chonju, Suvon, Pusan va Teguga tashrif buyurdi. 23-sentabr kuni IU Seulga ikkita yakuniy konsert bilan qaytib keldi. Turnening taklif etilgan mehmonlari Ra.D, Im Seulong va Li Seung Gi edi. Konsert gastrollariga tayyorgarlik koʻrilgani sababli, qoʻshiqchi 2012-yil 11-mayda chiqarilgan „Spring of a Twenty Year Old“ ("Yigirma yoshli bahor") nomli beshinchi mini-albomining faol reklamasidan voz kechadi. Muallifi IU boʻlgan „Peach“ („Shaftoli“) trekini ichiga olgan albomning chiqarilishi qizning yigirma yilligini nishonlashga toʻgʻri keldi. Albom uchun 4-5 daqiqalik klip o‘rniga xonanda Venetsiyada va Buranoda suratga olingan 26 daqiqalik hujjatli filmni joylashtirdi.

2012-yil 17-sentabrda IU „IU Friendship Special Concert — Autumn 2012“ nomli yangi konsert dasturi bilan Yaponiyaga qaytdi. Ushbu anjumanga taklif etilgan mehmon „Sunny Hill“ guruhi edi. 2012-yil 29-dekabrda qoʻshiqchi yillik SBS musiqiy shousi Gayo Daejeon da boshlovchisi sifatida paydo boʻldi. Uni Syuzi va aktyor Jung Kyu Vun bilan hamkorlikda olib bordi.

2013: Aktyorlik va zamonaviy vaqtlar tahrir

 
IU 2013-yil 1-dekabrda Pusandagi Modern Times kontsertida.

2013-yil IU uchun „Li Soon Shin is the Best“ teleserialidagi asosiy ayol rolini qulga kiritish bilan boshlandi (Ingliz - "Siz eng zoʻrsiz, Li Soon Shin!"). 50 qismli oilaviy drama KBS2 telekanalida 9-martdan 25-avgustgacha namoyish etildi. Qoʻshiqchining suratga olish maydonchasidagi sherigi aktyor Jo Jung Suk (Jo Jung Suk) boʻlib, keyinchalik u bilan birgalikda „Beautiful Song“ („Goʻzal qoʻshiq“ saundtreki yozishgan. Shu bilan birga, IU oʻzining ikkinchi qayta chiqarilgan koreyschamas, asl yaponcha qoʻshiqlardan iborat Can You Hear Me?yaponcha mini albomini chiqardi, Keyingi yaponcha qoshiq 11-sentyabrda chiqarilgan „Monday Aftermoon“ edi.

2013-yil 8-oktyabrda IU oʻzining uchinchi toʻliq metrajli " Modern Times " albomi bilan Koreya sahnasiga qaytdi. Qoshiq "yoshlar K-popining kelib chiqishidan oldinga katta qadam " boʻldi va qoʻshiqchining oldingi ishiga qaraganda "yanadaʼ etuk va murakkab uslubni " namoyish etdi. Albomga kiritilgan oʻn uchta trekdan ikkita kompozitsiyani xonandaning uzi yaratib hissasini qoshgan. Bu qoʻshiqlarning uslubi svingadan jazzgacha, bosanova, lotin estradasi va folklor janrlarigacha uz ichiga olgan edi.

Modern Times“ promo-aksiyalarining ikkinchi haftasida IU "Beautiful Man" („Ajoyib odam“) romantik komediyasida bosh ayol roliga tayinlandi. Serial 2013-yil 20-noyabridan 2014-yil 9-yanvarigacha KBS2 telekanalida namoyish etildi. " Modern Times " reklamalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida xonanda uchta yakkaxon konsert berdi: 23-va 24-noyabr kunlari Seuldagi Kyung Xi universitetining University’s Peace Hall (Tinchlik zalida) va 1-dekabr kuni Pusandagi KBS zalida .Bundan tashqari 2014-yilda IU Modern Timesni Gonkongdagi koʻrgazmada taqdim etdi.

2013-yil 20-dekabrda Modern Times — Modern Times — Epilogning qayta ishlab chiqilgan, jumladan ikkita qoʻshimcha trek „Friday“ va „Pastel Crayon“ versiyasi dunyoga keldi. Dastlab, IU oʻzi yaratgan „ Friday“ kompozitsiyasini Modern Times ga kiritilishi kerak edi, ammo keyinchalik uni albomning qayta nashr etilgan versiyasining sarlavhali treki sifatida chiqarishga qaror qilindi.

2014: Gul belgisi tahrir

 
IU Melon Music Awards marosimida

2014-yil 16-mayda IU oʻzining oltinchi mini albomi „A Flower Bookmark“ni chiqardi, bu birinchi rasmiy kaver albomi edi. U 1980-1990-yillar qoʻshiqlari asosida yaratilgan yettita kompozitsiyani oʻz ichiga olgan boʻlib, musiqiy janrlar: ballada, raqs musiqasi, folklor va rok aralashmasidan iborat edi. Reliz IU ning xuddi ilgarigi chiqarilgan koʻplab kaverlaridek tinglovchilarning ijobiy fikr-mulohazalarini qoʻlga kiritdi.

22-maydan 1-iyungacha Sogang universitetys Mary Hall da xonanda cheklangan miqdordagi muhlislair uchun bir qator mini-konsertlar uyushtirdi. Bu konsertlarda IU birinchi marta klaviaturada oʻynadi va yangi aranjirovka bilan A Flower Bookmark qoʻshiqlarini taqdim etdi. Taklif etilgan Mehmonlar :Kim Jong Xyun, Jung Yong Xva, Xvan Kvangi, Kim Bum Su, Im Seu Long, Jo Jong Suk, Ha Dong Kyung va Akdong Musician guruhi edi. Tadbirlardan tushgan barcha mablag‘ni xonanda „Sevol“ paromidagi fojia paytida jabrlanganlarga yordam berish jamg‘armasiga o‘tkazdi. Yakkaxon konsertlarini oʻtkazganidan ikki oy oʻtgach, IU 9-10-avgust kunlari Los-Anjelesdagi KCON musiqa festivalida AQShda debyut qildi. Xonanda festivalning birinchi kunida kuylagan yagona qiz ishtirokchi edi. U „The Red Shoes“, „ You and I“, " Friday " va „ You Know“ qoʻshiqlarini ijro etdi. Billboard nashriga bergan intervyusida IU shunday deb tan oldi: " Xalqaro shoularda ishtirok etganimda doim hayajonlanaman… Menimcha, AQShga kelgusi tashrifim uchun ingliz tilini oʻrganish vaqti keldi. Muxlislar bilan muloqot qila olmaslik juda tushkunlikka tushradi… "

2014-yil davomida qoʻshiqchi boshqa sanʼatkorlar bilan hamkorlikda bir vaqtning oʻzida bir nechta kompozitsiyalarni yozishga muvaffaq boʻldi. Ular orasida: „Not Spring, Love, or Cherry Blossoms“ — High4 guruhining debyut singli; „Anxious Heart“ — 2012-yilda Ulala Session bilan yozilgan, biroq guruhning vafot etgan asosiy vokalchisiga hurmat sifatida bir yildan soʻng chiqarilgan; „Sing for Me“ — „God“ guruhining sakkizinchi toʻliq metrajli albomidan qoʻshiq; „Sogyeokdong“ — Seo Taiji oʻzining „Quiet Night“ albomi uchun bastalagan va 2-oktyabr kuni IU tomonidan ijro etilgan qoʻshiq; „When Would It Be“ — hamkasbi Yoon Hyun Sang bilan birga Pianoforte debyut albomi uchun yozilgan treklar bor edi.

2015-2016: Prodyuserlar, Infinite Challenge va Chat-Shire tahrir

 
IU 2015-yil 29-noyabr kuni Chat-Shire kontsertida.

2015-yilda IU aktyorlar Kim Su Xyun, Cha Tae Xyun va Gong Xyo Jin bilan birgalikda Janubiy Koreyada eng kutilgan dramalardan biri maqomini qo‘lga kiritgan yangi „Prodyuser“ dramasi aktyorlar tarkibiga qo‘shildi. Suratga olish jarayonida uning qahramoni ikkita „Twenty Three“ va „Heart“ qoʻshiqlarini ijro etdi.Keyinchalik ular qoʻshiqchining yangi Chat-Shire albomiga bonus treklar sifatida kiritilgan. "Prodyuser „ tufayli IUning Xitoydagi muxlislari soni yanada ortdi va qoʻshiqchi Xitoy kompaniyalari loyihalarida ishtirok etish uchun bir nechta takliflarni qulga kiritishga muvaffaq boʻldi.

Suratga olish ishlarini tugatgandan soʻng, IU “Infinite Challenge" yubiley konsertiga qoʻshildi. Bu shoyning shartlaridan biri: qoʻshiqchi-qoʻshiq mualliflari oltita doimiy olib boruvchilar bilan musiqa festivali uchun birlashishi kerak edi. Qiz Pak Myon Su bilan juft boʻlib, „Leon“ filmidan ilhomlanib, „ Leon“ qoʻshigʻini yaratdi va ijro etdi.

Chat-Shire deb nomlangan yettinchi mini-albom 2015-yil 23-oktabrda chiqdi va 27-oktabrda elektron maʼlumot tashuvchi va uzatuvchi uskunalarda sotuvga chiqdi. Barcha yetti qo‘shiqning so‘zlari va beshtasining musiqasi xonandaning o‘zi tomonidan yozilgan. Bundan tashqari, IU albom prodyuserlaridan biriga aylandi. Ijobiy sharhlar va yuqori chartdagi oʻrinlarga qaramay, „Zezé“ trekining soʻzlari atrofida bahs-munozaralar paydo boʻldi. 4-noyabr kuni IU " Zeze " uchun ilhomlangan „My Sweet Orange Tree“ qissasining koreyalik noshiri Koreya koʻngilochar sanoatida tarjima qilish erkinligi masalasini koʻtardi. Shunday qilib, IU hikoyaning besh yoshli qahramoni Zeze obrazidan „jinsiy ob’ekt“ sifatida foydalanganlikda ayblanadi. Ikki kundan soʻng, qoʻshiqchi rasmiy bayonot bilan chiqdi: " Men Zezeni jinsiy ob’ekt sifatida koʻrsatishni xohlamagandim … lekin koʻpchilik mening qoʻshiqlarim sozlarini notugri tushunganini angladim va buning uchun uzr soʻrayman "-dedi. 10-noyabr kuni nashrchi ham uzr so‘radi.

Chat-Shire chiqarilishidan oldin agentlik odatdagidek albomni targʻib qilish oʻrniga IU 2015-yilning noyabridan dekabrigacha milliy gastrol safarini oʻtkazishini eʼlon qildi. Ayni qizgʻin konsert safari davomida qiz bir vaqtning oʻzida Gonkong, Xitoy va Tayvanda reklama qilish uchun ham vaqt topdi.. 2015-yil 11-dekabrda IU Tayvanlik tomoshabinlar uchun Smash Hits -albomini chiqardi. 2015-yil oxirida qiz har yili oʻtkaziladigan Gayo Daejeon musiqa festivalining olib boruvchisiga aylandi.

2016-yil sentyabr oyida IU „Oy nurini sevuvchilar-Scarlet Heart: Ryeo“ tarixiy dramasida yangi bosh rol bilan qaytdi. 2015-yil oktyabr oyida Dispatch IU va qoʻshiqchi-qoʻshiq muallifi Jang Ki Ha oʻrtasidagi munosabatlar haqidagi yangiliklarni eʼlon qildi. Ular birinchi marta 2013-yil oxirida xonanda Channing radio-shousida mehmon bo‘lganida uchrashishgan. 2017-yil 23-yanvarda ikkala sanʼatkorning ham agentligi qoʻshiqchilar uch yillik munosabatlardan soʻng ajralishga qaror qilishganini tasdiqladi.

2017-2018: Palitra, Gul belgisi 2 va Mening janobim tahrir

IU 2017-yil 21-aprelda oʻzining toʻrtinchi studiyaviy albomi "Palet "ni chiqardi, u asosiy sher muallifi va prodyuser[17][18] sifatida namoyon boʻldi. Albomdagi uchta qoshiq avval chiqarilgan; Big Bang ning G-Dragon[19] ishtirokidagi etakchi qoshiq „Palette“, shuningdek, „Through the Night“ va „Canʼt Love You Anymore“[20][21] ning ikkita pre-reliz treklari edi. Palette Billboard World Albums chartining yuqori qismida debyut qildi va albom sotuvi va yuklab olishlar boʻyicha mahalliy chartlarda birinchi oʻrinni egalladi.

 
IU da 24 Steps — One, Two, Three, Four kontserti, 2016 yil 3 dekabr.

Billboard IU ning albomi ustidan kuchliroq ijodiy nazoratini taʼkidladi, bu tinglovchilarga u haqida koʻproq maʼlumot olish imkonini berdi va natijada Koreyada ham, xalqaro miqyosda ham katta muvaffaqiyatlarga yoʻl ochdi. Palitra tijorat muvaffaqiyatiga erishdi va albomdagi uchta singl ham Gaon Digital Chart[22][23][24] ning eng yuqori pogʻonasiga yetib oldi, „Palette“ yetakchi singli jami ikki hafta davomida 1-oʻrinni egallab tyrdi.Shunga qaramay, bu uning eng koʻp sotilgan qoʻshigʻi hamda 2017-yilda eng koʻp sotilgan singli boʻlgan „Trough the Night“ albomidan oldingi birinchi treki edi[25] .

Palitra tanqidchilarning olqishiga, shuningdek koʻplab mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan 15-Koreya musiqa mukofotlari marosimida „Eng yaxshi pop albomi“, Melon Music Awards marosimida „Yil albomi“[26] va 27- Seul musiqa mukofotlari[27] da „Yilning eng yaxshi albomi“; IUning oʻzi Mnet Asian Music Awards[28] da „Eng yaxshi ayol artist“ nominatsiyasida taqdirlangan. Albom shuningdek, Melon Music Awards -da „Eng yaxshi qoʻshiq muallifi“, 7-Gaon Chart Music Awards -da „Yil muallifi“ va oʻzi va jamoasi uchun „Yil prodyuseri“ unvonlariga sazovor boʻldi[29]. IU, shuningdek, 32-Golden Disc Awards (Oltin Disk mukofotlari) marosimida "Trough the Night[30] xiti uchun „Yil qoʻshigʻi“ mukofotini qoʻlga kiritdi.

2017-yil 22-sentabrda IU oʻzining ikkinchi kaver-albomi " A Flower Bookmark 2 "ni chiqardi. Avvalgi albom singari, bu albomda ham 1960-yillardan 2000-yillarning boshigacha folk, retro, ballada va nyu-diskotekasi kabi janrlar aralashmasi bilan chop etilgan qoshiqlar versiyalari mavjud edi[31][32]. Albom chiqishidan avval xonanda ijodining to‘qqiz yilligi munosabati bilan 18-sentabr kuni eʼlon qilinmasdan „Autumn Morning“ (Kuz tongi) nomli ashulasi chiqarildi.[33][34][35] Chiqarilganidan soʻng u barcha yettita mahalliy musiqa chartlarida birinchi oʻrinni egalladi[36]. Albom dastlab Kim Kvang Sukning „With Heart to Forget You“ trekini oʻz ichiga olishi kerak edi, biroq qoʻshiqchining oilasi bilan bogʻliq soʻnggi voqealar tufayli, davom etayotgan tergov jarayonni hurmat qilgan holda trekni olib tashlashga qaror qilindi.[36] Keyinchalik u albomni [37] targʻib qilish maqsadida 2017-yilning noyabridan dekabrigacha Koreyaning turli shaharlariga hamda Gonkongga gastrol safarida chiqadi. IU, shuningdek, Epik Highning 2017-yil 23-oktabrda chiqarilgan to‘qqizinchi " Weʼve Done Something Wonderful " albomining „Love Story“ nomli trekida ham ishtirok etdi. Qoʻshiq „Perfect All-Kill“ ga yetib, barcha 6 ta asosiy Koreya musiqa saytlarining kunlik va haqiqiy chartlarida birinchi oʻrinni egalladi[38]. Korea Gallup Instituti uni 2017-yilning eng mashhur K-pop artisti (u avval 2014-yilda reytingda birinchi o‘rinni egallagandi), shuningdek, yilning eng mashhur K-pop kumiri[7][39] deb baholadi.

 
IU 2017-yil 10-dekabrda Seuldagi Palette kontsertida.

2018-yil mart oyida IU " My Ahjussi " filmida Li Ji An[40] obrazida paydo boʻldi. Serial muhim va ommabop muvaffaqiyatga ega bo‘lib, tomoshabinlar reytingining eng yuqori ko‘rsatkichi 7,3 % ga teng bo‘lib, uni kabel televideniesi tarixidagi eng yuqori baholangan koreys doramalaridan biriga aylantirdi va IU aktyorlik mahorati uchun ijobiy baholarni oldi[41][42]. Keyin IU Zikoning 23-iyul kuni chiqqan „Soulmate“ qoʻshigʻida ishtirok etdi. Chiqarilgandan soʻng, singl barcha 6 yirik Koreya musiqiy jadvallarining kundalik va haqiqiy chartlarida birinchi oʻrinni egalladi va Gaon Digital Chart[43] da birinchi oʻrinni oldi.

Oʻzining oʻninchi debyut yilligini nishonlash uchun IU 2018-yil oktyabr oyida " Bbibbi " nomli qoʻshigʻini chiqardi[44]. Musiqiy videoklip ashula bilan birga 10-oktyabr kuni chiqdi. Ertasi kuni Kakao M „Bbibbi“ chiqqanidan 16 soat oʻtgach, Koreyaning eng yirik musiqa sayti Melonda bir million noyob tinglovchilardan oshib ketganini tasdiqladi. Ularning taʼkidlashicha, soat 23:00 ga kelib, u 2015-yilda Park Myung-soo bilan „Leon“ dueti tomonidan oʻrnatilgan 24 soatlik noyob tinglovchilar rekordini yangilagan[45]. „Bbibbi“ chiqarilishining dastlabki 24 soatida jami 1 462 625 noyob tinglovchilarni toʻpladi. Singl Gaon Digital Chart-da birinchi oʻrinni egalladi va Billboard World Digital Songs[46][47] chartida beshinchi oʻrinni egalladi. Shuningdek, singl Billboard’ning „2018-yilning 20 ta eng yaxshi K-pop qo‘shiqlari“[48] ro‘yxatida 4-o‘rinni egalladi. IU 2018-yil 28-oktabrda o‘zining birinchi Osiyo gastroli-IUning 10-yillik gastrol konsertini boshladi. Ikki oy oʻtgach, IU Gaon Digital Chartda toʻrtinchi oʻrinni egallagan Kim Dong Ryulning „Fairytale“ qoʻshigiida ishtirok etdi[49].

2019: "Persona", "Otel Del Luna" va Sevgi sheʼri tahrir

2019-yil 11-aprelda IU Netflix antologiyasi Persona[50] seriyasida debyut qildi. U taniqli tanqidiy rejissyorlar Li Kyung Mi, Im Pil Sung, Jung Go Vun va Kim Jong Kvang[51][52] tomonidan yozilgan va rejissyorlik qilgan toʻrtta qisqa metrajli filmning har birida har xil personajlarinini aks ettirgan. Yozda IU Xon opa-singillar tomonidan yozilgan " Mehmonxona Del Luna " fantastik sirli doramasida rol oʻynadi[53]. Dorama tijoriy muvaffaqiyatga erishdi va oʻz vaqtida eng yuqori reytinglarni qayd etdi va tvNʼning 2019-yildagi eng yuqori baholangan doramasiga aylandi[54] .

 
IU 2019 yil yanvar oyida

IU 1-noyabr kuni oʻzining toʻqqizinchi „Love Poem“ mini albomini chiqarishi kerak edi. Biroq, u Solli vafoti tufayli albom chiqarilishini 18-noyabriga qoldirishga qaror qildi[55][56]. Xuddi shu nomdagi etakchi singl rejalashtirilgan vaqtida chiqarildi va tezda „All-kill“[57][58] ga erishdi. Singl Gaon Digital Chart-da birinchi va Billboard World Digital Chart-da toʻqqizinchi oʻrinni egalladi[59][60]. 2019-yil 2-noyabr kuni IU „Love Poem“ deb atalgan ikkinchi Osiyo gastrollarini boshlaydi U bu ikki oylik gastrolida10 ta shaharga tashrif buyuradi[61], bu konstertlariga 90 000 ga yaqin muxlislar tashrif buyurdi. 25-noyabr kuni Billboard „2010-yillarning 100 ta eng zoʻr K-pop qoʻshiqlari“ roʻyxatini eʼlon qildi. IU Real albomidagi"Good Day" qoʻshigʻi birinchi oʻrinni egalladi[62] .

2020 — hozir Vaqt: Lilak tahrir

2020-yil 3-yanvarda IU Park Seo-Jun bilan birga Dream filmida suratga tushishi eʼlon qilindi. Film uysizlar oʻrtasidagi jahon futbol chempionatida qatnashayotgan odamlar haqida hikoya qiladi[63].

IU hit romantik doramasi Crash Landing on Love[64] uchun „Give You My Heart“ qoʻshigʻini yozishda ishtirok etdi. Qoʻshiq 15-fevralda chiqdi va chiqqanidan keyin uch soatdan kamroq vaqt oʻtgach, Melon, Genie, Bugs va Soribada musiqiy jadvallarida birinchi oʻrinni egalladi[65].

2020-yil 6-may kuni IU BTS ishtirokchisi Shuga bilan hamkorlikda „Eight“ singlini chiqardi.

2020-yil 19-iyun kuni IU „I-Land“ realiti-shousi uchun OST sifatida ijro etgan „Into the I-LAND“ qoʻshigʻi chiqdi[66] .

2020-yilning ikkinchi yarmida xonanda 2021-yilda chiqadigan yangi albom ustida ishlayotganini eʼlon qildi[67].

2021-yilda „Lilac“ nomli yangi albomi, xuddi shu nomdagi asosiy „Lilak“ qoʻshigʻi chiqdi.Ushbu qoʻshigʻi bilan 4 yil ichida birinchi marta turli shoularda ishtirok etdi.

2021-yil 29-dekabrda „Pieces (ewgae)“ nomli ilgari chop etilmagan qo‘shiqlari kiritlgan albom chiqdi. Barcha qoʻshiqlar IUning shaxsiy kompozitsiyalari boʻlib, u musiqa, soʻzlar va aranjirovkalar muallifidir/

Diskografiya tahrir

Filmografiya tahrir

Filmlar tahrir

Yil Ism Rol Izohlar Havolalar
2012 yil Qanotlarni harakatlatiring 2 Ella (ovoz) Koreys dub [68]
2017 yil Haqiqat Marosim dirijyori Oʻzining rolida [69]
2019 Yurak soyalari Miyeon kichik rol [70]
2022 Broker So Yon Asosiy rol [71]

Televizion seriallar tahrir

Yil Ism Rol TV kanali Izohlar Havolalar
2011 yil Orzuga ega Kim Pil Suk KBS2 Asosiy rol [72]
Shouga xush kelibsiz! Oʻzining rolida SBS Cameo (1-qism) [73]
2012 yil Dream High 2 Kim Pil Suk KBS2 [74]
Guru Salamander va soya operatsiyasi Choʻntak Iyun SBS Cameo (6-qism) [75]
2013 yil Siz eng yaxshi Li Sun Shisiz! Li Sun Shi KBS2 Bosh rol [76]
Chiroyli bola Kim Bo Tong [77]
2015 yil Prodyserlar Sindi Asosiy rol [78]
2016 yil Oy nurini sevuvchilar: Qizil yurak: Korye Go Ha-jin / Hesu SBS Bosh rol [79]
2018 Mening Ajussi Li Chji An tvN [80]
2019 Bir kishi turli rol Netflix [81]
del Luna mehmonxonasi Chan Man vol tvN [82]

Konsertlar tahrir

Yil Ism Mintaqa Koʻrsatish Havolalar
2012 yil IU Japan Premium Special Live Yaponiya 2 [83]
IU doʻstlik koʻrgazmasi — 2012 yil bahori Yaponiya 5 [84]
Haqiqiy fantaziya Janubiy Koreya 13 [85]
IU Doʻstlik maxsus konserti — 2012 yil kuz Yaponiya bitta [86]
2013 yil Zamonaviy vaqtlar Janubiy Koreya 3 [87]
2014 yil Gonkongdagi zamonaviy vaqtlar koʻrgazmasi Gonkong bitta [88]
Faqat bir qadam… Koʻproq Janubiy Koreya sakkiz [89]
2015 yil Chat boʻylab Janubiy Koreya 7 [90]
2015-2016 yillar I&U Gonkong bitta [91]
Xitoy 2 [92][93]
Tayvan bitta [94]
2016 yil IU Good Day China Tour Xitoy 7 [95]
24 qadam: bir, ikki, uch, toʻrt Janubiy Koreya 2 [96]
IU 24 qadam kontserti Gonkongda Gonkong bitta [97]
2017 yil IU 24 qadam kontserti Taypeyda Tayvan bitta [98]
IU 2017 gastrol konserti〈Palitra〉 Janubiy Koreya 5 [99]
Gonkong bitta
2018-2019 yillar 2018 IU 10-yillik gastrol konserti 〈ei-ewgangdlwlrma〉 Janubiy Koreya 5 [100]
Gonkong bitta
Singapur bitta
Tailand bitta
Tayvan 2

Mukofotlari tahrir

Andoza:Mukofotlari Andoza:Mukofotlar/Rasm Xonanda mukofotlari va nominatsiyalari

Jami mukofotlar: 76
Jami nominatsiyalar: 193

Andoza:Mukofotlar/Yakunlash 2008-yilgi debyutidan beri IU 70 dan ortiq gʻalaba va 190 dan ortiq nominatsiyalarni qoʻlga kiritdi. U oʻn bitta Melon Music Awards, beshta Mnet Asian Music Awards, beshta Seul musiqa mukofoti, beshta Koreya musiqa mukofoti va uchta Golden Disk mukofotiga sazovor boʻlgan. Qoʻshiqchi aktrisa sifatidagi faoliyati uchun ham bir qancha mukofotlarga sazovor boʻldi. „Sen eng zoʻrsan, Li Sun-Shin[101] dagi ijrosi uchun 2014-yil KBS Drama mukofotlarida „Eng yaxshi yangi aktrisa“ nominatsiyasini qoʻlga kiritdi.

IU beshta Daesang mukofotlarini qoʻlga kiritdi, ular asosiy mukofotlar sifatida ham tanilgan. Bunga Melon Music Awards’dan uchta Daesang mukofoti kiradi. Daesang mukofotlari Koreya musiqa sanoatidagi eng muhim mukofotdir. 2012-yilda IU Forbes Korea Power mashhurlar roʻyxatida Janubiy Koreyadagi eng kuchli odamlardan biri sifatida belgilangan va shundan keyin ham besh marta tilga olingan. Bundan tashqari, IU 2015-yilda Koreya Madaniyat, sport va turizm vazirligi tomonidan oʻtkazilgan Pop madaniyati va sanʼati mukofotlari bilan taqdirlangan va musiqa industriyasidagi taʼsiri va muvaffaqiyati uchun eʼtirof etilgan.

2020-yilda IU GQ tomonidan 2020-yil ayoli deb topildi.

Manbalar tahrir

  1. (unspecified title)EDAM Entertainment.
  2. 2,0 2,1 Oak, Jessica „IU Exudes Maturity on New LP 'Modern Times'“. Billboard (2013-yil 9-oktyabr). 2013-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-yanvar.
  3. Benjamin, Jeff „IU: 21 Under 21 (2012)“. Billboard (2012-yil 17-sentyabr). 2013-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-noyabr.
  4. Benjamin, Jeff „IU Details the Toils of Being 'Twenty-Three' in Most Personal Single Yet“. Billboard (2015-yil 26-oktyabr). 2015-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-noyabr.
  5. „IU tunes in with self-composed album“. The Korea Times (2015-yil 12-oktyabr). 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-noyabr.
  6. Faughnder, Ryan. „Korean pop fans get intimate with the music at KCON“. Los Angeles Times (2015-yil 24-avgust). 2016-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-fevral.
  7. 7,0 7,1 „2017년 올해를 빛낸 가수와 가요 - 최근 11년간 추이, 아이돌 선호도 포함“ (ko). Gallup Korea (2017-yil 19-dekabr). 2017-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-iyun.
  8. „아이유“ (ko). Naver (2018-yil 18-oktyabr). 2020-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-noyabr.
  9. „(Daum 독점) IU 스타인터뷰 전격 공개 (30)“ (ko). Daum (2011-yil 15-mart). 2011-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-noyabr.
  10. „아이유 '어머니 빚보증 잘못서... 바퀴벌레 우글거리는 단칸방 생활'“ (ko). Newsen. JoongAng Media Network (2011-yil 14-dekabr). 2018-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-yanvar.
  11. 11,0 11,1 Sunwoo, Carla. „K-pop star opens up about childhood“. Korea JoongAng Daily (2011-yil 13-dekabr). 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-noyabr.
  12. Kim Ji-young. „Four Korean stars who got scammed“. K-Pop Herald (2016-yil 5-yanvar). 2018-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-mart.
  13. Lee, Eun-joo. „아이유 "국민 여동생은 과분한 사랑... 똑똑한 가수 될게요"“ (ko). Seoul Shinmun (2011-yil 10-yanvar). 2015-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-noyabr.
  14. „Teenage Singer IU Is Open to Surprises“. The Chosun Ilbo (2011-yil 22-yanvar). 2015-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-noyabr.
  15. Lee, Kyung-ran. „Singer IU wins fans by going her own way“. Korea JoongAng Daily (2011-yil 6-yanvar). 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-noyabr.
  16. Sunwoo, Carla. „IU graduates from high school“. Korea JoongAng Daily (2012-yil 11-fevral). 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-noyabr.
  17. „IU says she's confident of new album 'Palette'“. Yonhap News Agency (2017-yil 21-aprel). 2017-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-avgust.
  18. „IU's 'Palette' Proves the Power of Personal K-Pop“. Billboard (2017-yil 18-may). 2019-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-avgust.
  19. „IU Releases Coming-of-Age Single 'Palette,' Feat. G-Dragon“. Billboard (2017-yil 21-aprel). 2019-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-avgust.
  20. „아이유 측 "3월 24일 선공개곡 발표...4월 중 컴백 목표"(공식)“ (ko). News Nate (2017-yil 9-mart). 2019-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-mart.
  21. „아이유, 4월 21일 4집 컴백 확정..1년 6개월만 활동 재개“ (ko). Naver (2017-yil 17-mart). 2017-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-mart.
  22. „Gaon Digital Chart – Week 13“. Gaon Music Chart. 2017-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-aprel.
  23. „Gaon Digital Chart – Week 15“. Gaon Music Chart. 2016-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-aprel.
  24. „Gaon Digital Chart – Week 16“. Gaon Music Chart. 2017-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-aprel.
  25. „2017년 Download Chart“. Gaon Music Chart. 2018-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-yanvar.
  26. „BTS, EXO, IU win big at 2017 Melon Music Awards“. Kpop Herald (2017-yil 3-dekabr). 2019-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-avgust.
  27. „'대중음악상' 아이유 '팔레트', 최우수 팝 음반 수상“. Naver. 2018-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-fevral.
  28. „15 Must-Watch Videos From 2017 MAMA In Hong Kong“. Billboard (2017-yil 1-dekabr). 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-avgust.
  29. „[가온차트어워드 아이유 5관왕 등극+워너원 돌풍 거셌다(종합)“]. Naver. 2021-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-fevral.
  30. „IU, BTS win at Golden Disc Awards“. Kpop Herald (2018-yil 12-yanvar). 2018-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-avgust.
  31. „[Album review IU's classics cover album lacks raw emotion“]. The Korea Herald (2017-yil 28-sentyabr). 2018-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-oktyabr.
  32. „IU Bares Her Old Soul on 'A Flower Bookmark #2' Album“. Billboard (2017-yil 25-sentyabr). 2019-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-oktyabr.
  33. „IU makes surprise pre-release of 'Autumn Morning'“. The Korea Herald (2017-yil 18-sentyabr). 2018-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-oktyabr.
  34. „IU Gifts Fans With Special Anniversary Track 'Autumn Morning'“. Billboard (2017-yil 18-sentyabr). 2019-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-oktyabr.
  35. „IU's 'Autumn Morning' tops charts despite BTS' new release“. The Korea Herald (2017-yil 19-sentyabr). 2018-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-oktyabr.
  36. 36,0 36,1 „아이유 "故김광석 곡 빼기로...듣는 이들 마음 편치않을 것 같아"“ (ko). Naver (2017-yil 24-sentyabr). 2017-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-oktyabr.
  37. „IU to Embark on Tour to Promote New Album“. The Chosun Ilbo (2017-yil 28-sentyabr). 2019-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-oktyabr.
  38. „Epik High tops music charts with 'Love Story' featuring IU“. Yonhap News Agency (2017-yil 24-oktyabr). 2017-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-oktyabr.
  39. „IU named singer of the year in survey“. Kpop Herald (2017-yil 21-dekabr). 2018-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-oktyabr.
  40. „Comforting life through meeting 'My Mister'“. The Korea Herald (2018-yil 12-aprel). 2020-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-iyun.
  41. „종영 '나의 아저씨'가 인생 드라마였던 모든 이유“. Naver. Qaraldi: 2018-yil 21-may. [sayt ishlamaydi]
  42. „'나의 아저씨' 모든 배우의 '인생작'이 되다“. Naver. 2021-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-may.
  43. „Zico dominates music charts with new single 'SoulMate'“. Kpop Herald (2018-yil 31-iyul). 2018-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-oktyabr.
  44. „IU Takes Aim at the Haters in New Single 'Bbibbi' to Celebrate 10th Anniversary“. Billboard (2018-yil 10-oktyabr). 2019-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-oktyabr.
  45. „아이유 '삐삐', 멜론 역대 최고 이용자수 기록 경신 "23시간 만에 142만명↑" [공식“] (ko). 2020-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-oktyabr.
  46. „2018년 41주차 Digital Chart“. Gaon Chart. 2016-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-oktyabr.
  47. „IU Chart History: World Digital Song Sales“. Billboard. 2018-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-oktyabr.
  48. „The 20 Best K-pop Songs of 2018: Critics' Picks“. Billboard. 2019-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-dekabr.
  49. „열일하는 아이유, 김동률과 듀엣X샘김 신곡 작사 참여“. Naver (2018-yil 30-noyabr). 2021-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-oktyabr.
  50. Park, Jin-hai „K-pop singer IU to make film debut through Netflix“. The Korea Times (2019-yil 27-mart). 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-mart.
  51. Dong, Sun-hwa „Singer IU to star in four short films“. The Korea Times (2018-yil 14-sentyabr). 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-mart.
  52. „IU makes film debut through Netflix original 'Persona'“. Kpop Herald (2019-yil 27-mart). 2019-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-oktyabr.
  53. „Singer IU to take main role in new cable TV mystery drama 'Hotel Deluna'“. Aju Daily (2019-yil 6-mart). 2019-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-oktyabr.
  54. „'Hotel Del Luna' most watched TV series on weekend primetime“. The Korea Times (2019-yil 4-avgust). 2019-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-oktyabr.
  55. Chui, Angie „IU Postpones Love Poem Album Release To Mourn Over Sulli's Death“. Business Times. Business Times Limited (2019-yil 16-oktyabr). 2019-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
  56. „[공식아이유, 18일 미니 5집 '러브 포엠' 발표…'매혹 비주얼' 티저 공개“] (ko). entertain.naver.com (2019-yil 4-noyabr). 2020-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-noyabr.
  57. Yoon, So-yeon „IU postpones album release date“. Korea JoongAng Daily (2019-yil 22-oktyabr). 2019-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-noyabr.
  58. Lee, Da-gyeom „아이유 Love poem, 차트 올킬...“살았으면 좋겠다” 소개글 ‘먹먹’“ (ko). MK (2019-yil 2-noyabr). 2019-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-noyabr.
  59. „Digital Chart – Week 45 of 2019“ (ko). Gaon Chart. 2020-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-noyabr.
  60. „IU Chart History: World Digital Song Sales“. Billboard. 2018-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-noyabr.
  61. „IU ends her 2019 tour in Jakarta“ (en). koreajoongangdaily.joins.com. 2020-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.
  62. „The 100 Greatest K-Pop Songs of the 2010s: Staff List“. Billboard (2019-yil 25-noyabr). 2020-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.
  63. „[단독 아이유, 이병헌 감독 차기작 '드림' 출연…박서준과 만난다“] (ko). entertain.naver.com. 2020-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.
  64. SPOTVNEWS. „[단독아이유, '사랑의 불시착' OST 부른다…박지은 작가와 의리“] (ko). SPOTVNEWS (2020-yil 3-fevral). 2020-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.
  65. „아이유X‘사불’ 시너지…OST 발매 2시간 만에 음원 차트 1위 점령“ (ko). entertain.naver.com. 2020-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.
  66. „방시혁X아이유, I-LAND 첫 시그널 송 ‘Into the I-LAND’ 오늘 발표“ (ko). www.chosun.com. 2022-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.
  67. „IU Reveals She Is Preparing To Release A Full-Length Album At The End Of This Year“ (en). Koreaboo (2020-yil 8-sentyabr). 2020-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.
  68. „IU and Gikwang head under the sea“. Korea JoongAng Daily (2012-yil 27-iyun). 2021-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.
  69. „Suzy, IU to cameo in ‘Real’“. Kpop Herald (2016-yil 1-noyabr). 2016-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-iyun.
  70. „Jeonju Cinema Project 2019, Shades of the Heart“. Jeonju Intl. Film Festival. 2020-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-iyun.
  71. Kim Ye-rang. „'브로커' 송강호→ '아기 엄마' 아이유…6월 개봉 확정“ (ko). Naver (2022-yil 11-aprel). 2022-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-aprel.
  72. „Teenage Singer IU Is Open to Surprises“. The Chosun Ilbo (2011-yil 22-yanvar). 2015-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-iyun.
  73. „아이유·닉쿤 교제,설리·슬옹 뽀뽀…'웰컴 투 더 쇼'“ (ko). edaily (2011-yil 17-mart). 2019-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-iyun.
  74. „IU to make a cameo appearance on ‘Dream High 2’ tonight“. Korea JoongAng Daily (2012-yil 30-yanvar). 2021-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.
  75. „문화 연예 스포츠 이슈기획 오피니언 포토 스냅타임 검색 아이유, SBS `도롱뇽 도사와 그림자 조작단` 카메오 출연“ (ko). edaily (2018-yil 1-mart). 2019-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-iyun.
  76. Ahn, Joo-hee. „IU to star in leading role in upcoming drama“. Korea JoongAng Daily (2013-yil 6-mart). 2018-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-aprel.
  77. Lee, Sun-min. „IU chooses a pretty man“. Korea JoongAng Daily (2013-yil 23-oktyabr). 2018-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-aprel.
  78. Sung, So-young. „IU lands lead in ‘Producers’ drama“. Korea JoongAng Daily (2015-yil 3-mart). 2018-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-aprel.
  79. „IU to star in ‘Moon Lovers’ Korean remake“. Korea JoongAng Daily (2016-yil 15-yanvar). 2021-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.
  80. „Comforting life through meeting ‘My Mister’“. The Korea Herald (2018-yil 12-aprel). 2020-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-iyun.
  81. Park, Jin-hai „K-pop singer IU to make film debut through Netflix“. The Korea Times (2019-yil 27-mart). 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-mart.
  82. Yeo Ye-rim. „IU, Yeo Jin-goo cast in tvN drama“. Korea JoongAng Daily (2019-yil 7-mart). 2019-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.
  83. „IU JAPAN PREMIUM "SPECIAL LIVE" @ 渋谷Bunkamura オーチャードホール (2012年1月24日 17:00)“ (ja). Tower Records (2012-yil 3-fevral). 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-dekabr.
  84. „아이유, 9월 日 단독 콘서트... 6개월만의 '성과'“ (ko). OSEN. Seoul Broadcasting System (2012-yil 25-iyun). 2016-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.
  85. Sunwoo, Carla. „IU wraps up concert with a vow to be better TV host“. Korea JoongAng Daily (2012-yil 25-sentyabr). 2015-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-dekabr.
  86. „K-POP期待の19歳が安全地帯カバー 「本当に綺麗な音楽」“ (ja). Billboard Japan (2012-yil 18-sentyabr). 2016-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-dekabr.
  87. Lee, Sun-min. „IU announces solo concerts“. JoongAng Ilbo (2013-yil 16-oktyabr). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-yanvar.
  88. „Event Details: IU Modern Times Showcase In Hong Kong“. Kowloonbay International Trade & Exhibition Centre. 2016-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.
  89. Lee, Min-ji „IU Makes Fans Tear Up in Her First Small Theatre Concert“. Newsen. CJ E&M eNewsWorld (2014-yil 23-may). 2016-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-yanvar.
  90. Kim, Yu-jin. „IU to hold national concert tour 'Chat-Shire'“. The Korea Herald (2015-yil 19-oktyabr). 2015-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-dekabr.
  91. Park, So-jung. „IU to hold fan meeting in Hong Kong“. Yonhap (2015-yil 11-sentyabr). 2016-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-yanvar.
  92. „2015 I & U IN SHANGHAI“. Damai. 2015-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-yanvar.
  93. „아이유, 중국에서 통했을까 살펴보니...“. Maeil Business Newspaper (2015-yil 21-dekabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-yanvar.
  94. Hwang, Hye-jin „IU Tops K-Pop Chart in Taiwan“. Newsen. CJ E&M eNewsWorld (2015-yil 15-dekabr). 2015-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-yanvar.
  95. Park, Seo-lee. „아이유, 중국 공연서 '보보경심' OST 열창“. Naver (2016-yil 17-iyul). 2019-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.
  96. „Singer IU to hold year-end concert“. Yonhap News (2016-yil 2-noyabr). 2016-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-noyabr.
  97. „IU CONCERT 24 STEPS IN HONG KONG [Priority Booking for Citibank Credit Cardholders“]. www.hkticketing.com. 2016-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-oktyabr.
  98. „2017 IU CONCERT 24 STEPS IN TAIPEI“. Muse Entertainment. 2018-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-yanvar.
  99. „[공식아이유, '2017 아이유 투어 콘서트' 개최... '전국 4개도시+홍콩' 진행“] (ko). 2020-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.
  100. „IU to tour 7 Asian cities for 10th anniversary concert“. Kpop Herald (2018-yil 18-sentyabr). 2018-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-iyun.
  101. Lee, Cory „Kim Hye-soo Reclaims Glory, Good Doctor, Secret Love Win Big at the 2013 KBS Drama Awards“. TenAsia (2014-yil 2-yanvar). 2014-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-yanvar.

Havolalar tahrir

Rasmiy veb-sayt (yapon tilida)