Ibn Tufayl Abu Bakr Muhammad Ibn Abdulmalik (taxminan 1110—1185) — arab yozuvchisi, davlat arbobi, tabib. Granada (Andalusiya) va Marokashda yashagan. U hokim Abdulmoʻmin (1130— 63) ning shaxsiy kotibi, xalifa Yusuf (1163—84) ning vaziri va tabibi boʻlgan. "Hayy ibn Yaqzon" ("Yaqzon oʻgʻli Hayy") kitobi oʻrta asr falsafasi va arab mumtoz adabiyotining nodir yodgorligidir. Asar dastlab lotin tiliga, soʻngra Yevropa va baʼzi Sharq tillariga tarjima qilingan. D. Defoning "Robinzon Kruzo" romani bilan I. T. asari syujetida umumiy oʻxshashliklar mavjud.

Manbalar tahrir