Bosh menuni ochish
Stamps of Azerbaijan, 2009-867.jpg

SumgaitOzarbayjon Respublikasidagi shahar (1949 yildan). Apsheron ya.o.ning shim.gʻarbiy sohilida. Bokutsan 35 km. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 273,2 ming kishi (1997). S. 1949 yilda kimyo va metallurgiya sanoatining rivojlanishi munosabati bilan kichkinakishloqoʻrnida vujudga kelgan. S. sanoat mollari ishlab chiqarish. hajmi boʻyicha respublikada 2oʻrinda (Bokudan keyin) turadi. Sanoatining yetakchi tarmoklari: kimyo (organik sintez, "Ximprom" ishlab chiqarish. birlashmalari) va metallurgiya sanoatlari (truboprokat, alyuminiy zavodlari). Qurilish materiallari sanoati (polimer kurilish materiallari, uysozlik ktlari, temirbeton buyumlari va deraza oynasi zavodlari), mashinasozlik (kompressor zavodi), yengil (ustki trikotaj f-kasi), oziqovqat sanoatlari korxonalari, issiklik elektr stansiyalari ishlab turibdi. Ozarbayjon neft va kimyo instituti filiali, shahar tarixi muzeyi, teatr faoliyat koʻrsatadi.