Iași okrugi
Iași okrugi (rumincha: Județul Iași) – Ruminiyaning Gʻarbiy Moldaviya mintaqasidagi okrugi (județ), maʼmuriy markazi – Iași shahri. Okrug Ruminiyadagi Buxarest munitsipalitetidan keyin eng koʻp aholiga ega okrug (uning maʼmuriy darajasi okrug bilan bir xil) hisoblanadi.
| ||
Okrug (Județ) | ||
---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Iași | |
YAIM (2015) | 5.431milliard US$ | |
Rasmiy tili | rumin tili | |
Aholi (2011) | 772,348 (2-oʻrin) | |
Maydoni | 5,476 km² (23-oʻrin) | |
Vaqt mintaqasi | UTC +2 | |
Qisqacha | IS | |
Kod ISO 3166-2 | RO-IS | |
Telefon kodi | (+40) 232 yoki (+40) 332[1] | |
Rasmiy sayti |
http://www.icc.ro/ http://www.prefecturaiasi.ro/ | |
Xaritada | ||
47°15′0″N 27°18′36″E / 47.25000°N 27.31000°E |
Geografiyasi
tahrirOkrugning umumiy maydoni 5476 km² ni tashkil qiladi . Siret va Prut daryolari orasidagi tekislikda joylashgan. Okrug hududidan yana ikkita daryo: Bahlui (uning qirgʻogʻida Iasi shahri joylashgan) va Jijia daryolari oqib oʻtadi.
Qoʻshni hududlar
tahrir- Sharqda Moldova Respublikasi – Ungheni tumani.
- Gʻarbda Neamț okrugi.
- Shimoli-gʻarbda Botoşani va Suceava okruglari.
- Janubda Vaslui okrugi.
Demografiyasi
tahrir2011-yil 20-oktyabrdagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Iași okrugi 772,348 kishidan iborat boʻlgan[2]. Boshqa tomondan, okrug aholisini roʻyxatga olish xizmati tomonidan taqdim etilgan 2012-yil maʼlumotlariga koʻra, okrugda roʻyxatga olingan umumiy aholi soni 873,662 kishini tashkil qiladi[3].
Iași okrugi aholisi hozirda oltmish yil avvalgi koʻrsatgichlardan deyarli ikki baravar koʻp.
Yil | Okrug aholisi [5] |
---|---|
1948 | 431 586▬ |
1956 | 516 635 |
1966 | 619 027 |
1977 | 729 243 |
1992 | 806 778 |
2002 | 816 910 |
2011 | 772 348 |
2022 | Toʻliq hisoblanmagan |
Okrug hukumati
tahrir2020-yilgi mahalliy saylovlarda yangilangan Iasi okrugi kengashi quyidagi partiyaviy tarkibiga ega 36 maslahatchidan iborat[6]:
Partiya | Oʻrinlar | Hozirgi okrug kengashi | |||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Milliy Liberal Partiya (PNL) | 17 | ||||||||||||||||||
Sotsial Demokratik Partiya (PSD) | 10 | ||||||||||||||||||
Save Romania Union (USR) | 6 | ||||||||||||||||||
Xalq Harakati Partiyasi (PMP) | 3 |
Iqtisodiyoti
tahrirBu okrugning topografik joylashuviga koʻra, asosan qishloq xoʻjaligidir. Sanoat asosan shaharlarda jamlangan. Asosiy sanoat tarmoqlari:
- Dasturiy taʼminot
- Farmatsevtika
- Avtomobilsozlik
- Metallurgiya va ogʻir uskunalar ishlab chiqarish
- Elektronika va elektrotexnika
- Toʻqimachilik
- Oziq-ovqat ishlab chiqarish
Turizmi
tahrirIaşi shahri Moldaviyadagi va Ruminiyadagi eng muhim ijtimoiy, madaniy va ishbilarmonlik markazlaridan biridir. Bu mamlakatdagi eng qadimgi universitetga ega boʻlib, Birlashgan Knyazliklar tashkil etilgunga qadar Moldaviyaning poytaxti boʻlgan.
Okrugning baʼzi turistik yoʻnalishlari:
- Iași shahri va uning atrofi (Iaşining yetti tepaligi);
- Ruginoasadagi Aleksandru Ioan Kuza memorial saroyi;
- Cucuteni – neolit davri arxeologik yodgorligi;
- Cotnari va Bohotin uzumzorlari;
- Harlaudagi uzumzorlar va vino muzeyi;
- Hadambu va Dobrovat monastirlari;
- Miclăușeni qal’asi va monastiri;
- Mircestidagi Vasile Aleksandri yodgorlik uyi;
- Hermeziudagi Constantin Negruzzi muzeyi;
- Kotnaridagi Sezar Petrescu muzeyi;
- Pašcani, Târgu Frumos va Harlau shaharlari;
- Strunga kurorti.
Maʼmuriy boʻlinishi
tahrirIași okrugida 2 ta munitsipalitet, 3 ta shahar va 93 ta kommuna mavjud.
- Munitsipalitetlar (2011-yilgi aholi roʻyxatiga koʻra)
- Shaharlar
- Harlau
- Podu Iloaiei
- Târgu Frumos
Tarixiy okrugi
tahrirOkrug Buyuk Ruminiyaning va Moldaviya mintaqasining shimoli-sharqida joylashgan edi. Bugungi kunda sobiq okrug hududining katta qismi hozirgi Iași okrugi tarkibiga kiradi. Okrugning sharqiy qismida okrugga Prut daryosining chap qirgʻogʻining bir qismi, hozir Moldova Respublikasi hududida kirgan. U shimolda Botoșani va Balti okruglari, sharqda Lapusna, janubda Fălciu va Vaslui okruglari, gʻarbda Rim va Baia okruglari bilan chegaradosh edi.
Maʼmuriyati
tahrirOkrug 1938-yilda oltita tumanga boʻlingan (plăși)[8]:
- Plasa Bahlui, bosh qarorgohi Podu Iloaiei shahrida joylashgan
- Plasa Cârligătura, bosh qarorgohi Târgu Frumosda
- Plasa Codru, shtab-kvartirasi Butsiumida joylashgan (oʻsha paytda kommuna, hozirgi Iași shahridagi Bucium tumani)[9]
- Plasa Copou, shtab-kvartirasi Iasida
- Plasa Turia, shtab-kvartirasi Șipoteleda
- Plasa Ungheni, shtab-kvartirasi Ungheni-Targda, hozir Moldova Respublikasining Ungheni shahrida joylashgan.
Iasi okrugi ikkita shaharni oʻz ichiga olgan: Iasi (okrugning markazi) va okrugning gʻarbiy chegarasida joylashgan Târgu Frumos shahar kommunasi.
1930-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, okrug aholisi 275 796 kishi, shundan 81,6% ruminlar, 14,6% yahudiylar, 0,6% ruslar, 0,5% vengerlar, 0,4% nemislar, shuningdek, boshqa ozchiliklardir[10]. Diniy nuqtai nazardan aholining 82,0% sharqiy pravoslavlar, 14,9% yahudiylar, 2,3% rim katoliklari, shuningdek, boshqa ozchiliklar ham maʼlum.
Shahar aholisi
tahrir1930-yilda okrugning shahar aholisi 107,804 kishini, Iasida 102,872 va Târgu Frumosda 4,932 kishini tashkil etdi, ularning 60,8% ruminlar, 33,6% yahudiylar, 0,9% nemislar, 0,9% ruslar, shuningdek, boshqa kichik millatlar boʻlgan. Shaharlarda rumin (72,5%), undan keyin yahudiy (22,2%), rus (1,8%), nemis (0,9%), shuningdek, boshqa ozchiliklar tillarida gaplashilgan[10]. Diniy nuqtai nazardan shahar aholisini sharqiy pravoslav (61,4%), yahudiy (34,4%), rim-katolik (3,0%), shuningdek, boshqa ozchiliklar tashkil etgan.
Manbalar
tahrir- ↑ The number used depends on the numbering system employed by the phone companies on the market.
- ↑ „Population at 20 October 2011“ (ro). INSSE. 2017-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-mart.
- ↑ „Unul din 25 de ieșeni nu deține acte de identitate“ (ro). ziarulevenimentul.ro (2013-yil 14-fevral). Qaraldi: 2013-yil 15-fevral.
- ↑ National Institute of Statistics, „Populația după etnie“ (Wayback Machine saytida 2009-08-16 sanasida arxivlangan)
- ↑ National Institute of Statistics, „Populația la recensămintele din anii 1948, 1956, 1966, 1977, 1992 și 2002“
- ↑ „Rezultatele finale ale alegerilor locale din 2020“ (ro) (Json). Autoritatea Electorală Permanentă. 2021-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-oktyabr.
- ↑ „Population on 1 January by age groups and sex - functional urban areas“. Eurostat. Qaraldi: 2016-yil 8-iyun.
- ↑ Portretul României Interbelice – Județul Iași
- ↑ Școala Gimnazială „Veronica Micle“ din Iași
- ↑ 10,0 10,1 Recensământul general al populației României din 29 decemvrie 1930, Vol. II, pag. 246-247
Havolalar
tahrir- Iași okrugi – agerpres.ro saytida qisqacha tarixi (Wayback Machine saytida 2022-10-19 sanasida arxivlangan)
- Iasi – koʻp asrlik daraxtlar okrugi (Wayback Machine saytida 2019-08-06 sanasida arxivlangan)