Hafiza Ibrohimova (1927 - Fargʻona — 1967) — Oʻzbekiston xalq artisti (1967). 15 yoshida Fargʻonadagi "Kooperativ" artelida ishlab, shu yerdagi havaskorlar toʻgaragiga qatnashgan. 1946 yil dan Fargʻona viloyati musiqali drama va komediya teatrida aktrisa. Eng yaxshi rollari: Obida ("Muqimiy"), Sanam ("Aziz va Sanam"), Zulxumor ("Ravshan va Zulxumor"), Qumri ("Qum-rining murodi"), Gulsara ("Gulsara"), Zuhra ("Tohir va Zuxra") va b. Qahramonning lirik, psixologik kechinmalarini ochib berishda hayotiy va ishonarli talqin, mahorat va tabiiylik I. ijodiga xos.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil