Ihlas Bebou (talaffuzi: Ixlas Bebu; 1994-yil 23-aprelda Togoning Sokoda shahrida tugʻilgan) — togolik nemis millatiga mansub futbolchi, „Hoffenheim“ futbol klubi va Togo terma jamoasining vingeri.

Ihlas Bebou
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 23-aprel 1994-yil (1994-04-23) (29 yosh)
Tavallud joyi Sokodé, Togo
Boʻyi 1.85
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
1899 Hoffenheim
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—2009 Garather SV
2009—2011 VfB 03 Hilden
2011—2015 Fortuna Düsseldorf
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2015 Fortuna Düsseldorf II 11 (5)
2015—2017 Fortuna Düsseldorf 69 (11)
2017—2019 Hannover 96 42 (9)
2019— 1899 Hoffenheim 84 (22)
Milliy terma jamoa
2016— Togo 19 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(10-dekabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2019-yil 10-oktyabr uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Ihlas Bebou „Fortuna“ futbol klubi bitiruvchisi. Futbolchi 2013-yil 15-sentyabrda Drezdenning „Dinamo“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Ihlas Bebou Ikkinchi Bundesligada debyut qilgan[1]. Shu bilan bir qatorda, Ihlas Bebou 2015-yil 17-aprelda „Ingolstadt 04“ futbol klubiga qarshi bahsda „Fortuna“ futbol klubi safida birinchi golini raqib darvozasiga kiritgan[2].

2017-yilning yozida Ihlas Bebou „Hannover 96“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan va 4 yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 5 million yevroni tashkil qilgan[3]. 9-sentyabr kuni Ihlas Bebou Bundesligadagi debyutini „Wolfsburg“ futbol klubiga qarshi o‘tkazgan[4]. Shuningdek, Ihlas Bebou 15-sentyabr kuni „Hamburg“ futbol klubiga qarshi bahsda „Hannover 96“ futbol klubi safida birinchi golini urgan[5].

Xalqaro faoliyati tahrir

2016-yilning 4-sentyabr kuni Ihlas Bebou Togo terma jamoasi safida Jibutiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan.

2017-yil boshida Ihlas Bebou Togo milliy terma jamoasi tarkibida Gabonda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etgan[6][7]. Turnirda Ihlas Bebou Kot-d’Ivuar, Marokash va Kongo Demokratik Respublikasi jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Statistikasi tahrir

No. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 10-oktyabr 2019-yil Stade Parsemain, Fos-sur-Mer, France CPV 1-0 1-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Manbalar tahrir

  1. „Фортуна Дюссельдорф VS. Динамо Дрезден 1:1“ (en). soccerway.com (2013-09—15). 2017-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-fevral.
  2. „Ингольштадт 04 VS. Фортуна Дюссельдорф 3:2“ (en). soccerway.com (2015-04—17). 2017-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-fevral.
  3. „«Ганновер» приобрел хавбека «Фортуны» Бебу за 5 млн евро“ (ru). sports.ru (2017-08—31). 2017-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-avgust.
  4. „Вольфсбург VS. Ганновер 96 1:1“ (en). soccerway.com (2017-09—09). 2017-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-oktyabr.
  5. „Ганновер 96 VS. Гамбург 2:0“ (en). soccerway.com (2017-09—15). 2017-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-oktyabr.
  6. „Кот-д’Ивуар VS. Того 0:0“ (en). soccerway.com (2017-01—16). 2017-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-fevral.
  7. „Марокко VS. Того 3:1“ (en). soccerway.com (2017-01—20). 2018-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-fevral.