Two Sisters (On the Terrace)

(Ikki opa-singildan yoʻnaltirildi)

Two Sisters yoki On the Terrace (fransuzcha: Les Deux Sœurs yoki Sur la terrasse) — fransuz rassomi Pierre-Auguste Renoir tomonidan 1881-yilda moyboʻyoqda chizilgan hamda Chikago sanʼat instituti kolleksiyasida saqlanayotgan kartina. Kartinaning hajmi 100.5 sm ×81 sm. Two Sisters (fransuzcha: Les Deux Sœurs) nomi muallif Renoir tomonidan va On the Terrace (fransuzcha: Sur la terrasse) nomi esa ushbu asarning ilk egasi Paul Durant-Ruel tomonidan qoʻyilgan.

Ikki opa-singil
(fransuzcha: Les Deux Sœurs)
: '
Rassom Pierre-Auguste Renoir
Yil 1881
Oqim Moybo'yoq tasviri
Joylashuvi Chikago san'at instituti, Chikago

Renoir ushbu kartinani chizishda Parijning g‘arbiy qismida, Chatoudagi Sena orolida joylashgan Maison Fournaise restoranining ayvonidan foydalangan. Rasmda yosh ayol singlisi bilan tashqarida oʻtirgani tasvirlangan. Opa-singillar ortida esa Sena daryosi tasvirlangan[1].

Oʻsha davrda 18 yoshli aktrisa boʻlgan Jeanne Darlot (1863—1914) „opa“ obrazini gavdalantirishga yordam bergan, lekin „singil“ obrazidagi qizaloq kimligi nomaʼlum[2].

Renoir kartina ustida ishlashni 1881-yilning aprel oyida boshlagan va u 1881-yil 7-iyulda Paul Durant-Ruel tomonidan 1,500 frankka sotib olingan[3]. Kartina birinchi marta 1882-yilning bahorida boʻlib oʻtgan 7-impressionistlar koʻrgazmasida namoyish etilgan. 1883-yilda kartina sanʼat asarlari kolleksioneri hamda nashriyotchi Charles Ephrussi kolleksiyasiga qoʻshilgan, lekin 1892-yilda u yana Durant-Ruel oilasiga qaytarib berilgan.

1925-yilda kartina chikagolik Annie Swan Coburnga 100,000 dollarga sotilgan. U oʻlimidan oldin, 1932-yilda kartinani 1933-yildan beri saqlanib kelinayotgan Chikago sanʼat institutiga vasiyat qilib qoldirgan.

Manbalar

tahrir