Ilhom Azizaga ogli Zakiyev (ozarbayjoncha: İlham Əzizağa oğlu Zəkiyev; 1980-yil 3-mart, Sumgait ) — Ozarbayjonlik paralimpiya-dzyudochisi, 100 kilogramm va undan ortiq vazn toifasida va B1 ko‘zi ojizlar toifasida (umuman ko‘zi ojizlik) bellashadi, besh marta Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, ikki karra Paralimpiya chempioni (2004—2008-yillarda), 2012—2020-yillardagi Paralimpiya o‘yinlarining bronza medali sovrindori, jahon chempioni (2007) va Jahon o‘yinlari g‘olibi (2010), shaxsiy bahslarda sakkiz karra Yevropa chempioni ( 2005, 2007, 2009, 2011, 2013, 2015, 2017, 2022), 2015-yil I Yevropa o‘yinlari chempioni, umumjamoa hisobida Yevropa chempioni (2019), Ozarbayjon Milliy Paralimpiya qo‘mitasi vise-prezidenti, Ozarbayjonda dzyudo bo‘yicha xizmat ko‘rsatgan sport ustasi, yettinchi dan sohibi.

Ikki marta “Shuhrat”, “Vatanga xizmatlari uchun” 1 va 3-darajali ordenlari va “Taraqqiyot” medali bilan taqdirlangan. U 2008-yil Pekindagi yozgi Paralimpiya o‘yinlari[1], 2012-yilgi London va 2016-yilgi Rio-de-Janeyrodagi o‘yinlarning ochilish marosimida Ozarbayjon terma jamoasining bayroqdori bo‘lgan. O‘z uyida Ilhom Zakiyevni qahramon deb bilishadi. Armiyada xizmat vazifasini o‘tayotganda boshidan o‘q yeb, ko‘r bo‘lib qolganidan so‘ng dzyudo bilan jiddiy shug‘ullana boshlaydi[2].

Tarjimai hol tahrir

Bolalik va o‘smirlik tahrir

Ilhom Zakiyev 1980-yil 3-martda Ozarbayjon SSR Sumg‘ayit shahrida ishchi Azizog‘a Zakiyev oilasida dunyoga keladi. Ilhomning uchta akasi va bir opasi bor, ularning kenjasi Ilhom bo‘ladi. O‘rta ta’limni Sumg‘ayit shahridagi 5-maktabda oladi. Fikret Zakiyev Ilhomdan uch yosh katta akasi kurashchi.  Uning say’-harakati bilan Ilhom ham sportga qiziqa boshlaydi[3] .

 
Ahmaddin Rajabli, uning rahbarligida Zakiyev dzyudo bilan shug‘ullana boshlagan va keyinchalik ikki marta Paralimpiya chempioni bo‘lgan

Ilhom 15 yoshidan boshlab, 19811989-yillarda Ozarbayjon SSR dzyudo terma jamoasini boshqargan respublikada xizmat ko‘rsatgan murabbiy Ahmeddin Rajabli qo‘l ostida Mehdi Husaynzoda nomidagi Sumg‘ayit stadionida dzyudo bilan shug‘ullana boshladi. Qisqa vaqt ichida Ilhom muvaffaqiyatga erisha boshladi, Sumg‘ait chempioni, dzyudo bo‘yicha Ozarbayjon yoshlar chempionati g‘olibi va sambo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi mamlakat chempioni bo‘ladi[4] .

1998-yilda bo‘lajak og‘ir vaznli-dzyudochi Ilhom Zakiyev Butunjahon o‘smirlar o‘yinlariga Moskvaga borishi kerak edi, ammo uni musobaqaga olishmadi va shundan keyin u armiyaga jo‘naydi.

Harbiy xizmat. Ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish tahrir

Ilhom uchun armiyada xizmat qilishdan oldin so‘nggi musobaqa 1998-yilda bo‘lib o‘tgan, o‘sha mahalda u iyunda dzyudo bo‘yicha mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan[5]. Xuddi shu yilning 2-iyulida Ozarbayjon Respublikasi qurolli kuchlari safiga xizmat qilish uchun jo‘nab ketadi. Xizmat Fizuli viloyatida, Armaniston va Ozarbayjon qurolli kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi. Murabbiyning aytishicha, Ilhom Zakiyevni hamkasblari alohida hurmat qilishgan, rahbariyat ham ulardan mamnun edi. Jismoniy jihatdan u tengdoshlaridan ajralib turardi. Shu bois u chegarachilar safiga yoziladi[6].  

1999-yil 9-fevralda Fuzuli tumani Ashagi Abdurahmonli qishlog‘ida jangovar topshiriqni bajarayotib, Zakiyev boshidan og‘ir yaralanadi; arman snayperining o‘qi chap Quloqdan peshonagacha miya suyagining bir qismiga kirib, o‘ng tomondan chiqadi[6][8][7]. Besh kun davomida Zakiyev komada yotadi. Uning tirik qolishiga umid yo‘q edi, lekin beshinchi kuni Zakiyev onasining chaqirayotgan ovozini eshitib, tuman kasalxonasida uyg‘onadi. Biroq, u ko‘zini ochganda, u hech narsani ko‘rmadi. Ma’lum bo‘lishicha, Zakiyev ko‘r bo‘lib qolgan edi.

Shifokorlarning fikricha, Zakiyevning bunday jarohatdan so‘ng tirik qolgani moʻjizadir. Qorabog‘lik birinchi guruh nogiron bo‘lib uyiga qaytadi[8].

Katta sportga qaytishi va kelgusi sport faoliyati tahrir

2000-yil tahrir

 
Zakiyev 2004-yil Afinadagi Paralimpiya o‘yinlari taqdirlash marosimida

2002-yilning noyabrida Zakiyev o‘zining sobiq murabbiyi Ahmeddin Rajabli qo‘lida mashg‘ulotlarni qayta boshladi. U 2003-yilda Kanadaning Kvebek shahrida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi sportchilar o‘rtasidagi II Butunjahon o‘yinlarida ishtirok etishi kerak edi. Ushbu musobaqaning ahamiyati 2004-yilgi Paralimpiya o‘yinlariga llanmani qo‘l ga kiritish imkonini berishi kerak edi. Ushbu jahon chempionati Ilhom Zakiyev uchun ko‘rish qobiliyatidan mahrum bo‘lganidan keyingi ilk musobaqa bo‘ldi. Zakiyevning ham tayyorgarligi unchalik yuqori emasdi. Shunga qaramay, Ilhom o‘yinlarda bronza medalini qo‘lga kiritib, faqat yarim finalda kubalik Rafayel Torres Pompega imkoniyatni qo‘ldan boy beradi va Afinadagi Paralimpiya o‘yinlarida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.

Ilhom Zakiyev 2004-yilgi Paralimpiya o‘yinlarida Ozarbayjon sharafini himoya qilgan yagona dzyudochi edi. Kvebekdagi chiqishlaridan buyon Zakiyevning murabbiyi Ahmaddin Rajabli o‘z shogirdi vaznini 107 kilogrammdan 118 kilogrammgacha ko‘taradi. Rossiyaning Ano Liosia Olimpiya zalida dzyudo bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tadi. Musobaqadagi birinchi to‘qnashuv kubalik sportchi bilan bo‘lib o‘tadi va Zakiyev Kvebekda mag‘lub bo‘ladi. Biroq Gresiyada Ilhom bor-yo‘g‘i 1 daqiqa-yu 40 soniyada g‘alaba qozonadi. Yarim finalda esa u ispaniyalik sportchini 37 soniyada mag‘lub etadi. Finalda Zakiyev Buyuk Britaniyadan kelgan sportchini 1 daqiqa 2 soniyada ippon uloqtirishda mag‘lub qiladi. Shu tariqa Ilhom Zakiyev Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘ladi[9] .

Oradan bir yil o‘tib, Gollandiyaning Vlaardingen shahrida Ilhom Zakiyev finalda fransiyalik dzyudochi Juliyen Turinni mag‘lubiyatga uchratib, Yevropa chempioni bo‘ladi, 2006-yili Fransiyaning Bromma shahridagi jahon chempionatida uchinchi o‘rinni egallab, bronza medaliga sazovor bo‘ladi. umumjamoa hisobida (shaxsiy bahsda u startda kubalik Ximenesga, taskin beruvchi bahsda esa fransuz Turinga imkoniyatni boy berib qo‘yadi)[10]. 2007-yilda Bokuda bo‘lib o‘tgan lisenziyalangan Uvropa chempionatida Zakiyev ikki karra Yevropa chempioni bo‘ladi. Ayna shu yili Braziliyadagi Butunjahon o‘yinlari g‘olibi bo‘ladi[11]. Zakiyevning Braziliyadagi birinchi raqibi xitoylik Van Sun bo‘lib, u o‘tgan yilgi jahon chempionatida jamoaviy chempionatda Zakiyevni mag‘lub etgandi. Ilhom uni bu safar va muddatidan oldin uni yengdi.  Ikkinchi jangda Zakiyevga Yevropa chempionati finalida ikki marta yutqizgan fransuz Juliyen Torin raqiblik qiladi. Braziliyada chorak final bosqichida Zakiyev yana kuchli ekanligini isbotladi. Keyin u ilgari to‘qnashmagan amerikalik Greg Duval bilan olishuvi kutilgandi, ammo Duval Zakiyevning kurash uslubini bilar edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Zakiyev uchun u bilan oldingi ikki raqibga qaraganda qiyinroq bo‘lgan, ammo bahs yakunida ippon bilan ozarbayjonlik sportchi foydasiga hal etiladi. Nihoyat, finalda Zakiyevning raqibi kubalik Yangalini Ximenes tushadi, u Zakiyevni so‘nggi jahon chempionatida mag‘lub etgan va haqiqatan ham revansh olishni istagandi. Va u bu muvaffaqiyatga erishadi[12].

 
Ilhom Zakiyev 2008-yiligi Pekin Paralimpiadasida

2008-yilda Zakiyev Pekinda o‘tkazilgan ikkinchi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi. 100 va undan ortiq kilogramm vazn toifasida chiqqan Ilhom o‘z bahslarini dastlab fransiyalik Juliyen Turinni atigi besh soniyada ippon bilan mag‘lub etishdan boshladi. Bu esa unga yarim final chiqish yo‘lini ochib beradi va u Koreya Respublikasi vakili Pak Jun Minni bir zumda mag‘lub etadi. Nihoyat, finalda Ilhom Zakiyev mahalliy, xitoylik dzyudochi Van Sun ustidan g‘alaba qozonib, Paralimpiya o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritadi. Shunday qilib, Ilhom Zakiyev ikki karra Paralimpiya chempioni bo‘ladi[13].

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning 2008-yil 5-fevraldagi farmoni bilan Ilhom Zakiyevga 2002-yilda maxsus ta’sis etilgan Olimpiya stipendiyasi beriladi. O‘sha yilning 25-dekabrida Ozarbayjon sportini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Ilhom Zakiyev Prezident farmoni bilan “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlanadi[14] .

2009-yilda Ilhom Zakiyev Debresenda bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida g‘olib bo‘ladi. Shu bilan u uch karra Yevropa chempioniga aylanadi. Aynan shu yili u xizmat ko‘rsatgan sport ustasi unvonini ham oladi[15].

2010-yil tahrir

 
Xalqaro dzyudo federasiyasining sport ishlari bo‘yicha bosh direktori Vladimir Barta Ilhom Zakiyevga beshinchi danlik diplomini topshiradi. 2011-yil 7-may, Boku

2010-yil yanvar oyida Zakiyev Geydelbergdagi Germaniya ochiq chempionatida g‘alaba qozonadi[16]. Aynan shu yili Turkiyaning Antaliya shahrida Ilhom Zakiyev jahon chempioni bo‘ladi.

 
Zakiyev kanadalik Toni Uolbi bilan tasalli bahsida 2012-yilgi London Paralimpiya o‘yinlarida

2011-yilda xuddi shu Antaliyada bo‘lib o‘tgan Jahon o‘yinlarida Zakiyev 2012-yilgi Paralimpiya o‘yinlariga lisenziya ochkolarini qo‘lga kiritib, ikkinchi o‘rinni egalladi.

2011-yil may oyida Bokudagi Gran-prining ikkinchi kunida Xalqaro dzyudo federasiyasining sport bo‘yicha bosh direktori Vladimir Barta Ilhom Zakiyevga beshinchi dan diplomini topshiradi [17] .

Mazkur yilning 19-noyabrida Zakiyev 2012-yilgi Paralimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanma ochkolarini qo‘lga kiritib, Yevropa chempioni bo‘ladi. 2012-yil may oyida Haydar Aliyev nomidagi jamg‘arma faoliyatining 8 yilligi munosabati bilan Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi Ilhom Zakiyev Haydar Aliyev markazi tomonidan ta’sis etilgan “Qizil chinor” mukofoti bilan taqdirlanadi[18].

1-sentabr kuni Londonda bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida Ilhom chorak finalda yaponiyalik Kento Masakiga yutqazib qo‘ygan bo‘lsa-da, kanadalik Toni Uolbi va braziliyalik Villans Silvalar ustidan tasalli bahslarida g‘alaba qozonib, bronza medalini qo‘lga kiritadi. Xuddi shu yili Ozarbayjon Prezidentining 14-sentabrdagi farmoni bilan Zakiyev “Taraqqiyot” medali bilan taqdirlanadi[19] .

2013-yilning 5-may kuni Bokudagi “Katta dubulg‘a” turnirida Vladimir Barta Ilhom Zakiyevga oltinchi dan diplomini topshiradi[20] .

2013-yil 5-dekabrda Zakiyev Vengriyaning Eger shahridagi Yevropa chempionatida g‘olib chiqadi va shu tariqa besh karra Yevropa chempioni bo‘ladi[21] .

2014-yil aprel oyida dzyudo paralimpiya sporti 2015-yilda Bokuda bo‘lib o‘tadigan 1-Yevropa o‘yinlari dasturiga kiritilgani ma’lum bo‘ladi[22]. Ushbu o‘yinlarda Ilhom Zakiyev Ozarbayjon sharafini himoya qiladi[23].

2015-yilning 4-martida o'yinlar boshlanishidan oldingi 100 kunni ortga hisoblash startiga bag'ishlangan Yevropa o‘yinlari medallari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda kurash bo‘yicha Olimpiya chempioni Namiq Abdullayev va o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari sovrindori Teymur Mammadov bilan birga Ilhom Zakiyev ham ishtirok etdi[24].

2014-yil sentabr oyida Ilhom Zakiyev Kolorado Springsda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ishtirok etdi. Chorak finalda Kento Masakiga yutqazib, atigi 5-o‘rinni egalladi[25] .Andoza:Фоторяд 2015-yilning fevral oyida Zakiyev finalda yaqinda raqibi Kento Masakini mag‘lub etib, Jahon kubogini qo‘lga kiritadi[26]. Zakiyevning ta’kidlashicha,  finalda u “o‘tgan yilgi jahon chempionatidagi mag‘lubiyat uchun yaponiyalik Masaki Kentodan revansh olgan”. Zakiyev Londondagi Paralimpiya o‘yinlarining chorak finalidagi mag‘lubiyati uchun asosiy raqibi bo‘lmish u Rio-de-Janeyroda Masakidan revansh oladi[27]. Vengriyadagi Jahon kubogida g‘olib chiqqan Zakiyev 2016-yilda Rioda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etishga yetarli yo‘llanma ochkolarini qo‘lga kiritadi[28].

2015-yil 12-iyun sanasida Bokudagi I Yevropa o‘yinlarining ochilish marosimida Ilhom Zakiyev o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari g‘olibi tayekvondochi Said Guliyev hamrohligida Olimpiya stadioniga o‘yinlar mash’alasini olib kiradi[29]. 2015-yil 26-iyunda Zakiyev yengil jarohat olishiga qaramay[30], Yevropa o‘yinlari doirasida dzyudo bo‘yicha 90 kg dan yuqori vazn toifasida ishtirok etadi. Ilhom bahslarni yarim finaldan boshlab, Gresiya vakili Klimis Papachristosni mag‘lub etadi. Finalda u ukrainalik Aleksandr Pominov ustidan g‘alabaga erishib, Ozarbayjonga Yevropa o‘yinlarining 18-oltinini keltiradi[31]. Ilhom Zakiyev musobaqalarda qo‘lga kiritgan oltin medalini Prezident Ilhom Aliyev va Ozarbayjon xalqiga bag‘ishlaydi. Taqdirlash marosimida Zakiyev prezidentga shunday dedi: “Janob Prezident, zobit Zakiyev topshirig‘ingizni bajardi. Men sizga ushbu medalni qo‘lga kiritishga so‘z berdim va va’damni bajardim. Ozarbayjon Qurolli Kuchlari kunida uni sizlarga taqdim etaman”[32].

 
Zakiyev bayroqdor sifatida 2016-yilgi Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida

29-iyun kuni Ilhom Zakiyev I Yevropa o‘yinlaridagi yuksak yutuqlari va Ozarbayjonda sportni rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari uchun “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlanadi[33]. 2015-yil 1-iyulda Ilhom Zakiyev Milliy Paralimpiya qo‘mitasining Paralimpiya medali, shuningdek, Boku shahrida bo‘lib o‘tgan I Yevropa o‘yinlarida erishgan yuksak yutuqlari uchun Ozarbayjon Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan ham taqdirlanadi[34].

Shuningdek, ushbu yilning noyabr oyida Zakiyev Portugaliyaning Odivelash shahridagi Yevropa chempionatida g‘alabaga erishadi va shu tariqa olti karra Yevropa chempioni bo‘ladi[35] .

2016-yilda Ilhom Zakiyev Ozarbayjon davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasining Jismoniy tarbiya va sport fakultetini tamomlaydi[36]. Zakiyev 2016-yilda Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan Yozgi Paralimpiya o‘yinlariga dzyudo bo‘yicha Ozarbayjon Paralimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ibrohim Ibragimov bilan tayyorgarlik ko‘radi. Ushbu o‘yinlarning ochilish marosimida Ilhom Zakiyev ham milliy terma jamoa bayroqdori bo‘lgan va marosimning o‘zida milliy libosda maydonga tushgan[37] . Zakiyev birinchi jangida chorak finalda o‘zbekistonlik dzyudochi Odiljon Tulediboyevga ippon hisobida imkoniyatni boy beradi. Birinchi tasalli bahsida u amerikalik Benjamin Gudrichni, ikkinchisida britaniyalik Jek Xojsonni mag‘lub etadi. Biroq bronza uchun jangda Ilhom Zakiyev kubalik Yangalini Ximenesga yutqazib, to‘rtinchi Paralimpiya o‘yinlarini ilk marta medalsiz yakunlaydi[38]. Uning jamoadoshi Ramil Gasimov Zakiyevning omadsiz o‘yini sababini Zakiyevning qon bosimi tushib ketgani va sog‘lig‘ida muammolar borligi bilan izohlaydi[39] .

2016-yil sentabr oyida Ilhom Zakiyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev farmoni bilan “Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining faxriy diplomi” bilan taqdirlanadi[40] . 2017-yil 3-martda Ilhom Zakiyev Ozarbayjon Milliy Paralimpiya qo‘mitasi vise-prezidenti etib tayinlanadi[41] . O‘sha yilning may oyida Boku shahridagi IV Islom birdamlik o‘yinlarida ishtirok etadi. Bu yerda u hal qiluvchi jangda turkiyalik dzyudochi Dursun Xayranni mag‘lub etib, bronza medali bilan taqdirlanadi[42].

2017-yilning avgustida Ilhom Zakiyev yetti karra Yevropa chempioni bo‘ladi. Shunday qilib, Buyuk Britaniyaning Uolsol shahrida o‘tkazilgan qit’a chempionati chorak finalida Zakiyev rossiyalik Abdul Kuramagomedovni qo‘shimcha daqiqalarda, yarim finalda turkiyalik Onur Tastanlar ustidan g‘alaba qozonib, finalga chiqadi. Yana bir finalchi rossiyalik Haydar Haydarov yarim finalda olgan jarohati tufayli u final jangiga chiqa olmadi va Zakiyev chempion unvoniga sazovor bo‘ladi[43] .

2018-yilning yanvar oyida Ilhom Zakiyev Ozarbayjon milliy paralimpiya qo‘mitasi huzuridagi Tartib-intizom komissiyasi raisi etib tayinlanadi[44] .

 
Ilhom Zakiyev uchinchi o‘rin  bahsi uchun gruziyalik Revaz Chikoidze bilan. Boku Gran-prisi 2019

2018-yilning may oyida Ilhom Zakiyev Antaliyadagi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritadi[45]. Xuddi shu yilning sentyabr oyida Bokudagi dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida Xalqaro dzyudo federasiyasining bosh sport direktori Vladimir Barta Ilhom Zakiyevga yettinchi dan diplomini topshiradi[46].Shu bilan birga, Zakiyev Xalqaro dzyudo federasiyasining Shon-sharaf zaliga kiritiladi[47] . 2018-yilning noyabr oyida Zakiyev Odivelash (Lissabon) shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatining bronza medali sovrindori bo‘ladi[48]. Ushbu chempionatda Ozarbayjon erkaklar jamoasi tarkibida Zakiyev jamoaviy turnirning bronza medaliga sazovor bo‘ladi[49] .

2019-yilning mayida Ilhom Zakiyev Boku Gran-prisida 5-o‘rinni egalladi . Mazkur yilning iyulida Genuyadagi Yevropa chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi. Zakiyev birinchi marta qit’a chempionati finalida gruziyalik dzyudochi Revaz Chikoidzega mag‘lub bo‘ladi[50] . Shuningdek, ushbu chempionatda Ozarbayjon aralash jamoasi tarkibida Zakiyev jamoaviy turnirda birinchi o‘rinni egalladi[51]. 2019-yil sentabrda Zakiyev Toshkent Gran-prisida uchinchi o‘rinni oladi[48].

2020-yil tahrir

 
Ilhom Zakiyev 2020-yilgi Paralimpiya o‘yinlaridan bronza medali bilan Bokuga qaytganida

2021-yil 15-fevralda Ozarbayjon Respublikasi Milliy Paralimpiya qo‘mitasining 25 yilligi munosabati bilan Ozarbayjon sportini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun “Vatanga xizmatlari uchun” III darajali ordeni bilan taqdirlanadi [52] .

2021-yilning may oyida Bokudagi paradzyudo bo‘yicha Gran-prida Zakiyev startda kubalik Yordani Fernandeskka, tasalli bahsida turkiyalik Dursun Xayranga imkoniyatni qo‘ldan boy beradi[53] .

2021-yil avgust oyida Ilhom Zakiyev Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etdi, bu uning faoliyatidagi beshinchisi bo‘ladi. Dastlabki bahsda Zakiyev britaniyalik Jek Xojson ustidan g‘alaba qozonadi. Chorak finalda esa janubiy koreyalik Van Gen Choyga mag‘lub bo‘ladi. Ushbu jangda Zakiyev oyoq barmoqlarini sindirib, yengiladi. Bahsdan so‘ng Ilhom Zakiyevni ko‘rikdan o‘tkazgan shifokor undan “yana jang qilasanmi”, deb so‘raganida, Zakiyev shunday javob berdi: “Albatta. Biz g‘oliblar mamlakatidanmiz. Ozarbayjon zobiti esa hech qachon taslim bo‘lmaydi”. Tasalli bahsida Zakiyev yamaykalik Teodor Subbani mag‘lub etadi va bronza medali uchun jang qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Ammo uning raqibi o‘zbekistonlik Shirin Sharipov avvalgi bosqichda taqiqlangan usulni qo‘llagani uchun hakamlar tomonidan diskvalifikasiya qilinadi va Zakiyev bronza medalini qo‘lga kiritadi. Shu tariqa Ilhom Zakiyev Paralimpiya o‘yinlaridagi to‘rtinchi medalini qo‘lga kiritadi[54][55].

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning 2021-yil 6-sentabrdagi farmoyishi bilan Ilhom Zakiyev Tokio shahridagi XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarida erishgan yuksak yutuqlari va Ozarbayjon sporti rivojlanishiga qo‘shgan xizmatlari uchun “Vatanga xizmatlari uchun 1-darajali” ordeni bilan taqdirlanadi[56] .

2022-yilda Ilhom Zakiyev Italiyaning Kalyari shahridagi Yevropa chempionatida sakkizinchi marta g‘alabaga erishadi[57] .

Manbalar tahrir

  1. Официальный сайт Паралимпийского движения. „Flag Bearers Beijing 2008“. www.paralympic.org. 2012-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. (ingl.)
  2. International Judo Federation. „The IJF Honors Great Champions and Coaches in Baku“. Официальный сайт Международной федерации дзюдо (2011-yil 8-may). 2012-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. (ingl.)
  3. Флора Халилзаде. Vətənə xidmətin şərəfli yolu: «Azərbaycan» qəzeti redaksiyasında görüş. : газета. — «Азербайджан», 2009. — Andoza:Бсокр. (ozar.)
  4. Э. Алиев. Медаль, которая может вернуть зрение : газета. — Эхо, 2004. — Andoza:Бсокр. Архивировано 16 dekabr 2004 года.
  5. Ексар Джафаров. Nəsillərə örnək : газета. — «Молодежь Республики», 2010. Архивировано 16 may 2012 года. (ozar.)
  6. Флора Халилзаде. Vətənə xidmətin şərəfli yolu: «Azərbaycan» qəzeti redaksiyasında görüş. : газета. — «Азербайджан», 2009. — Andoza:Бсокр. (ozar.)
  7. „Видеоролик об Ильхаме Закиеве“. 2016-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-sentyabr.
  8. Флора Халилзаде. Vətənə xidmətin şərəfli yolu: «Azərbaycan» qəzeti redaksiyasında görüş. : газета. — «Азербайджан», 2009. — Andoza:Бсокр. (ozar.)
  9. „Results. ATHENS 2004 Paralympic Games. Judo. Men’s Over 100 kg“. www.paralympic.org (2004). 2012-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  10. 2006 IBSA World Judo Championships results. +100 kg(ingl.) // antalya2010.com. Архивировано 15 aprel 2010 года.
  11. Вюсал Элай. Qələbə əzmi. Belədə səhhət problem deyil(ozar.) : газета. — Həftə içi. Архивировано 2 aprel 2015 года. (ozar.)
  12. Победитель всех крупных международных соревнований по дзюдо Ильхам Закиев: «Теперь хочу стать 2-кратным паралимпийским чемпионом». Архивировано 2 aprel 2015 года.
  13. Zakiyev wins Azerbaijan's first Judo gold. — china.org.cn, 2008. Архивировано 20 fevral 2011 года. (ingl.)
  14. „Azərbaycan Respublikasında bədən tərbiyəsi və idmanın inkişafındakı xidmətlərinə görə «Şöhrət» ordeni ilə təltif edilənlər“. www.idman.com.az (2011). 2012-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  15. М.О. Министерство молодежи и спорта Азербайджана наградило спортивных деятелей страны : сайт. — Day.Az, 2009. Архивировано 14 iyul 2014 года.
  16. Национальный паралимпийский комитет Азербайджана. 30 yanvar Almaniyanın Haydelberq şəhərində Beynəlxalq Almaniya Çempionatında iştirak edən 10 nəfər Cüdoçunun 9-u medal qazanmışdır. // Официальный сайт Национального паралимпийского комитета Азербайджана : сайт. — 2010. Архивировано 22 sentyabr 2016 года. (ozar.)
  17. International Judo Federation. „The IJF Honors Great Champions and Coaches in Baku“. Официальный сайт Международной федерации дзюдо (2011-yil 8-may). 2012-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. (ingl.)
  18. Президент Азербайджана принял участие в открытии Центра Гейдара Алиева // vesti.az. — 11 мая 2012. Архивировано 12 may 2012 года.
  19. „Распоряжение Президента Азербайджанской Республики o награждении членов национальной паралимпийской команды Азербайджана“. president.az (2012-yil 14-sentyabr). 2016-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-sentyabr.
  20. „Judo Grand Slam, Baku 2013“. worldjudoday.com (2013-yil 5-may). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-fevral. (ingl.)
  21. „2013 IBSA Judo European Championships and Junior World Games. Eger, Hungary, 4th-6th December. Results“. www.fedc.es. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan.
  22. Паралимпийцы на Евроиграх выступят в двух категориях // azerisport.com. — 4 апреля 2014. Архивировано 2 aprel 2015 года.
  23. Ильхам Закиев выступит на Евроиграх // azerijudo.com. — 19 ноября 14. Архивировано 2 aprel 2015 года.
  24. Презентованы медали Евроигр Баку-2015 // Каспий : газета. — 4 марта 2015. Архивировано 31 mart 2015 года.
  25. „IBSA Judo World Championships 2014. Results“. www.teamusa.org. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-mart.
  26. Nico Goda. Uzbekistan lead the way at IBSA Judo World Cup(ingl.) // paralympic.org. — 24 февраля 2015. Архивировано 24 sentyabr 2016 года.
  27. Ильхам Закиев: К Евроиграм буду готовиться вместе с олимпийской сборной Азербайджана // azerisport. — 5 марта 2015. Архивировано 2 aprel 2015 года.
  28. Ильхам Закиев: К Евроиграм буду готовиться вместе с олимпийской сборной Азербайджана // azerisport. — 5 марта 2015. Архивировано 2 aprel 2015 года.
  29. Ильхам Алиев объявил Европейские игры «Баку-2015» открытыми // Официальный сайт президента Азербайджанской Республики. — 2015. Архивировано 27 iyun 2015 года.
  30. Джахандаров Б. Ильхам Закиев: «На церемонии награждения я сказал: «Господин Президент, солдат Закиев выполнил ваше задание» // sportbox.az. — 26 июня 2015. Архивировано 27 iyun 2015 года.
  31. Алиев Э. Евроигры. Дзюдо: Ильхам Закиев принес Азербайджану 18-е золото // 1news.az. — 27 июня 2015. Архивировано 27 iyun 2015 года.
  32. Джахандаров Б. Ильхам Закиев: «На церемонии награждения я сказал: «Господин Президент, солдат Закиев выполнил ваше задание» // sportbox.az. — 26 июня 2015. Архивировано 27 iyun 2015 года.
  33. Распоряжение Президента Азербайджанской Республики o награждении победителей I Европейских игр и лиц, имеющих заслуги в развитии спорта в Азербайджане // Официальный интернет сайт Президента Азербайджанской Республики. — 29 июня 2015. Архивировано 3 iyul 2015 года.
  34. E.Ə. İlham Zəkiyev Fəxri Fərman ilə təltif edildi(ozar.) // oxu.az. — 1 июля 2015. Архивировано 2 iyul 2015 года.
  35. „IBSA European Championships Odivelas 2015“. ibsasport.org. 2016-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-iyul.
  36. „İlham Zəkiyev məzun oldu“. sportnet.az. 2017-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-oktyabr.
  37. „Сюрприз Закиева на открытии Паралимпиады“. azerisport.com. 2016-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-sentyabr.
  38. „Закиев и Абдуллаханлы не смогли завоевать бронзу“. azerisport.com. 2016-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-sentyabr.
  39. „Рамиль Гасымов: Когда говорят о Ильхаме Закиеве, то все конкуренты осторожничают“. azerisport.com. 2016-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-oktyabr.
  40. „İ.Ə.Zəkiyevin “Azərbaycan Respublikası Prezidentinin fəxri diplomu” ilə təltif edilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı“. president.az. 2016-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-sentyabr.
  41. „Ильхам Закиев в свой день рождения избран на должность вице-президента Национального паралимпийского комитета“. report.az. 2017-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-avgust.
  42. „Кянан Абдуллаханлы выиграл «серебро» Исламиады“. extratime.echo.az. 2017-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-avgust.
  43. „Ильхам Закиев: Приятна не только победа, но и ощущение того, что готовился не зря“. azerisport.com. 2017-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-avgust.
  44. „Ильхам Закиев получил новую должность“. report.az. Qaraldi: 2022-yil 17-mart.
  45. Andoza:Judoinside
  46. „İlham Zəkiyev mükafatlandırıldı“ (az). qafqazinfo.az (2018-yil 22-sentyabr). 2018-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-mart.
  47. „IJF celebrates new Hall of Fame Class of 2018 with spectacular gala in Baku“. Официальный сайт Международной федерации дзюдо. 2021-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-sentyabr.
  48. 48,0 48,1 Andoza:Judoinside
  49. „Ильхам Закиев и Зульфия Гусейнова помогли сборной завоевать медали на ЧМ“. azerisport.com (18 ноября 2018). Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
  50. „2019 IBSA Judo European Championships results“ (en). ibsajudo.sport (2019). 2021-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
  51. „Паралимпийцы Азербайджана сильнейшие в Европе“. trend.az (29 июля 2019). 2022-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-mart.
  52. „Распоряжение Президента Азербайджанской Республики О награждении сотрудников Национального паралимпийского комитета Азербайджанской Республики“. 2021-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-may.
  53. „Еще одна дзюдоистка Азербайджана завоевала золото Гран-при“. azerisport.com. 2021-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-avgust.
  54. „Токио-2020. Керимова выиграла Паралимпиаду, Закиев завоевал бронзу“. azerisport.com. 2022-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-avgust.
  55. „Ильхам Закиев сломал пальцы: Азербайджанский солдат никогда не сдается“. azerisport.com. 2021-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-avgust.
  56. „Распоряжение Президент Азербайджанской Республики o награждении членов Национальной паралимпийской команды Азербайджана“. president.az (2021-yil 6-sentyabr). 2021-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-sentyabr.
  57. „Ильхам Закиев стал 8-кратным чемпионом Европы“ (ru). Информационное Агентство Репорт. Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.

Havolalar tahrir