Igor Mixaylovich Zaxarin (29-dekabr 1951-yil – 8-iyun 2020-yil[1]) – sovet futbolchisi, yarim himoyachi ampulasida oʻynagan. Rostovning Rostselmash va SKA klublaridagi oʻyinlari bilan muhlislar eʼtiboriga tushgan.

Igor Zaxarin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Igor Zaxarin Mixaylovich
Tavallud sanasi 1951-yil 29-dekabr
Vafot sanasi 2020-yil
Ampluasi Yarimhimoyachi

1973-yilda u oʻz faoliyatini SKA Rostov-Don klubida oʻrinbosarlar tarkibida oʻynashdan boshlagan. 1974-yilgi mavsumda u asosiy tarkibda 12 ta oʻyin oʻtkazgan va klubning SSSR chempionatining elit divizioniga koʻtarilishiga yordam bergan. 1975-yilgi mavsumda u oliy ligada 5 ta oʻyin oʻtkazgan[2], lekin klubning oliy liga oʻyinlarida jon saqlab qolishga yordam bera olmagan va 1976-yilgi mavsumni birinchi ligada oʻtkazishgan, asosiy jamoa oʻyinchisiga aylangach maydonga doimiy ravishda tusha boshlagan. Igor umumiy hisobda 28 ta chempionat oʻyinlarida maydonga tushgan.

1977-yilda u „Rostselmash“ klubiga qoʻshilgan va darhol asosiy jamoa tarkibidan joy olgan. Oʻsha mavsumda klub ikkinchi ligada oʻynagan. Toʻrt mavsum davomida Igor 143 oʻyinda 43 gol urgan. Bu natija uni klubning barcha vaqtlardagi eng yaxshi oʻnta toʻpurarlari qatoriga olib kirgan. Igor 1979-yilgi SSSR chempionati ikkinchi ligasida eng yaxshi toʻpurar boʻlgan (44 oʻyinda 22 gol)[3].

Saksoninchi yillarning boshlarida Igor SSSR birinchi ligasida Oʻzbekiston nomidan ishtirok etadigan Jizzaxning „Boʻston“, ikkinchi ligada Yangiariqning "Xorazm" va " Xiva " klublarida ham toʻp surgan.

Umumiy hisobda futbolchilik faoliyati davomida Igor Zaxarin 235 ta oʻyin oʻtkazib, 58 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan.

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, „Metallurg“ klubi hamda „Krasniy Sulin“ jamoasida administrator lavozimida ishlagan[3].

Manbalar tahrir

  1. „Ушёл из жизни Игорь Захарин“. 2020-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-iyun.
  2. „Захарьин Игорь Михайлович - игры“. footballfacts.ru. 2020-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-iyun.
  3. 3,0 3,1 „РРООФФ — Ушел из жизни Игорь Захарин“. rrooff.ru. 2020-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-iyun.