Ingenuity (inglizchadan tarjimasi — „Kashfiyotchilik“); 2020-yil apreliga qadar loyihaviy nomi Mars Helicopter Scout (inglizchadan tarjimasi — „Mars razvedkachi vertolyoti“) — 2021-yil 18-fevralda Marsga etilgan va 19-aprelda birinchi parvozini amalga oshirgan robotlashtirilgan uchuvchisiz vertolyotdir. Ingenuity — oʻzga fazoviy jismlar atmosferasida koʻp marta uchishni amalga oshiruvchi oʻz dvigateliga ega birinchi uchish qurilmasi hisoblanadi.

Perseverance marsyurari tomonidan 2021-yil 7-aprelda Marsda suratga olingan Ingenuity.

Bir necha yillar davomida „Mars-2020“ va boshqa moliyaviy dasturlar doirasida ishlab chiqilgan[1] 2014-yil iyulda loyihasi qabul qilingan marsyurar uskunalari orasiga kirmagan[2]. Ekspeditsiya rejasiga uchish texnologiyasini namoyish etish maqsadida (inglizcha: technology demo)[3][4] 2018-yil 11-mayda kiritilgan[5][6]. NASA vertolyot yaratilishi uchun 85 million AQSh dollari ajratgan[7].

Bir oylik muvaffaqqiyatli sinovlardan soʻng „imkoniyatlar namoyishi“ (inglizcha: operations demo) doirasida Perseverance marsyurari oʻrganish ishlarida sifatli tasvirlar olish maqsadida foydalanilyapti[8][9].

Apparat konstruksiyasining tavsifi tahrir

Konstruksiya elementlarining oʻlchami[4]
Elementlar Oʻlchamlar, mm
Umumiy balandlik 490
Fyuzellyaj (uzn, kng, blnd) 195×163×136
shunindek, platforma ~190×~160×~30[10]
Klirens ~130[4]
Shassi uzunligi 384
Quyosh batareyalari paneli 425×165[11]

Manbalar tahrir

  1. Foust 4.5.18.
  2. Brown, 2014.
  3. NASA 12.05.2018.
  4. 4,0 4,1 4,2 Landing Press Kit.
  5. Gush, 2018.
  6. Chang, 2018.
  7. Landing Press Kit, s. 14.
  8. News #8936 30.04.2021.
  9. „Марсни ўрганиши режалаштирилган биринчи вертолёт сайёрага қўнди — фото“. Bugun.uz. 2021-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-aprel.
  10. Volpe.
  11. Solar Array.

Havolalar tahrir