Ikrom Berdiyev
Berdiyev Ikrom Nugmonovich (23-iyun 1974, Chirchiq) – oʻzbekistonlik bokschi, 2002-yil „Oʻzbekiston iftixori“ va xalqaro miqyosdagi sport ustasi unvoni sohibi boʻlgan. 81 kg vazn toifasida Oʻzbekistonning 2000-yil va 2001-yilgi chempioni, Boks boʻyicha 1997-yilgi Osiyo Chempionati chempioni hamda Boks boʻyicha 2002-yilgi Osiyo Chempionati kumush medal sohibi, Pusanda tashkil etilgan 2002-yilgi Osiyo oʻyinlari chempioni, 2003-yilgi Afri-Osiyo oʻyinlari bronza medali sovrindori. 1997-yilda Oʻzbekiston Jismoniy Tarbiya Institutini tugatgan, 1997-yildan Chirchiq shahri ichki ishlar boʻlimining inspektori lavozimida ishlagan. 2004-2006-yillarda professional bokschi sifatida faoliyat yuritgan.
Ikrom Berdiyev | |||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Statistikasi | |||||||||||||||||||||||||||||
Vazn toifasi | 81 kg | ||||||||||||||||||||||||||||
Boʻyi | 183 sm | ||||||||||||||||||||||||||||
Fuqaroligi | Oʻzbekiston | ||||||||||||||||||||||||||||
Tavalludi |
23-iyun 1974-yil Chirchiq, Oʻzbekiston SSR | ||||||||||||||||||||||||||||
Medallari va yutuqlari
|