Ibrohim Ujani
Ujaniylik Muhammad Ibrohim (bengalcha: মুহম্মদ ইব্রাহীম উজানী; 1863 — 1943) Bengal Deobandi olimi va Jamia Islamia Ibrohimiya asoschisi edi. U Rashid Ahmad Gangohiyning katta shogirdi, uning xalifasi Sayid Muhammad Ishoq esa Charmonai Darbarning asoschisi boʻlgan.
Muhammad Ibrahim Ujani | |
---|---|
ইব্রাহীম উজানী | |
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 1863 |
Vafoti |
1943-yil |
Dini | Islom |
Farzandlari | 18 |
Ota-onasi |
|
Mazhab | Sunniy |
Yurisprudensiya | Hanafiylik |
Imom | Moturidiylik |
Oqim | Deobandiy |
Mashhur ish(lar)i | Jamiya Islamiya Ibrahimiya |
Alma mater |
Kalkutta Alia Madrasasi As-Savlatiya madrasasi |
Ustozlar | Qori Baraksus |
Tariqat | Chishti (Sabiri-Imdadi) |
Ilk faoliyati va taʼlimi
tahrirIbrohim 1863-yilda Bengaliya prezidentligining Noaxali shahridagi Nalua qishlogʻida bengal musulmon oilasida tugʻilgan. Otasining ismi Muhammad Panah Mian edi[1]. Uning boshlangʻich taʼlimi oʻz mahallasida boshlangan, u yerda arab va fors tillarini oʻrgangan. Keyinchalik Muhammad Ibrohim Kalkutta Alia madrasasida tahsil oladi, soʻngra Arabistonning Makka shahridagi as-Savlatiya madrasasiga oʻqishga kiradi. U Makkada turk olimi Qori Baraksusdan qiroat ilmini ham o‘rgangan.
Faoliyati
tahrirMakkada boʻlganida, Ibrohimning Qur’on tilovatini Makka hokimi eshitib, unga Madrasa as-Savlatiyada muallimlik qilishni buyuradi. Ibrohim u yerda 12 yil muallimlik qildi[2]. Keyinchalik u Bengaliyaga qaytib keldi va u yerda xotinlaridan biri bilan Chandpurga joylashadi. 1901-yilda Ujani shahrida masjid va Jamia Islamia Ibrohimiya tashkil etadi[3]. Shuningdek, IbrohimRashid Ahmad Gangohiyga ham bay’at qildi. 12 kundan keyin Gangohi Ibrohimga xalifalikni (tasavvuf vorisligini) beradi[1].
Vafoti va merosi
tahrirUjani 1943-yilda Chandpurning Kachua shahridagi uyida vafot etadi. U yerda muallim bo‘lib ishlagan vaqtida Makkalik bir ayolga uylangan edi, u Bengaliyaga qaytib kelganida u bilan yashay boshlaydi. U, shuningdek, Daulatpurlik qizga ham uylangan edi, uning otasi u yerda Qur’on tadbirida uning tilovatini eshitgan. Muhammad Ibrohimning 11 oʻgʻli va 7 qizi boʻlgan. Uning shogirdi Sayid Muhammad Ishoq Charmonai Darbar asoschisi vazifasida faoliyat yuritgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Nizampuri, Ashraf Ali. The Hundred (Bangla Mayer Eksho Kritishontan), 1st, Salman Publishers, 2013 — 29-bet. ISBN 978-112009250-2.
- ↑ Ishaq, Syed Muhammad. হযরত মাওলানা ক্বারী ইবরাহীম সাহেব (রহ)-এর সংক্ষিপ্ত জীবনী. Bangladesh: Al-Eshaq Publications, 2006 — 6-bet.
- ↑ „কচুয়ার উজানীর বার্ষিক মাহফিল শুরু“ (bn). Daily Inqilab (2018-yil 5-yanvar).
Adabiyotlar
tahrir- Amirul Islam. সোনার বাংলা হীরার খনি ৪৫ আউলিয়ার জীবনী (bn). Dhaka: Kohinoor Library, 2012 — 18–23-bet.
- Altaf Husayn. বিশ্ব সেরা ১০০ মুসলিম মনীষী. The Sky Publishers, 2013 — 275–277-bet. ISBN 978-9848260647.
- SM Aminul Islam. বাংলার শত আলেমের জীবনকথা. Baighar, January 2014 — 71–75-bet.
- Abu Zafar. ভারতীয় উপমহাদেশের সুফি-সাধক ও ওলামা মাশায়েখ. Meena Book House, 2017 — 63–67-bet. ISBN 9789849115465.
- Jahangir, Salahuddin. বাংলার বরেণ্য আলেম — ১ম খণ্ড. Maktabatul Azhar, 2017 — 110–118-bet.
- Nizampur, Ashraf Ali. দ্যা হান্ড্রেড (বাংলা মায়ের একশ কৃতিসন্তান). Hathazari: Salman Prakashani, 2013 — 29–31-bet.