Sena (daryo)
Sena (fransuzcha: Seine) — Fransiyadagi daryo. Uzunligi 776 km, havzasining maydoni 78,6 ming km². Parij havzasi tekisligidan oqib oʻtib, LaMansh boʻgʻozining Sena buxtasiga quyiladi. Asosiy irmoklari: Marna, Uaza. Oʻrtacha suv sarfi 450 m³/sek., qishda suvi koʻpayadi. Trua shahridan boshlab kema qatnaydi. Kanallar orqali Shelda, Maas, Reyn, Sona, Luara daryolari bilan bogʻlangan. S. Fransiyaning eng muhim suv yoʻli. S. boʻyida Parij, Ruan sh.lari joylashgan. Estuariysida Gavr dengiz porti bor[1].
Sena (daryo) | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 776,67 |
Suv sarfi | 500 m³/s |
Davlat | Fransiya |
Sena (daryo) |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |