Inder (tuman)
Inder tumani — Atirov viloyatining shimoliy qismida joylashgan. Tuman 1933-yili tashkil topgan. Tumanning maʼmuriy markazi — Inderboʻr qishlogʻi.
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Atirov viloyati |
Maʼmuriy markazi | Inderboʻr |
Asos solingan sanasi | 1933-yil |
Akim | Raxmetqaliyev Jangeldi |
Aholi (2010) | 30 950[1] (3-oʻrin) |
Zichligi | 2,8 kishi./km² |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, xristianlar |
Maydoni | 10 900 km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +7 71234 |
Pochta indeksi | 060200-060206[2] |
Avtomobil raqami kodi | E, 06 |
Xaritada | |
48°18′36″N 51°26′24″E / 48.31000°N 51.44000°E |
Umumiy maʼlumot
tahrirHududi 10,9 ming km2. Aholisi 30,7 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 2,8 kishidan toʻgʻri keladi (2007). Tuman markazi Inderboʻr qishlogʻi. Yirik qishloqlari: Inderboʻr, Kulagino, Oʻrlik, Yeltay, Zeleniy, Jarsuat va Bedana qishloqlarii. Tuman markazi Inder qishlogʻi, viloyat markazi sanalmish Atirov shahri bilan oraliq masofasi — 200 km.
Iqlimi
tahrirInder tumanining iqlimi keskin kontinental: qishi iliq, yozi jazirama. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati 12,3 °C, iyulniki 25,3 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 200 mm.
Sanoati
tahrirSanoati barchasi „Inderboʻrat“ va „Indertuz“ aksionerlik jamoatiga qarashli. Bundagi sanoat markazi Inderboʻr qishlogʻi.[3]
Avtomabil yoʻllari
tahrirTuman yeri boʻyicha Yoyiq daryosining ikki yoqasini boʻylab, eng yirik qishloqlarni kesib, respublika ahamiyatiga ega Atirov Oʻral avtomobil magistrali oʻtadi. Yoyiq daryosida daryo suv yoʻli mavjud. Tuman hududidan Oʻrta Osiyo Markaziy gaz quvuridan tortilgan tarmoqlar orqali gaz tashiladi. Bularning asosida tumanda avtomabil kolonnasi, „Indergaz“ mahkamasi faoliyat yuritadi.
Manbalar
tahrir- ↑ ҚР елді мекендерінің тұрғындар саны
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ Qozoq ensiklopediyasi
Havolalar
tahrir- На сайте акимата Атырауской области[sayt ishlamaydi]