Ilhom Neʼmatov

(Ilhom Neʻmatovdan yoʻnaltirildi)

Neʼmatov Ilhomjon To‘ychiyevich (1952-yil, Namangan) — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari[1].

Neʼmatov Ilhomjon Toʻychiyevich
Neʼmatov Ilhomjon Toʻychiyevich
 
Tavalludi: 1-may 1952 (1952-05-01) (68 yosh)
Namangan, OʻzSSR

BiografiyaTahrirlash

  • 1952-yil 1-mayda Namangan viloyatida tug‘ilgan.
  • 1973-yili Fargʻona politexnika institutini tamomladi.
  • 1992-yili SSSR TIV Diplomatik akademiyasini tamomladi. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.
  • 1973-1974 — Qurolli Kuchlar safida xizmat.
  • 1975-1989 — Namangan viloyatining qurilish tashkilotlari, partiya va jamoatchilik organlarida rahbar lavozimlarida ishladi.
  • 1989-1992 — SSSR (Rossiya) Tashqi ishlar vazirligi diplomatik akademiyasi tinglovchisi.
  • 1992-1993 — Konsullik boshqarmasida boʻlim boshligʻi, Ishlar boshqarmasi boshligʻi.
  • 1993-1995 — Oʻzbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi 1-kotibi, maslahatchi-vakili.
  • 1995-1996 — Oʻzbekiston Respublikasi TIV Konsullik boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.
  • 1996-1997 — Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi bosh konsultanti.
  • 1997-1999 — O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
  • 1999-2008 — Tashqi ishlar vazirining maslahatchisi, oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasining ShHTdagi milliy koordinatori.
  • 2008-2010 — Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
  • 2010-2013 — Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
  • 2010-2013 — Oʻzbekiston Respublikasining qarorgohi Vashingtonda joylashgan Braziliya va Kanadadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
  • 2013-2014 — Oʻzbekiston Respublikasi TIVning Alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi.
  • 2014-2016 — „GM Uzbekistan“ AJ Bosh direktori maslahatchisi.
  • 2016-2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining alohida topshiriqlar boʻyicha elchisi.
  • 2018-yildan 2020-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.
  • 2020-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.
  • Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik martabasiga ega.
  • Ingliz, rus va nemis tillarini biladi. Oilali, uch farzandi bor.

ManbalarTahrirlash