Ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi

Ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi – ijro hokimiyatining boshligʻi qoidaga koʻra, prezidentlik respublikalarida prezident (AQSH Konstitutsiyasining 2-moddasi) hisoblanadi [1]. Parlamentar respublikalarda ijro etuvchi hokimiyatning oliy oʻrgani boʻlgan hukumatning boshligʻi Bosh vazir hisoblanadi. Koʻpchilik davlatlar Konstitutsiyalariga koʻra ijro hokimiyatining boshligʻi davlat boshligʻi, yaʼni prezident yoki monarx (masalan, AQSHda) hisoblanadi. Yarim prezidentlik, yarim parlamentlar respublikalarda hukumat boshligʻi-Bosh vazir, kansler deb qaraladi. Parlamentlar respublikalarda qoidaga koʻra, ijro hokimiyatining boshligʻi etib davlat rahbari tomonidan parlamentda koʻpchilik oʻringa ega boʻlgan partiyaning sardori yoki koalitsion hukumat tarkibidagi partiyalar sardorlaridan biri tayinlanadi [2].

Manbalar

tahrir
  1. AQSH Konstitutsiyasi
  2. Toychiyev, N., ed (2009). "Ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi". Oʻzbekiston yuridik ensiklopediyasi. Toshkent: „Adolat“ nashriyoti. p. 203.