Inbar Lavi (ivritcha: ענבר לביא, 1986-yil 27-oktabrda tugʻilgan[1]) isroillik aktrisadir. MTV telekanali orqali efirga uzatilgan Underemployed serialida Raviva, Fox telekanali orqali efirga uzatilgan Gang Related va Panjara ortida teleseriallarida mos ravishda Vee va Sheba obrazlari bilan tanilgan. Lavi Bravo telekanalida efirga uzatilgan Imposters serialida hamda Netflix platformasi orqali tarqatilgan Lucifer serialining oxirgi uch mavsumida Eve rolini oʻynagan.

Inbar Lavi
Tavalludi Andoza:Birth date and Age
Fuqaroligi Isroil
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2004—hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi Dan Bar Shira

Yoshlik yillari tahrir

Lavi Isroilning Ramat Gan shahrida tugʻilib oʻsgan.[1] Uning ota-onasi ham isroillik. Uning onasi asli marokashlik yahudiylardan, otasi esa Ashkenazi yahudiylaridan(polsha-yahudiylari).[2] Bolaligida u astma[3] bilan ogʻrigan va bir vaqtning oʻzida 45 daqiqa nebulizerdan foydalanishga toʻgʻri kelgan. Bu vaqt ichida u filmlarni tomosha qildi va „kinoga oshiq boʻldi“. Uning dastlabki ilhomlantiruvchi holatlardan biri isroil-amerikalik aktrisa Natali PortmanningLéon: The Professional“ filmidagi chiqishi edi.[4] Uning sevimli kumirlaridan yana biri isroillik aktrisa Ayelet Zurer edi.[5]

Lavi Isroilning Holon shahridagi Kiryat Sharet oʻrta maktabida balet va zamonaviy raqs boʻyicha tahsil olgan. Keyin u Isroilning Tel-Aviv shahridagi Sophi Moskowits nomidagi sanʼat maktabida aktyorlik sohasida tahsil oldi.[6]

Faoliyati tahrir

 
Lavi. 2013-yilda.

2004-yili 17 yoshida, Lavi Nyu-York shahriga koʻchib oʻtdi va u yerdagi Brodveyda turli spektakllarda ishtirok etdi. Sakkiz oydan soʻng, u Los-Anjelesga koʻchib oʻtdi Lee Strasberg teatr va kino institutiga qabul qilindi.[7] Uning ingliz tilida soʻzlashuvchi rollari orasida 2006-yilda Tom Badal bosh rolni ijro etgan va rejissorlik qilgan „King Lear“ filmidagi Cordelia ham bor edi.

2009-yildan boshlab, Lavi Entourage, The Closer, Ghost Whisperer, Criminal Minds, CSI: Mayami va In Plain Sight kabi telekoʻrsatuvlarda mehmon sifatida qatnashishni boshladi. U shuningdek, „Tales of an Ancient“(Qadimgi imperiya ertaklari)(2010), „Street Kings“(Koʻcha qirollari 2: Motor shahri)(2011) va "House of Dust"(Chang uyi)(2013) kabi filmlarda suratga tushgan.

Lavi 2012-yilda MTV teleseriali boʻlgan „Underemployed“da, intiluvchan qoʻshiqchi Raviva rolini oʻynagan.[8] U 2014-yilgi Fox teleseriali boʻlgan „Gang Related“da Veronica „Vee“ Dotsenni tasvirlagan.[9] U "Sons of Anarchy"(Anarxiya oʻgʻillari) filmining yettinchi mavsumida koʻcha fohishasi Winsome rolida ijod qildi.

2015-yilda Lavi „Bravo“ teleseriali boʻlgan „Imposters“ (aslida „Mening xotinim“ deb nomlangan) filmida „makiaveliyalik firibgar va niqob ustasi“ rolini oʻynagan.[10][11] Serial premyerasi 2017-yil fevral oyida boʻlib oʻtgan.[12] U 2015-yil yozida TNT telekanalining "The Last Ship"(Oxirgi kema) dengiz dramasining ikkinchi mavsumida yuqori malakali isroillik askar Ravit Bivasning takrorlanuvchi rolini ijro etdi.[13][14][15] U Netflixning Luciferning aktyorlar tarkibiga qoʻshildi va u Cain va Abelning onasi boʻlgan Eve rolini oʻynadi.[16][17]

Shaxsiy hayoti tahrir

U 2021-yil avgust oyida Isroilda asli isroillik sevgilisi Dan Bar Shira bilan oila qurdi. Ular Los-Anjelesda birga yashashmoqda.[18]

Filmografiyasi tahrir

 

Film tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2010 Abelar: Tales of an Ancient Empire Alana
2011 Street Kings 2: Motor City Leilah Sullivan Toʻgʻridan-toʻgʻri video film
2011 Getting That Girl Jenna Jeffries
2011 Underground Lillith Trog
2012 For the Love of Money Talia
2013 House of Dust Emma
2015 The Last Witch Hunter Sonia
2018 Sorry for Your Loss Lori

Televizion seriyallari tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2008 Privileged Fiona Epizod: „Hammasi halollik haqida“
2009 Closer, TheThe Closer Vanessa Almassian Epizod: „Onalik instinktlari“
2009 Entourage Sadie Epizod: „Xavfsizlik boʻyicha maʼlumotlar“
2009 Ghost Whisperer Brianna Epizod: „Yomonlikni koʻrmang“
2009 Criminal Minds Gina King Epizod: „Ijrochi“
2009 Crash Sydney Epizod: „Qoʻgʻirchoqlar ustasi“
2010 CSI: Miami Maya Farooq Epizod: „Shunor“
2010 In Plain Sight Flora Montero Epizod: „Ruhoniy barga kirdi“
2011 Charlieʼs Angels Dominique Berry Epizod: „Qirollik farishtalari“
2012 Immigrants Miri Yechiel Televizion film
2012 CSI: Crime Scene Investigation Chastity/Heather Tile Epizod: „Strip Maul“
2012-2013 Underemployed Raviva Bosh rol
2014 Gang Related Veronica „Vee“ Dotsen Bosh rol
2014 Sons of Anarchy Winsome Epizodlar: „Grinsleeves“, „Imon va umidsizlik“
2015 Castle Farrah Darwaza Epizod: " Samolyot koʻrinishida "
2015 Last Ship, TheThe Last Ship Lt. Ravit Bivas Takroriy rol (2-mavsum), 6-qism
2017-2018 Imposters Maddie Bosh rol
2017 Prison Break Sheba Bosh rol (5-mavsum)
2019-2021 Lucifer Eve Bosh rol (4-mavsum); takrorlanuvchi rol (5-6-faslda)
2020 Stumptown Max Epizodlar: „Oʻtmish va gʻazablangan“, „Hirom Dexy Money“, „Dex Factor“
2021 Eight Gifts of Hanukkah Sarah Televizion film

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Inbar Lavi“. Hollywood.com. 2017-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-fevral. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Hollywood.com" defined multiple times with different content
  2. „פרוייקט הלביא: ענבר לביא עושה את הוליווד“ (Hebrew). NRG (12-noyabr 2011-yil). 22-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2017-yil.
  3. Hirschman Weiss, Shira. „The Israeli Star of Bravo's Imposters, Inbar Lavi“. 22-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-fevral 2017-yil.
  4. Galkin. „Actress Inbar Lavi on MTV's 'Underemployed' and Being Underemployed“. Bullett Magazine (6-dekabr 2012-yil). 8-dekabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyun 2013-yil.
  5. Hugette. „Inbar Lavi… Far From Underemployed“. DISfunkshion Magazine (26-dekabr 2012-yil). 25-avgust 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  6. Meehan. „5 QUESTIONS WITH INBAR LAVI“. First Order Historians (14-noyabr 2012-yil). 29-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyun 2013-yil.
  7. Miller. „'Imposters' bad girl Inbar Lavi reveals what it's like playing a con artist“. From the Grapevine (6-fevral 2017-yil). 22-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-iyun 2019-yil.
  8. Lowry. „Review: 'Underemployed'“. Variety (11-oktabr 2012-yil). 22-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2017-yil.
  9. Lowry. „TV Review: 'Gang Related'“. Variety (20-may 2014-yil). 22-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2017-yil.
  10. Andreeva. „'My So Called Wife' Bravo Pilot Casts Inbar Lavi As The Lead“. Deadline Hollywood (28-oktabr 2015-yil). 22-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2017-yil.
  11. Wagmeister. „Bravo Greenlights Third Scripted Series 'My So Called Wife'“. Variety (24-mart 2016-yil). 22-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2017-yil.
  12. Saraiya. „TV Review: 'Imposters' on Bravo“. Variety (4-fevral 2017-yil). 22-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2017-yil.
  13. Petski. „'Samantha Mathis Joins 'The Strain'; Inbar Lavi In 'The Last Ship'“. Deadline Hollywood (14-noyabr 2014-yil). 22-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2017-yil.
  14. „Resurrection | Season 5 | PRISON BREAK“. 22-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-mart 2017-yil.
  15. Mitovich. „Prison Break Revival: The Last Ship's Inbar Lavi to Recur on Fox Event Series“. TVLine (21-mart 2016-yil). 22-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2017-yil.
  16. Iannucci. „Lucifer Casts Imposters Star Inbar Lavi as 'Dangerous' [Spoiler in Season 4“] (20-avgust 2018-yil). 22-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-avgust 2018-yil.
  17. „Exclusive: Here's your first look at Inbar Lavi as Eve in 'Lucifer' season 4“. EW.com. 22-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-may 2019-yil.
  18. „ענבר לביא, כוכבת לוציפר, על החתונה בישראל | גיא פינס“ (28-avgust 2021-yil).

Havolalar tahrir