Neamț okrugi
Neamț okrugi (rumincha: Județul Neamț) Ruminiya okrugi (județ), Moldaviya tarixiy mintaqasida joylashgan, markazi – Piatra Neamț. Okrug nomi Neamț daryosi nomidan olingan.
| ||
Okrug (Județ) | ||
---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Piatra Neamț | |
Aholi (2011) | 470,766 (17-oʻrin) | |
Maydoni | 5,897 km² (18-oʻrin) | |
Vaqt mintaqasi | UTC +2 | |
Qisqacha | NT | |
Kod ISO 3166-2 | RO-NT | |
Telefon kodi | (+40) 233 yoki (+40) 333 | |
Rasmiy sayti |
https://cjneamt.ro/ http://www.prefecturaneamt.ro/ | |
Xaritada | ||
46°58′12″N 26°24′0″E / 46.97000°N 26.40000°E |
Demografiyasi
tahrirAholisi
tahrir2011-yilda 470 766 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi 80/km² ni tashkil qilgan.
- Ruminlar – 98,25 %
- Lipovanlar – 0,05 %
- Vengerlar (aniqrogʻi csángóslar) – 0,04 %
- Loʻlilar – 1,48 % va boshqalar
Yil | Okrug aholisi [1] |
---|---|
1948 | 357 348▬ |
1956 | 419 949 |
1966 | 470 206 |
1977 | 532 096 |
1992 | 577 619 |
2002 | 554,516 |
2011 | 470 766 |
2022 | Toʻliq hisoblanmagan |
Dinlari
tahrirNeamț okrugi diniy tarkibi (2011)[2] | ||||
---|---|---|---|---|
Sharqiy pravoslavlar | 83.2% | |||
Katolik cherkovi | 9.6% | |||
Nomaʼlum | 5.0% | |||
Boshqa oqimlar (Yettinchi kun adventistlari, Pentecostallar, Islom) |
2.2% | |||
Geografiyasi
tahrirNeamț okrugining maydoni 5,897 km2 (2,277 kv mi) ni tashkil qiladi[3] :17
Relyef gʻarbdan sharqqa qarab pasayib boradi. Gʻarbiy qismida balandligi 1,800 m (5,900 ft) dan ortiq boʻlgan Sharqiy Karpat togʻlari va Ceahlau massivining yuksak choʻqqilari bor. Bicaz daryosi boʻyida Cheile Bicazului kanyoni joylashgan. 1950-yillarda Bistrita daryosida Bicaz toʻgʻonining qurilishi Ruminiyadagi eng katta sunʼiy Bicaz koʻli (Izvorul Muntelui koʻli) paydo boʻlishiga olib keldi[3] :15
Eng past nuqtasi gʻarbiy tomonida taxminan 160 m (520 ft) lar atrofida boʻlib, Siret daryosi vodiysi boʻyida joylashgan.
Qoʻshni hududlar
tahrir- Sharqda Iasi va Vaslui okruglari.
- Gʻarbda Hargita okrugi.
- Shimolda Suceava okrugi.
- Janubda Bacău okrugi.
Iqtisodiyoti
tahrirOkrugning asosiy sanoat tarmoqlari
- Kimyo
- Mexanik qismlar
- Toʻqimachilik
- Oziq-ovqat mahsulotlari
- Qurilish materiallari
Ruminiyadagi eng katta toʻgʻonlardan biri, Bistrita daryosi boʻylab qurilgan Bicaz toʻgʻoni boʻlib, Bicaz koʻlini tashkil qiladi; koʻl suvi Bicaz-Stejaru GESida elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Turizmi
tahrirNeamț okrugi dunyoda har kvadrat kilometrga eng koʻp monastirlar joylashgan hudud sifatida tanilgan. Neamț monastirining monumental cherkovi Moldaviya cherkovlari va monastirlari uchun namuna boʻlgan. Katta oʻziga xoslik va stilistik birlikka ega boʻlgan Moldaviya sanʼati uslubi gotika elementlarini Vizantiya naqshlari bilan uygʻunlashtirish orqali ishlab chiqilgan.
Okrug Ruminiyaning 9 milliy bogʻidan ikkitasini oʻz ichiga oladi: Ceahlau massivi va Vânători-Neamț tabiiy bogʻi.
Okrugning asosiy sayyohlik joylari quyidagilar hisoblanadi:
- Piatra Neamț shahri, oʻrta asrlar maydoni va changʻi inshootlari;
- Roman shahri monastirlari
- Agapia
- Bistrita
- Durau
- Horaita
- Neamt
- Pângărati
- Petru Voda
- Războieni
- Secu
- Sihăstria
- Sihla
- Văratec
- Vânători-Neamţ tabiat bogʻi
- Târgu Neamțdagi Neamț qal’asi
- Ceahlau milliy bogʻi
- Bicaz kanyoni – „Cheile Bicazului“
- Durău changʻi kurorti
- Hanu Ancutei
Siyosatchilar
tahrir2020-yilgi mahalliy saylovlarda yangilangan Neamț okrugi kengashi quyidagi partiyaviy tarkibiga ega 34 maslahatchidan iborat[4]:
Partiya | Oʻrinlar | Hozirgi okrug kengashi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Sotsial Demokratik Partiya (PSD) | 13 | ||||||||||||||
Milliy Liberal Partiya (PNL) | 11 | ||||||||||||||
Save Romania Union (USR) | 4 | ||||||||||||||
Xalq Harakati Partiyasi (PMP) | 3 | ||||||||||||||
PRO Romania (PRO) | 3 |
Maʼmuriy boʻlinmalari
tahrirNeamț okrugida 2 ta munitsipalitet, 3 ta shahar va 78 ta kommuna mavjud.
- Munitsipalitetlar
- Markazi – Piatra Neamț; Aholisi: 77,393 kishi (2011-yilgi aholi roʻyxatiga koʻra)
- Romanilar: 45,344 kishi (2011-yilgi aholi roʻyxatiga koʻra)
- Shaharlar
- Bicaz
- Roznov
- Târgu Neamț
Taniqli mahalliy aholi
tahrir- Sergiu Celibidache, dirijyor
- Vasile Conta, faylasuf
- Ion Creangă, yozuvchi
- Virgil Georgiu, yozuvchi
- Řtefan Macovei, zamonaviy haykaltarosh
- Nicodim Munteanu, patriarx
Tarixiy okrugi
tahrirOkrug Ruminiyaning shimoli-sharqiy qismida, Moldaviya mintaqasining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan. Bugungi kunda sobiq okrug hududining katta qismi hozirgi Neamț okrugi tarkibiga kiradi. U shimolda Campulung, shimoli-sharqda Baia, sharqda Roman, janubda Bacau, janubi-gʻarbda Ciuc va gʻarbda Mureş okrugilari bilan chegaradosh edi.
Maʼmuriyati
tahrir1930-yilda okrugda toʻrtta tuman (plăși) bor edi[5]:
- Bistrita
- de Mijloc
- Muntele
- Neamț
1938-yilda okrugda beshta tuman bor boʻlgan:
- Bistrita, 45 qishloqdan iborat va markazi – Roznov
- Muntele, 53 qishloqdan iborat va markazi – Broşteni
- I.Gh. Duca, 39 qishloqdan iborat
- Răsboeni, 56 qishloqdan iborat va markazi – Răsboeni
- Cetatea Neamț, 15 qishloqdan iborat va markazi – Târgu Neamț.
Piatra Neamțdan tashqari okrugda ikkita: Târgu Neamț va Buhusi shahar munitsipaliteti (shaharlari) boʻlgan.
Aholisi
tahrir1930-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, okrug aholisi 198 223 kishi, 90,3 % ruminlar, 6,3 % yahudiylar, 1,2 % vengerlar, shuningdek, boshqa ozchiliklardan iborat edi[6]. Diniy nuqtai nazardan aholining 90,5 % Sharqiy pravoslav, 6,7 % yahudiy, 2,3 % Rim-katolik, shuningdek, boshqa ozchiliklarni tashkil etgan.
Shahar aholisi
tahrir1930-yilda okrugning shahar aholisi 47 957 kishini tashkil etdi, ularning 69,6 % ruminlar, 24,7 % yahudiylar, 1,3 % vengerlar, shuningdek, boshqa ozchiliklardan iborat edi. Diniy nuqtai nazardan shahar aholisi 69,7 % sharqiy pravoslavlar, 25,2 % yahudiylar, 3,4 % rim katoliklari, shuningdek, boshqa ozchiliklardan iborat boʻlgan.
Manbalar
tahrir- ↑ National Institute of Statistics, „Populația la recensămintele din anii 1948, 1956, 1966, 1977, 1992 și 2002“
- ↑ „Tab13. Populaţia stabilă după religie – judeţe, municipii, oraşe, comune“. Recensământul (2011).
- ↑ 3,0 3,1 2017 Romanian Statistical Yearbook
- ↑ „Rezultatele finale ale alegerilor locale din 2020“ (ro) (Json). Autoritatea Electorală Permanentă. Qaraldi: 2020-yil 2-noyabr.
- ↑ Portretul României Interbelice – Județul Neamț
- ↑ Recensământul general al populației României din 29 decemvrie 1930, Vol.
Havolalar
tahrirVikiomborda Neamț okrugi haqida turkum mavjud |
- neamt.ro – Neamț okrugi haqidagi veb-sayt (Wayback Machine saytida 2011-04-29 sanasida arxivlangan)
- prefecturaneamt.ro – Neamț prefekturasi