Ilyosxoja (14-asr) - Moʻgʻuliston xoni (1363—65). Tugʻluq Temurnknt oʻgʻli. I. ga Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Tyanshan etaklari, Irtish va Emil daryolari atrofidagi yerlar qaragan. 1361-yil kuzida otasi Movarounnahrga zafarli yurish qilib, I. ga Movaro-unnahr hukumatini boshqarib turishni topshirgan. Moʻgʻullarning Movaro-unnahrdagi hukmronligini saqlab qolish maqsadida bir necha marta Amir Temur va Husayn (qarang Husayn ibn Musal-lab) ga qarshi jang qilgan. 1364-yil hozirgi Shahrisabz tumanining Namaton qishlogʻi yaqinida I. Temurbek hamda amir Husayn boshliq qoʻshin bilan boʻlgan jangda asirga tushgan. Biroq, asir olgan sipohlar uni bir nechta beklari bilan qoʻyib yuborgan. Koʻp sonli lashkar bilan takroran Movarounnahrga harbiy yurish qilgan I. 1364-yil yozida Toshkent va Chinoz oraligʻida Amir Temur va amir Husayn bilan qayta jangga kiradi va harb tarixidan Jangi loy ("Loy jangi") deb nom olgan ushbu toʻqnashuvda gʻalaba qozongan va Samarqandga yurish qilgan, biroq sarbadorlar va shahar aholisi qarshiligiga uchrab Movarounnahrni tashlab qochgan (qarang Sarbadorlar qoʻzgʻoloni). 1365-yil I. Qaboqin mavzeida Sohibqiron va amir Husayn bilan boʻlgan navbatdagi jangda magʻlub boʻlgan va Jeta tomonga qochgan. U yerda I. dugʻlat aymogʻining sardori, taxt daʼ-vogari Qamariddin tomonidan oʻldirilgan. I. ni Chigʻatoy ulusshshnt poytaxti boʻlgan Olmaliq (Yettisuvdagi koʻhna shahar)da otasi Tugʻluq Temurxon qabri yoniga dafn qilishgan.

Hamidulla Dadaboyev.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil