Ikromxoja madrasasi
Ikromxoja madrasasi — Buxoro madrasasi. Hozirgi kunda madrasa saqlanib qolmagan.
Ikromxoja madrasasi 1898-yilda Ikromxoʻja guzarida[1], Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Abdulahadxon davrida, Ikromxoja tomonidan bunyod etilgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch va ganchdan qurilgan boʻlib, 4 ta xom gʻisht va yogʻochdan hujralar va 1 ta darsxonasi mavjud boʻlgan. Madrasa gʻarbida Mirzaxoja hovlisi, shimolida qabriston va Sharofatoy binti Qurbonoy hovlisi, sharqida Idrisxoja hovlisi, janubida esa guzar masjidi boʻlgan. Voqif madrasa uchun Azizon guzaridagi ikkita doʻkonni va ikkichi qavatidagi 4 hujrali saroyni, Buxoro shahri Shimoli rudda Qasri ishrat mavzesidagi 14 tanob yerni vaqf qilgan. Madrasaga Ikromxojaning oʻzi mutavvali boʻlib, u vafot etganidan soʻng ushbu vazifani uning avlodlari bajarishgan. Ushbu madrasada toʻqqiz nafar talaba tahsil olgan. Ikromxoʻja madrasasi vaqf hujjati oʻlchami 33,5 x 179 smni tashkil etib, tili forsiy nastaliqda yozilgan. Ushbu vaqf hujjati Buxoro amiri Amir Abdulahadxon davrida, qozi ul-quzzot Mir Badriddin va boshqa amaldorlar muhri bilan tasdiqlangan[2]. Sadri Ziyo Ikromxoja madrasasida 5 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[3].
Ikromxoja madrasasi 4 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.
Madrasa | |
Ikromxoja madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Ikromxoja |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Ikromxoja |
Asosiy sana: 1898-yil
| |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 4 ta |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Manbalar
tahrir- ↑ Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet.
- ↑ Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.
- ↑ Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122-bet.