Ibrohim eshon Mamatqulov
IBROHIM ESHON MAMATQULOV (1937-2009). 1937 yil Farg‘ona viloyatining Buvayda tumani Oqqo‘rg‘on qishlog‘ida tavallud topgan. Naqshbandiya-mujaddidiyahusayniya tariqati rahbari bo‘lgan. U1956 yili Buxoro shahridagi Mir-Arab madrasasiga o‘qishga kirgan va o‘sha yili Toshkentda ochilgan Baroqxon madrasasiga o‘qishni ko‘chirib o‘tkazgan. Ammo o‘qishni tugata olmagan. 1950-1970 yillarda Janubiy Qozog‘istonning Turkiston tumanida yashagan shayx Abdulvohid Sayramiyda tasavvuf bo‘yicha tahsil olgan.
Ibrohim eshon Mamatqulov | |
---|---|
Tavalludi |
1937 |
Vafoti | 2009 |
Fuqaroligi | O'zbekiston,SSSR |
Kasbi | shayx Ulamo pir |
Faoliyat yillari | 1985-2009 |
Dini | Islom,sunniylik,Naqshbandiy |
Faoliyati
tahrirIbrohim eshon o‘zidagi silsilaga ko‘ra naqshbandiya tariqatining 32-piri hisoblangan. 1985 yil Oqqo‘rg‘onga ko‘chib kelgan va bir necha yil tariqatga rahbarlik qilgan. Ibrohim eshonning shogirdlari (muridlari) Farg‘ona viloyatining Buvayda, Yozyovon, Marg‘ilon, Oltiariq tumanlarida, Toshkent shahri, Samarqand shahri, Kattaqo‘rg‘on va Tayloq tumanlarida, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog‘ tumanlarida ko‘pchilikni tashkil qilgan. Uning tarafdorlari soni 20 mingdan ortiq bo‘lib, izdoshlarining muntazam ko‘payib borishi sabablaridan biri muridlari odatda tarafdorlar yig‘ish jarayonida o‘z yetakchilarini (Ibrohim eshonni) ideal shaxs sifatida ko‘rsata olishi bo‘lgan. Shuningdek, Ibrohim eshonning o‘z hisobidan ziyoratgohlarni taʼmirlash, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qurish hamda shu kabi obodonlashtirish ishlarida ishtirok etishi ham musulmon aholi orasida uning obro‘si oshishiga va tarafdorlari ko‘payishiga sabab bo‘lgan. Ibrohim eshonga yangi bay’at qilganlarga quyida keltirilgan vazifalar buyurilgan, shukri vuzu — 2 rakat (tahorat shukronasi uchun har bir olingan tahoratdan so‘ng o‘qiladigan namoz); tuhfai Rasululloh — 2 rakat (shom namozidan so‘ng o‘qiladi); tahajjud — 2 rakatdan ikki marta, jami 4 rakaat (bomdod namozining vaqti kirmasdan ilgari o‘qiladi); ishroq — 2 rakaat (Quyosh chiqqandan so‘ng o‘qiladi). Yuqoridagilardan tashqari doimiy tahoratda, maxsikalishda, chopon va salla o‘rab yurish tavsiya etilgan. Rasmiy imomlar tomonidan Ibrohim eshon faoliyatidagi shariatning buzilishiga bog‘liq ayrim jihatlarga eʼtirozlar ham bildirilgan. Jumladan, — kechasi tahajjud namozini o‘qish farz (yoki vojib)ligi; — shukri vuzu namozini qaysi vaqtda bo‘lsa ham o‘qib olish zarurligi — pirga qo‘l berganning oldingi gunohlari kechiriladi, qazo bo‘lgan (qoldirilgan) namozni o‘qimasa ham bo‘laveradi, deganlari; — murididan boshqa kishining to‘y-marakalariga bormaslik; — rasmiy imomlarning amru maʼruflarini mensimaslik. Bundan tashqari ayrim muridlar tomonidan ham mutaassibona xatti-harakatlar namoyon bo‘layotgani maʼlum bo‘lgan. Masalan, Ibrohim eshonning tahoratidan qolgan suvni tabarruk deb isteʼmol qilish, pirning uyi tomoniga oyoq uzatish qiblaga oyoq uzatishdek gunoh bo‘ladi deb hisoblash, yoki doimiy katta salla, uzun oq ko‘ylak va maxsi-kovushda guruh-guruh bo‘lib yurish kabilar. Ibrohim eshon Mamatqulov 2009 yil vafot etgan[1]..
Manbalar
tahrir- ↑ tasavvuf Atamalari izohli lugʻati, ,Toshkent Islom Universiteti Islomshunoslilk ilmiy-tadqiqot markazi Movarounnahr 2015.