Toʻlqin Ibrohimov
(Ibrohimov Toʻlqin Yoʻlchiboyevichdan yoʻnaltirildi)
Toʻlqin Yoʻlchiboyevich Ibrohimov (1952-yil 4-iyun, Toshkent viloyati Chirchiq shahri) — ilgʻor transport xodimi, Oʻzbekiston Qahramoni (2005). Mehnat faoliyatini 1973-yilda Toshkent teplovoz deposida mashinist yordamchisi sifatida boshlagan. Toshkent teplovoz deposi teplovoz mashinisti yordamchisi (1973—1975), mashinisti (1977—1988), 1988-yildan „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ kompaniyasining „Oʻzbekiston“ lokomotiv deposida 1-klass teplovoz mashinisti. Ibrohimov mehnat faoliyati davomida teplovozlarning joriy taʼmir davrini uzaytirish, yoqilgʻini tejash, harakat xavfsizligini taʼminlash, yuk tashish topshiriqlarini benuqson oshirib bajarishda muhim yutuqlarga erishgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |