Ikusaka (yaponcha: 生坂村 Ikusaka-mura?) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-dekabr holatiga koʻra, qishloqda 721 ta xonadonda 1743 nafar aholi istiqomat qilgan[1] va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 44,6 nafardan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 39,05 kvadrat kilometr (15,08 mi²) ni tashkil etadi.

Ikusaka

生坂村
Qishloq
Skyline of Ikusaka
Ikusaka
Bayroq
Ikusaka
Gerb
36°25′30.7″N 137°55′39.1″E / 36.425194°N 137.927528°E / 36.425194; 137.927528
Mamlakat Yaponiya
{{{mintaqa_turi}}} Chubu viloyati
Asos solingan 1-aprel 1889-yil
Maydon 39.05 km2 (15.08 kv mi)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2019-yil dekabr)
1 743
Zichligi 45 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Ikusaka xaritada
Ikusaka
Ikusaka
Sanseijibashi koʻprigi

Geografiyasi

tahrir

Ikusaka Nagano prefekturasining markazida joylashgan. Ikusaka toʻgʻoni va Taira toʻgʻoni ham qishloq hududida bunyod etilgan.

Atrofdagi munitsipalitetlar

tahrir

Iqlimi

tahrir

Qishloq issiq va nam yoz va sovuq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Ikusakada oʻrtacha yillik harorat 11,5 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1148 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 24,8 °C, eng past harorati esa yanvarda, −1,1 °C atrofida boʻladi[2].

Demografiyasi

tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Ikusaka aholisi soni soʻnggi 60 yil ichida taxminan uchdan ikki qismga kamaygan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
19604,855—    
19703,684−24.1%
19803,142−14.7%
19902,738−12.9%
20002,416−11.8%
20101,953−19.2%
20201,639−16.1%

Tarixi

tahrir

Hozirgi Ikusaka hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Hudud Edo davrida Matsumoto domenining bir qismi hisoblangan. Ikusaka qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan.

Iqtisodiyoti

tahrir

Qishloq iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga asoslangan boʻlib, asosiy ekin tamaki hisoblanadi.

Taʼlim tizimi

tahrir

Ikusakada qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Qishloqda yuqori maktab mavjud emas.

Transporti

tahrir

Temir yoʻl

tahrir

Qishloqda yoʻlovchi temir yoʻli mavjud emas.

Magistral yoʻl

tahrir
  • Milliy yoʻnalish 19

Galereya

tahrir
Ikusakadagi manumentlar

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir