Imom at-Termiziy jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Olmazor tumanida joylashgan masjid. Ushbu masjid madaniy meros tarixiy yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan hamda davlat muhofazasiga olingan[1]. Masjid 1876-yilda Ismoil suvoqchi tomonida bunyod etilgan. Ushbu masjid nomi avval Taxtapul deb yuritilgan. 1990-yillarda masjid nomi Imom at-Termiziy jome masjidi ga oʻzgartirilgan. Masjidni nomlanishi Hakim at-Termiziy(arabcha: حكيم الترمذي) sharafiga shu nom bilan nomlangan[1].

Masjid
Imom at-Termiziy jome masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Joylashuvi Olmazor tumani, Sebzor dahasi
Soʻngi imom Yahyo Abdurahmonov
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Meʼmorchiligi

tahrir

Masjid joylashgan mahallaga kirish joyidan shimol tomonda joylashgan. Masjidning eski qismi joylashuvi kunbotar tomoniga toʻgʻri keladi. Imom at-Termiziy jome masjidi ikki qatorli (9.7 x 6.3) karkasdan bunyod etilgan. Pastki bostirma qismi ikkita ustunga tiralgan. Kunbotar tomondagi devorda ravoq qilingan. Masjidni sharq hamda shimol tomondan qoʻshustunli ayvon oʻrab turadi. Masjidning xonaqohi bir vaqtda umumiy 1800 nafar kishiga xizmat qilib, oʻz ichiga oshxona, kutubxona va yana bir qancha xonalarni oladi[1].

1989 – 2007-yillarda masjidga tegishli maydon exsonlar hisobidan kengaytirilgan. Eski ayvon oyna bilan oʻralgan hamda shimol tomonda yana bir xonaqoh qurilgan. Ikki qavatga ega yangi masjid hovlining shimoli-sharqiy qismida qurib bitkazilgan. Hozirda namoz oʻqish uchun ajratilgan xonaqohning maydoni   maydonni egallaydi[2].

2017-yil 21-aprel sanasida Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga koʻra masjid qayta rekonstruksiya qilingan. 2018-yil 16-may sanasida masjid toʻliq foydalanishga topshirilgan[1][3].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Тарихий масканнинг замонавий қиёфаси“ (2019-yil 27-fevral). Qaraldi: 2024-yil 28-sentyabr.
  2. O'zbekiston obidalaridagi bitiklar Toshkent shahri. Toshkent, UZBEKISTAN TODAY. — 181-bet. ISBN 978-9943-4510-2-5. 
  3. „Toshkentdagi yangi qiyofaga kirgan “Imom at-Termiziy” jome masjidi“ (2019-yil 28-fevral).

Adabiyotlar

tahrir

O'zbekiston obidalaridagi bitiklar Toshkent shahri. Toshkent: Toshkent, Uzbekistan today, 2016 — 478-bet. ISBN 978-9943-4510-2-5. 

Havolalar

tahrir